




2025-yil 19-avgust kuni Turkiyaning yirik ilmiy-ma’rifiy markazlaridan biri bo‘lgan Istanbul shahrida ilmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi olimlari Fotih Sultan Mehmet Vaqf universiteti vakillari bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan batafsil muloqot olib bordilar.
Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya olimlari ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda innovatsiyalar sohasida o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalarini keng muhokama qildilar. Tomonlar kelgusida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ilmiy tadqiqot natijalarini xalqaro jurnallarda nashr etish, turli mavzularda qo‘shma konferensiyalar va seminarlarni tashkil etish masalalarida hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Shuningdek, yosh tadqiqotchilar va ilmiy xodimlar uchun stajirovkalarni tashkil etish masalasi ham alohida e’tibor qaratilgan yo‘nalishlardan biri bo‘ldi.
Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikni rasmiy ravishda yo‘lga qo‘yish maqsadida anglashuv memorandumi imzolash ham kun tartibidan o‘rin oldi. Mazkur memorandum kelgusida ikki tomonlama ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlash, qo‘shma ilmiy ishlanmalar samaradorligini oshirish hamda ilmiy salohiyatni yuksaltirish uchun muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Uchrashuv do‘stona ruhda va yuqori darajada o‘tdi. Ishtirokchilar bunday hamkorlik nafaqat ikki tashkilot o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishini ta’kidladilar.