Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazida 2024-yil 21 avgust kuni “Oʻzbekiston demograf olimlari” uyushmasining ilmiy-amaliy va tashkiliy seminari boʻlib oʻtdi. Seminarda respublikamiz OTM va ilmiy tadqiqot muassasalarining professor — oʻqituvchilari, mutaxassislari, ilmiy xodimlari, izlanuvchilari ishtirok etishdi.
Seminarda kun tartibida belgilangan masalalar jumladan, «Oʻzbekiston Respublikasi Demograflar uyushmasi»ning nizomiga qoʻshimcha kiritish boʻyicha taklif va tavsiyalar, «Demografiya» lugʻatini shakllantirishdagi takliflar muhokama qilindi.
Seminar yakunida, uyushma aʼzolariga markaz direktori i.f.d.,prof. S.K.Hudoyqulov va uyushma raisi i.f.d., prof. B.X.Umurzakov boshchiligida «Oʻzbekiston Respublikasi Demograflar uyushmasi»ga aʼzolik sertifikatlari taqdim etildi.
Seminar yakunida kelgusi ish rejalar, amalga oshirilishi muhim boʻlgan vazifalar haqida kelishib olindi.