Seshanba, Oktabr 27, 2026
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil
CEDR.UZ
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Loyihalar
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA
  • Login
No Result
View All Result
Cedr.uz
Home INTERVYU Davra suhbati

Ilmiy markazda “O’zbekistonda ichki va tashqi migratsiya jarayonlari: muammolar va yechimlar”mavzusida konferensiya bo’lib o’tdi

by cedradminuz
Oktabr 26, 2026
in Davra suhbati, YANGILIKLAR
0
0
SHARES
12
VIEWS
Share on FacebookShare on Twitter

2026-yil 22-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida “O‘zbekistonda ichki va tashqi migratsiya jarayonlari: muammolar va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir markazning 13-qavatdagi majlislar zalida soat 10:00 da boshlandi.
Konferensiya AL-9124104481-sonli “GAT texnologiyasi asosida O‘zbekistonda migratsiya va mehnat resurslariga oid xarita ishlab chiqish” amaliy loyihasi doirasida tashkil etildi. Uning maqsadi ichki va tashqi migratsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlarini ilmiy jihatdan tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.
Konferensiyani markaz direktori, professor S.K. Xudoyqulov ochdi. Kirish so‘zlari bilan, Fuqarolarni (yoshlarni) chet tillariga o‘qitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi bosh mutaxassisi B.A. Qodirov hamda professor B.X. Umurzakov chiqdi.
Chiqishlarda migratsiyani ko‘chish sifatida emas, balki iqtisodiy, ijtimoiy va demografik jarayon sifatida o‘rganish zarurligi ta’kidlandi. Mehnat resurslaridan samarali foydalanish, aholi bandligini ta’minlash va hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tafovutlarni qisqartirish dolzarb vazifalar sifatida qayd etildi. Migratsiya oqimlarini hududlar kesimida baholash va asoslangan qarorlar qabul qilish uchun geografik axborot tizimlari texnologiyalariga tayanib raqamli xaritalar yaratish tashabbusining ahamiyati alohida ko‘rsatildi. Yosh olimlar, doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilarni bu yo‘nalishdagi izlanishlarga jalb etish ham muhim vazifa deb belgilandi.
Dastur doirasida quyidagi ma’ruzalar tinglandi:
B.X. Umurzakov, “O‘zbekiston aholisining migratsiya oqimlarini muvofiqlashtirish davlat siyosatini 2030–2035-yillarda yanada takomillashtirish”;
S.N. Abdurahmonov, “GAT texnologiyalari asosida O‘zbekiston migratsiya jarayonlarining raqamli xaritalarini tuzish”;
S.P. Qurbonov, “Mehnat mobilligining kambag‘allik darajasiga ta’siri: xalqaro tajribalar va saboqlar”;
Sh.R. Xamdamov, “Mintaqaviy iqtisodiy omillarning O‘zbekistonda ichki migratsiyaga ta’siri”;
Z.A. Qodirova, “O‘zbekistonda tashqi mehnat migratsiyasining shakllanishi va kengayishida kasbiy ta’lim hamda mehnat bozori o‘rtasidagi nomuvofiqlik”;
S.S. Gaziyeva, “Ichki va tashqi migratsiya bo‘yicha ma’lumotlar yuritish: muammo va yechimlar”.
Konferensiya materiallari to‘rtta sho‘ba bo‘yicha jamlangan: globallashuv davrida mehnat migratsiyasi jarayonlari, migratsiya jarayonlarini boshqarish tizimini takomillashtirish, ichki va tashqi mehnat migratsiyasi munosabatlari hamda mehnat migrantlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va reintegratsiya qilishdir. Ular O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, vazirlik va idoralar vakillari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan.
Tadbir yakunida davra suhbati tavsiyalari muhokama qilindi. Konferensiya natijalari migratsiya sohasida ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini mustahkamlash hamda kelgusi tadqiqotlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Related posts

Mintaqaviy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga bagʻishlangan IV xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi

Oktabr 16, 2026

Илмий ҳамкорлик янги босқичда: марказ ва Миграция агентлиги ўртасида учрашув ўтказилди

Oktabr 14, 2026
Previous Post

Mintaqaviy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga bagʻishlangan IV xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi

TAVSIYA ETILGAN YANGILIKLAR

Rahbariyat

Raqobatbardosh mahsulotlar yurti

4 yil ago
O‘zbekistonda aholi jon boshiga YAIM 4000 dollarga oshiriladi

O‘zbekistonda aholi jon boshiga YAIM 4000 dollarga oshiriladi

5 yil ago

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi direktori iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sadirdin Karimovichning “Xaql so‘zi” gazetasida “Ilmiy yondashuvlar, hududlar taraqqiyotini ta’minlash imkoniyatidir” nomli maqolasi chop etildi.

1 yil ago
Bayram tabrigi!!!

Bayram tabrigi!!!

2 yil ago

BIZNI KUZATIB BORING

KATEGORIYALAR BO’YICHA KO’RING

  • Davra suhbati
  • Hamkorlik
  • Infografika
  • INTERVYU
  • Loyihalar
  • Maqolalar
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • O'zbekiston Respublikasi qonunlari
  • YANGILIKLAR

MAVZULAR BO’YICHA KO’RING

2018 League Balinese Culture Bali United Champions League Visit Bali

MASHHUR YANGILIKLAR

  • Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Yangi O’zbekistonning xalqaro munosabatlarda tutgan o’rni

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • 2023 yilga quyidagi ixtisosliklar bо‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • “Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida II respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Kambag‘allikni qisqartirish – mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sifatida

    0 shares
    Share 0 Tweet 0

Biz haqimizda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi
Manzil: Chilonzor tuman, islom karimov shoh ko‘chasi 49-uy
Telefon: +99871 2392826

Bizga qo'shiling:

So’nggi yangiliklar

  • Ilmiy markazda “O’zbekistonda ichki va tashqi migratsiya jarayonlari: muammolar va yechimlar”mavzusida konferensiya bo’lib o’tdi
  • Mintaqaviy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga bagʻishlangan IV xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi
  • Илмий ҳамкорлик янги босқичда: марказ ва Миграция агентлиги ўртасида учрашув ўтказилди
  • Belarus davlat universiteti Biznes maktabi bilan eksportni rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik muhokama qilindi
  • YAPONIYALIK OLIMLAR ISHTIROKIDA ILMIY DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

Bizning manzil

Taqvim

Oktabr 2026
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031  
« Sen    
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil

© 2021 Nursaidov.uz.

No Result
View All Result
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA

© 2021 Nursaidov.uz.

Welcome Back!

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In