




TDIU huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida ishchi yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda “Mamlakatning 2030-yilgacha moʻljallangan taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali muhokama qilish jarayonida faol ishtirok etish masalalari koʻrib chiqildi.
Yigʻilish davomida markaz xodimlari va mutaxassislar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mazmun-mohiyati, ularning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga taʼsiri yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, muhokama jarayonida asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, ilmiy yondashuvlarga tayangan holda portalga kiritish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Mazkur ishchi yigʻilish islohotlarni ilmiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, iqtisodiy siyosatni takomillashtirish va normativ-huquqiy bazani yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
