Juma, Mart 24, 2023
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil
CEDR.UZ
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Loyihalar
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA
  • Login
No Result
View All Result
Cedr.uz
Home Maqolalar

Raqobatbardosh mahsulotlar yurti

by cedradmin
Oktabr 19, 2022
in Maqolalar
0
Rahbariyat
0
SHARES
36
VIEWS
Share on FacebookShare on Twitter

“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining shu yil 18-oktyabr sonida “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Muhiddin Kalonovning “Raqobatbardosh mahsulotlar yurti. Yangi Oʻzbekiston mana shu maqomga har jihatdan munosib” nomli maqolasi chop etildi. Quyida uni oʻqishingiz mumkin.

Mamlakatimizda erkin bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy demokratik davlat qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasidagi islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Tadbirkorlikka keng yoʻl ochish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik himoyasini taʼminlash maqsadida bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslari, qonunchilik bazasini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilgan. Xususan, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish, ularning faoliyatiga xalal berayotgan muammo va toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrilyapti.

Related posts

Bir guruh ijodkor professor o‘qituvchilarga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zoligi guvohnomalari topshirildi

Bir guruh ijodkor professor o‘qituvchilarga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zoligi guvohnomalari topshirildi

Sentabr 30, 2022
Rahbariyat

Dunyoda korrupsiya bo‘yicha vaziyat yomonlashmoqda. O‘ZBEKISTONDA-CHI..?

Fevral 6, 2022

Jahon bankining biznes sohasidagi yaqinda eʼlon qilingan xalqaro reytingida Oʻzbekiston jahondagi eng ilgʻor 10 ta islohotchi davlat qatoridan joy oldi. Mazkur natijaga asosiy omil sifatida qator saʼy­harakatlarni koʻrsatish mumkin. Jumladan, oʻtgan yil mobaynida biznes uchun moʻljallangan 55 mingdan ortiq bino va inshoot barpo etildi. Pul aylanmasini 1 million AQSH dollaridan oshirgan tadbirkorlar soni 5 mingga koʻpayib, 26 ming nafarni tashkil etdi.

Eksport qiluvchi korxonalar soni 7,5 mingtaga yetib, jami eksport hajmi 30 foiz oshdi. Prezidentimizning shu yil 22-avgust kuni tadbirkorlar bilan oʻtkazgan ochiq muloqoti doirasida 12 mingdan ortiq murojaat kelib tushgandi. Ularda koʻtarilgan tizimli muammolar yechimiga qaratilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish hamda ochiq muloqotda belgilangan vazifalarni bajarish boʻyicha davlatimiz rahbarining 2022-yil 30-avgustdagi qarori qabul qilindi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini taʼminlashda tadbirkorlik sektori muhim rol oʻynayapti.

Zotan, Yangi Oʻzbekiston modernizatsiyalashgan iqtisodiyotga tayanadi. Bunday iqtisodiyotni shakllantirish uchun unda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk himoyasini va rolini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ragʻbatlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish zarurligini davlatimiz rahbari har bir yigʻilishda alohida taʼkidlaydi.

Prezidentimiz oʻtgan haftada Qozogʻiston Respublikasi Ostona shahrida oʻtkazilgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash majlisida soʻzlagan nutqida mintaqada mavjud 6 ta muammoli yoʻnalish boʻyicha asosli takliflarini ilgari surdi. Jumladan, Osiyo qitʼasida oʻzaro bogʻliqlikni, birinchi galda, ishlab chiqarish­logistika zanjirini, Markaziy Osiyoni Janubiy va Sharqiy Osiyo, shuningdek, Yaqin Sharq bilan samarali bogʻlovchi transport yoʻlaklarini yaratish hisobiga kuchaytirish, oziq­ovqat ishlab chiqarishning barqaror tizimlarini va uni yetkazib berishning optimal zanjirini shakllantirish kerakligini taʼkidlab oʻtdi.

Davlatimiz rahbari mamlakatlararo iqtisodiy integratsiyani yoʻlga qoʻyish borasida soʻz yuritar ekan, bu saʼy­harakatlar roʻyobi tadbirkorlarimiz oldiga faqat mahalliy bozor bilan cheklanmay, yetishtirayotgan va ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish, xalqaro savdo platformasi talablariga moslashish vazifasini qoʻyadi. Buning uchun ishbilarmonlarga xalqaro savdoga doir tushuncha va bilim, metodik yordam kerak. Mahsulotini eksport qilish uchun zarur yoʻlyoʻriq, tegishli yoʻllanma va yoʻl xaritasiga ega boʻlmagan, dunyo bozoridagi zamonaviy tendensiyalardan bexabar tadbirkor davlat bergan kredit va imtiyozlardan samarali foydalana olmaydi.

Bu masala nafaqat Oʻzbekistonda, balki bosh qa mamlakatlarda ham dolzarb. Shu bois, koʻplab davlatlar biznes doira vakillarining bilimi va tajribasini oshirishda JST va BMTning qoʻshma agentligi boʻlgan Xalqaro savdo markazi akademiyasi koʻmagiga tayanadi. U tijorat boʻyicha nufuzli onlayn taʼlim tashkiloti boʻlib, har yili oltmishdan ortiq kurslarni taklif qiladi. Yigirma mingdan ortiq odam xalqaro miqyosda tijorat yuritish borasida bilimini oshiradi.

Markaz hamkorlar bilan birga xususiy sektor, savdoni qoʻllab-­quvvatlash institutlari, investitsiyalar uchun inklyuziv va barqaror savdoni rivojlantirish yechimlarini taqdim etish orqali iqtisodiyoti oʻtish davrida boʻlgan mamlakatlar aholisining turmush sharoitini yaxshilash, BMTning Barqaror rivojlanish dasturi maqsadlariga hissa qoʻshish, biznesni mintaqaviy va global bozorlar bilan bogʻlashni maqsad qilgan. Xalqaro savdo markazi Markaziy Osiyoda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan Ready4Trade Central Asia nomli savdo texnik yordam loyihasini amalga oshirmoqda.

Bu loyiha kichik biznes korxonalari uchun protsessual va tartibga soluvchi transchegaraviy talablarni qamrab oladigan xalqaro menejmentni oʻqitish dasturini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Boy tajribasini hisobga olgan holda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Xal qaro savdo markazining institutsional hamkori sifatida tanlandi. Shu yil 16-fevral kuni Xalqaro savdo markazi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oʻrtasida Ready4Trade Central Asia loyihasi doirasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.

Joriy yilning 14-sentyabrida Markaziy Osiyoda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini ragʻbatlantirish maqsadida “Oʻqitishni tashkil etish va kurs dasturlari mazmuni” komponentining onlayn muhokamasi boʻlib oʻtdi. Oʻquv dasturi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga amaliy mashgʻulotlar hamda hayotiy misollar orqali oʻz mahsulotlarini mintaqaviy va xalqaro miqyosda eksport qilish uchun yaxshiroq tayyorgarlik koʻrishga yordam berishi kutilmoqda. Oʻquv kurslarida elektron taʼlim platformasi orqali onlayn hamda bevosita qatnashish mumkin.

Shu yilning yozida instruktorlar Toshkentda qator oflayn seminarlar oʻtkazdi. Kelgusi yilda Fargʻona, Buxoro, Xorazm va Namangan viloyatlarida seminarlar oʻtkazish rejalashtirilgan. Dasturni muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilar onlayn tasdiqdan oʻtgan xalqaro sertifikatga ega boʻladi. Barcha kurs lar tekin. Oʻzbekistonda kichik biznes uchun eksport va xalqaro savdoni oʻqitish dasturi yoʻlga qoʻyiladi.

Shu yil 22-sentyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ushbu dasturning taqdimoti boʻlib oʻtdi. 23–24-sentyabr kunlari universitet huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyot ini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy­tadqiqot markazida tadbirkorlar va biznes vakillari uchun xalqaro seminar­trening tashkil qilindi. Dastur orqali tadbirkorlar xalqaro savdo, eksport tartib-­qoidalari, tranzit yoʻllar, sifat va muvofiqlik standartlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi bozorining oʻziga xos talablari bilan tanishib, malaka oshirishi mumkin.

Trening dasturini Xalqaro savdo markazi ishlab chiqqan. Dastur Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlaridagi eksportchilarning oʻziga xos muammolari yechimiga qaratilgan. Ushbu kurs orqali tadbirkorlar xalqaro mehnat bozoriga chiqish qiyin emasligini tushunadi. Toʻrtta modul orqali trenerlar talab etiladigan hujjatlar hamda jarayonlar haqida maʼlumot beradi. Buning uchun trenerlar yil davomida oʻqitildi. Asosiy vazifa viloyatlarda ham yosh tadbirkorlarda eksport boʻyicha kerakli koʻnikmalarni hosil qilishdan iborat.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Ready4Trade Central Asia loyihasining oʻquv kurs lari metodologiyasini yangi taʼlim texnologiyalari sifatida oʻquv jarayoniga joriy qilish imkoniyatini yuqori baholadi. Kichik biznes uchun eksport va xalqaro savdo boʻyicha bepul kurslar ikkita qulay formatda taqdim etiladi: elektron onlayn kurslar va Ready4Trade Central Asia loyihasi doirasida tayyorlangan trenerlar boshchiligidagi amaliy seminarlar. Kurslarda tinglovchilar Oʻzbekistondan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga tovar eksport qilishni, biznesni eksport faoliyatiga yoʻnaltirish yoʻl-­yoʻriqlari, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun zarur talablar va kerakli sertifikatlarni qayerdan olish xalqaro savdo qoidalari va eksport jarayonining muhim jihatlarini oʻrganadi.

Oʻzbekistonda transchegaraviy savdoni boshqarish boʻyicha Xalqaro savdo markazi ishlab chiqqan oʻquv dasturi 10 moduldan iborat boʻladi. Bu dastur Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti instruktorlari ishtirokida onlayn formatda va kunduzgi oʻquv seminarlari shaklida tashkil etiladi. Ushbu modullar 2023-yil oxirigacha asta­sekin joriy etiladi. Dastlabki toʻrtta modul 2022-yilda taklif qilingan.

Birinchi modulda tinglovchilar xalqaro savdo qoidalaridan xabardor boʻladi. Jumladan, mamlakatlar nima uchun savdo qoidalarini belgilashi, ushbu qoidalar qanday amalga oshirilishi va eksportchilarga qanday taʼsir qilishi, mahsulotni arzonlashtirish, eksport qiluvchi uchun savdoni osonlashtirishning ahamiyatini tushunadi.

Ikkinchi modul eksport jarayonini tushuntirishga qaratilgan. U orqali ichki savdo va eksport oʻrtasidagi asosiy farq, eksport uchun zarur hujjatlar va standart jarayonlar, eksport xatari hamda uni kamaytirish usullari oʻrgatiladi. Ushbu modulda tadbirkorlik subyektlari oʻz mahsulotini eksport qilishga tayyorgarlik koʻrish, mazkur jarayonning turli bosqichi, unda ishtirok etuvchi tashkilotlar va eksport paytida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatarlarni boshqarishni bilib oladi.

Yevropa Ittifoqi bozor talablari haqida uchinchi modulda maʼlumot beriladi. Tadbirkorlik subyektlari koʻhna qitʼa bilan savdo faoliyatini amalga oshirishda Yevropa bozorining muayyan talablariga, xususan, sifat va xavfsizlik standartlari, qadoqlash va markirovka, tovarlarning kelib chiqishini koʻrsatish qoidalari, shuningdek, mehnat qonunchiligiga rioya qilishi kerakligi oʻrgatiladi.

Sifat va muvofiqlik standartlari qanday? Eksportchilar ularga rioya etish uchun nima qilishi kerak? Bu kabi savollarga toʻrtinchi modul orqali javob olinadi. Bir tomondan, bunday standartlar isteʼmolchilar, mahalliy korxonalarning haq­huquqlarini himoya qilishga qaratilgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, belgilangan qoidalarga rioya qilish talablari mamlakatga qarab oʻzgaradi. Bundan tashqari, sifat sertifikatini olish uchun akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalar mahsulot eksport qilinadigan mamlakatda har doim ham mavjud boʻlavermaydi.

Ushbu modulda eksportchilar turli sifat va muvofiqlik standartlari, qaysi jarayon qanday standartlarga mos kelishi va ularni amalga oshirishda eksportchilar vazifalari haqida tushuncha beriladi. Prezidentimizning shu yil 30-sentyabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora­tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni asosida eksport qiluvchi tadbirkorlarning xuquqiy himoyasi yanada mustahkamlandi.

Farmonga muvofiq, 2022-yil 1-noyabrdan boshlab bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 5 foizidan oshmagan taqdirda muddati oʻtgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorlik subyektiga nisbatan jarima qoʻllanmaydi. Eksport qiluvchi tashkilotlarga foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq solinadigan bazani kamaytirish koʻrinishidagi imtiyozlar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumdagi eksport hajmining ulushidan qatʼi nazar qoʻllanadi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining eksport qiluvchi tashkilotlari ochiq tanlov orqali saralanib olinadi hamda ularni yetakchi eksportyorlarga aylantirish va har tomonlama qoʻllab­quvvatlash maqsadida “Yangi Oʻzbekiston — raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi amalga oshiriladi. Ready4Trade Central Asia loyihasi doirasida beriladigan bilim va tushunchalar mahalliy eksportyorlarning jahon bozoriga chiqishi, yurtimizda yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan oqilona foydalanishida oʻziga xos pillapoya vazifasini oʻtaydi.

Previous Post

2023 yilga quyidagi ixtisosliklar bо‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi

Next Post

Aqllar tutashgan nuqtada uygʻonish boʻladi

Next Post
Aqllar tutashgan nuqtada uygʻonish boʻladi

Aqllar tutashgan nuqtada uygʻonish boʻladi

TAVSIYA ETILGAN YANGILIKLAR

“Ready4Trade Central Asia” loyihasi doirasida treninglar o’tkazilmoqda

“Ready4Trade Central Asia” loyihasi doirasida treninglar o’tkazilmoqda

3 oy ago
Aqllar tutashgan nuqtada uygʻonish boʻladi

Aqllar tutashgan nuqtada uygʻonish boʻladi

5 oy ago
Ал-Фаробий номидаги Қозоқ миллий университет билан ҳамкорлик алоқалари ўрнатилди

Ал-Фаробий номидаги Қозоқ миллий университет билан ҳамкорлик алоқалари ўрнатилди

10 oy ago
“O’zbekistonning Garvardi” 90 yillik yubileyini munosib nishonlamoqda

“O’zbekistonning Garvardi” 90 yillik yubileyini munosib nishonlamoqda

1 yil ago

BIZNI KUZATIB BORING

KATEGORIYALAR BO’YICHA KO’RING

  • Davra suhbati
  • Hamkorlik
  • INTERVYU
  • Loyihalar
  • Maqolalar
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Uncategorized
  • YANGILIKLAR

MAVZULAR BO’YICHA KO’RING

2018 League Balinese Culture Bali United Champions League Visit Bali

MASHHUR YANGILIKLAR

  • Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tashkil etildi

    Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tashkil etildi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • 2023 yilga quyidagi ixtisosliklar bо‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • O’zbekiston moliyaviy xizmatlar bozorlarida raqobat siyosati mavzusida davra suhbati o’tkazildi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • “Yangi O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy-innovatsion yo‘nalishlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Markazda Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0

Biz haqimizda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi
Manzil: Chilonzor tuman, islom karimov shoh ko‘chasi 49-uy
Telefon: +99871 2392826

Bizga qo'shiling:

So’nggi yangiliklar

  • Ready4Trade Central Asia” loyihasi doirasida kichik biznes vakillari uchun trening tashkil qilindi
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilxom Aliyevning taklifiga binoan 1-2 mart kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo’ldi. Boku shahriga tashrif doirasida davlatimiz rahbari Qo’shilmaslik harakati sammitining yalpi sessiyasida ishtirok etdi va nutq so’zladi.
  • “Avtomobil tranzit yo’nalishlari” nomli yangi bepul kurs
  • Новый бесплатный курс по транзитным маршрутам уже доступен в Узбекистане на обучающей платформе UzExport Academy
  • “Ready4Trade Central Asia” loyihasi doirasida treninglar o’tkazilmoqda

Bizning manzil

Taqvim

Oktabr 2022
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31  
« Sen   Noy »
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil

© 2021 Nursaidov.uz.

No Result
View All Result
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA

© 2021 Nursaidov.uz.

Welcome Back!

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In