Seshanba, Mart 17, 2026
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil
CEDR.UZ
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Loyihalar
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA
  • Login
No Result
View All Result
Cedr.uz
Home INTERVYU Davra suhbati

Ilmiy tadqiqot markazi hamda “Mehnat iqtisodiyoti” kafedrasi o‘rtasida navbatdagi ilmiy-amaliy davra suhbati o‘tkazildi

by cedradminuz
Fevral 27, 2026
in Davra suhbati, YANGILIKLAR
0
0
SHARES
22
VIEWS
Share on FacebookShare on Twitter

2026 yil 26 fevral kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazining “Demografiya va mehnat bozori” sektori hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Mehnat iqtisodiyoti” kafedrasi o‘rtasida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha hamkorlikda ishlab chiqilgan Yo‘l xaritasiga muvofiq navbatdagi ilmiy-amaliy davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir “Tashqi va ichki migratsiya oqimlarini integratsiyalash orqali hududiy bandlik siyosatini takomillashtirish” mavzusiga bag‘ishlandi. Mazkur mavzu bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, mehnat bozorini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda hududlararo iqtisodiy tafovutlarni qisqartirish jarayonlari nuqtayi nazaridan dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Related posts

Hamkorlik memorandumi imzolandi

Mart 10, 2026

8 MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI

Mart 6, 2026

Davra suhbatida “Demografiya va mehnat bozori” sektori mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor B.X. Umurzakov, markazning stajyor-tadqiqotchilari hamda doktorantlari, shuningdek, “Mehnat iqtisodiyoti” kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor S.B. G‘oyipnazarov va kafedra professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida ishtirokchilar migratsiya jarayonlarining zamonaviy tendensiyalari, ularning mehnat bozori dinamikasiga ta’siri hamda hududiy bandlik siyosatini takomillashtirishdagi o‘rni yuzasidan atroflicha fikr almashdilar. Muhokamalar ochiq muloqot ruhida o‘tib, qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda tashqi va ichki migratsiya oqimlari sezilarli darajada faollashib, mehnat resurslarining hududiy qayta taqsimlanishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Ichki migratsiya, xususan, qishloq hududlaridan yirik shaharlar va sanoat markazlariga ko‘chish jarayonlari mehnat taklifi va talabining hududiy nomutanosibligini kuchaytirishi mumkin. Shu bilan birga, ichki migratsiya iqtisodiy faollikni oshirish, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi va mehnat resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish nuqtayi nazaridan ham muhim omil hisoblanadi. Ishtirokchilar ichki migratsiyani boshqarishda hududlararo investitsiya siyosatini muvozanatlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish va mahalliy bandlik dasturlarini takomillashtirish zarurligini alohida qayd etdilar.

Tashqi migratsiya masalasi ham keng muhokama qilindi. Ma’lumki, tashqi mehnat migratsiyasi aholining ish bilan bandligini ta’minlash, uy xo‘jaliklari daromadlarini oshirish va valyuta tushumlari hajmini ko‘paytirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, malakali kadrlarning xorijga chiqib ketishi ayrim tarmoqlarda inson kapitali salohiyatining pasayishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli davra suhbatida tashqi migratsiyani faqat iqtisodiy jarayon sifatida emas, balki milliy mehnat bozori bilan o‘zaro bog‘liq tizim sifatida ko‘rib chiqish, migrantlar tajribasi va malakasidan samarali foydalanish, qaytib kelgan fuqarolarning kasbiy reintegratsiyasini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Professor B.X. Umurzakov o‘z chiqishida migratsiya jarayonlarini ilmiy asosda tahlil qilish, demografik tendensiyalar va mehnat bozori ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni chuqur o‘rganish hamda hududiy bandlik siyosatini shakllantirishda integratsiyalashgan yondashuvni joriy etish muhimligini qayd etdi. Professor S.B. G‘oyipnazarov esa mehnat iqtisodiyoti nuqtayi nazaridan migratsiya oqimlarini boshqarish, hududiy bandlik strategiyalarini ishlab chiqish va ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish masalalariga e’tibor qaratdi. Markaz tadqiqotchilari va doktorantlari tomonidan migratsiya jarayonlarining statistik tahlili, hududlar kesimida bandlik darajasi, yosh tarkibi, malaka tuzilmasi hamda mehnat resurslari harakatini modellashtirish bo‘yicha taklif va fikrlar bildirildi.

Davra suhbatida tashqi va ichki migratsiya oqimlarini bir-biridan alohida emas, balki yagona tizim sifatida integratsiyalash orqali hududiy bandlik siyosatini takomillashtirish, demografik yuklamani hisobga olgan holda ish o‘rinlarini yaratish, mehnat resurslarining samarali taqsimlanishini ta’minlash hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligi alohida ta’kidlandi. 

Mazkur tadbir universitetning ilmiy salohiyatini mustahkamlash, demografik jarayonlar va mehnat bozori o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni chuqur tahlil qilish hamda mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishga xizmat qiluvchi ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Previous Post

OLIY OʻQUV YURTIDAN KEYINGI TAʼLIM TIZIMIDA 2026-YIL II CHORAK SUHBATLARI YAKUNLANDI

Next Post

Markaz Kengashining 2-sonli majlisi boʻlib oʻtdi

Next Post

Markaz Kengashining 2-sonli majlisi boʻlib oʻtdi

TAVSIYA ETILGAN YANGILIKLAR

O‘zbekistonda ishsizlik sabablari: maosh kammi yoki yaxshi xodim?

O‘zbekistonda ishsizlik sabablari: maosh kammi yoki yaxshi xodim?

4 yil ago

“Demografiya va mehnat bozori” elektron ilmiy-ommabop jurnalning 1-soni

1 yil ago
Xorijiy ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Xorijiy ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

2 yil ago
Rahbariyat

«Singapur ilg‘or tajribasi, zamonaviy texnologiyalari va boshqaruv usullari O‘zbekiston uchun foydali»

3 yil ago

BIZNI KUZATIB BORING

KATEGORIYALAR BO’YICHA KO’RING

  • Davra suhbati
  • Hamkorlik
  • Infografika
  • INTERVYU
  • Loyihalar
  • Maqolalar
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • O'zbekiston Respublikasi qonunlari
  • YANGILIKLAR

MAVZULAR BO’YICHA KO’RING

2018 League Balinese Culture Bali United Champions League Visit Bali

MASHHUR YANGILIKLAR

  • Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Yangi O’zbekistonning xalqaro munosabatlarda tutgan o’rni

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • 2023 yilga quyidagi ixtisosliklar bо‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • “Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida II respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Kambag‘allikni qisqartirish – mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sifatida

    0 shares
    Share 0 Tweet 0

Biz haqimizda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi
Manzil: Chilonzor tuman, islom karimov shoh ko‘chasi 49-uy
Telefon: +99871 2392826

Bizga qo'shiling:

So’nggi yangiliklar

  • Hamkorlik memorandumi imzolandi
  • 8 MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI
  • Ilmiy xodimlar xalqaro seminarda ishtirok etishdi
  • (nomsiz)
  • Markaz Kengashining 2-sonli majlisi boʻlib oʻtdi

Bizning manzil

Taqvim

Fevral 2026
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728  
« Yan   Mar »
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil

© 2021 Nursaidov.uz.

No Result
View All Result
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA

© 2021 Nursaidov.uz.

Welcome Back!

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In