




2026-yil 23-noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazida TDIU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilari uchun ko‘chma mashg‘ulot tashkil etildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 10-dekabrdagi 500-sonli buyrug‘iga muvofiq Tarmoq markazida 2026-yil noyabr oyida “Iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishi bo‘yicha 25 nafar tinglovchi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tmoqda. Kurs doirasida “Iqtisodiyotning dolzarb muammolari va zamonaviy yutuqlari” modulidan ko‘chma mashg‘ulot Markazda o‘tkazildi.
Mashg‘ulot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4732-son hamda 2019-yil 27-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-5789-son Farmonlari ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.
Mashg‘ulotni Markaz direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor S.K.Xudoyqulov boshlab berdi. Mashg‘ulotni Demografiya va mehnat bozori sektori mudiri PhD dots.v.b. K.A. Gulmurodov davom ettirdi. Ma’ruzada markaz faoliyati, uning tarkibiy tuzilmasi va bevosita Markazda olib borilayotgan loyihalar va ularda ishtirok etish imkoniyatlari, bevosita aloqa o‘rnatish masalalari yoritildi, mavzular bo‘yicha fikr yuritildi hamda tinglovchilar bilan fikr almashildi.



