2024-yil 5-avgust kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi Sektorlararo ilmiy seminarning navbatdagi 8-son yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda markaz doktoranti Akramov Gʻolibjon Bahodir oʻgʻli tomonidan 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosligi boʻyicha iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Hududlarni barqaror rivojlanishini taʼminlashda moliyaviy salohiyat va budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyaning muhokamasi boʻlib oʻtdi.