



2025 yil 31 oktyabr kuni TDIU huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi Kengashining 9-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga Markaz direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor S.K. Xudoyqulov raislik qildi.
Kengash aʼzolari to‘liq yig‘ilib, kvorum taʼminlangani maʼlum qilindi. Majlis ochiq deb eʼlon qilinib, kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida ilmiy-tadqiqot markazining sektorlari tomonidan xalqaro loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Shuningdek, 2026 yil uchun tayanch doktoranturaga qabul qilinadigan talabgorlar uchun ixtisosliklar bo‘yicha kirish imtihonlarining dastur va savolnomalarini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Kelgusi yilda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan ilmiy anjumanlar bo‘yicha takliflar muhokama qilindi va ilmiy faoliyat samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Majlis yakunlariga ko‘ra, kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, masʼul ijrochilarga topshiriqlar yuklatildi.
Bu yig‘ilish Markaz jamoasi uchun 2026 yildagi ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik faoliyatini yuqori darajada tashkil etishga tayyorgarlikning muhim bosqichi bo‘ldi.


