O‘zbekistonda islom mikromoliyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

2026-yil 17-iyul kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi hamda ISFT instituti hamkorligida “O‘zbekistonda islom mikromoliya xizmatlari: imkoniyatlar, cheklovlar va amaliy yechimlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda islom mikromoliyasi sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar rahbarlari, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi. Davra suhbati davomida “Zaytun moliya” MChJ direktori Jahongir Imamnazarov islom mikromoliya tashkilotlari faoliyatida uchrayotgan amaliy masalalar va ularni hal etish yo‘llari haqida ma’ruza qildi. “Ayol” MChJ mikromoliya tashkiloti direktori Shohida Ibragimova tashkilot faoliyati, mijozlarga taklif etilayotgan moliyaviy xizmatlar hamda amaliy tajribalar to‘g‘risida ma’lumot berdi. ISFT instituti Biznes va menejment tadqiqot...

Tijorat banklarining raqamlashganlik indeksini joriy etish masalalari davra suhbatida muhokama qilindi.

“O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida “O‘zbekiston tijorat banklarining raqamlashganlik milliy indeksini ishlab chiqish asosida uning monitoring tizimini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi va O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi professorlari hamda 10 dan ortiq tijorat banklari mutaxasislari, iqtisodchi olimlar, soha ekspertlari hamda loyiha ijrochilari ishtirok etdi. Davra suhbatini Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xudoyqulov Sadirdin Karimovich kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida mamlakat bank tizimida raqamli transformatsiya jarayonlarini tizimli baholash, tijorat banklarining raqamli xizmatlar bo‘yicha rivojlanish darajasini aniqlash hamda ushbu...

SUN’IY INTELLEKT VA MOLIYA KELAJAGI: ISTANBULDA XALQARO ONLINE ILMIY SEMINAR BO’LIB O’TDI

2026-yil 28-aprel kuni Istanbulning tarixiy Ayasofiya Madrasasi binosida - Fatih Sulton Mehmet Vakif universiteti qoshidagi zamonaviy ilmiy maydonda - "AI in Finance II: AI, Katta Ma'lumotlar va Raqamli Valyutalar - Katta xatarmi yoki kattaroq imkoniyatmi?" mavzusidagi ikkinchi xalqaro ilmiy seminar bo'lib o'tdi. Tadbir uch hamkor muassasa – Turkiyadagi Fatih Sulton Mehmet Vakif universiteti, Qatardagi Hamad Bin Khalifa universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi "O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari" ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan birgalikda tashkil etildi....

Page 1 of 4 1 2 4

BIZNI KUZATIB BORING

KATEGORIYALAR BO’YICHA KO’RING

BROWSE BY TOPICS

Welcome Back!

Login to your account below

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.