Payshanba, Aprel 23, 2026
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil
CEDR.UZ
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Loyihalar
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA
  • Login
No Result
View All Result
Cedr.uz
Home INTERVYU Davra suhbati

DOKTORANTLAR BILAN ILMIY FAOLIYATNI TAKOMILLASHTIRISHGA BAGʻISHLANGAN UCHRASHUV OʻTKAZILDI

by cedradminuz
Yanvar 12, 2026
in Davra suhbati
0
0
SHARES
59
VIEWS
Share on FacebookShare on Twitter

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida direktor Xudoyqulov Sadirdin Karimovich hamda direktor oʻrinbosari Isayev Faxriddin Ikromovich boshchiligida doktorantlar bilan ilmiy faoliyat masalalariga bagʻishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv suhbat tarzida oʻtkazilib, unda Markazda mavjud 4 ta ixtisoslik, jumladan, 08.00.02 – “Makroiqtisodiyot”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”, 08.00.10 – “Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti” hamda 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olayotgan tayanch doktorantlar (PhD), doktorantlar (DSs) va stajyor-tadqiqotchilar ishtirok etdilar.

Related posts

2026-yil 1-chorak yakunlari boʻyicha ilmiy tadqiqotchilar faoliyati tahlil qilindi

Aprel 1, 2026

Talabalar ishtirokida dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

Mart 24, 2026

Muloqot jarayonida doktorantlarning olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlari, dissertatsion mavzularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar bilan uzviy bogʻliqligi, tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyatini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni zamonaviy metodologiya asosida olib borish, xalqaro tajriba va ilgʻor ilmiy yondashuvlarni qoʻllash, olingan natijalarni nufuzli milliy va xalqaro ilmiy jurnallarda eʼlon qilish zarurligi taʼkidlandi.

Uchrashuvda mamlakatimizda yaratilayotgan qulay ilmiy muhit, davlat tomonidan doktorantlar uchun berilayotgan imkoniyatlar va qoʻllab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanish, tadqiqot ishlarini belgilangan reja asosida tashkil etish hamda ularni oʻz vaqtida yakunlash muhim vazifa ekanligiga alohida eʼtibor qaratildi. 

Shuningdek, himoya jarayoniga puxta tayyorgarlik koʻrish, dissertatsiya mazmunini mukammal shakllantirish, taqdimot va ilmiy maʼruzalarni zamonaviy talablar asosida tayyorlash, ilmiy bahs-munozaralarda faol ishtirok etish hamda ekspertlar tomonidan beriladigan tavsiya va eʼtirozlarga oʻz vaqtida va asosli javob qaytarish muhim vazifa sifatida belgilab olindi. Uchrashuv ishtirokchilariga ilmiy rahbarlar bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, markaz qoshida tashkil etiladigan ilmiy seminarlar va muhokamalarda muntazam ishtirok etish orqali ilmiy salohiyatni yanada oshirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Uchrashuv yakunida doktorantlarga ilmiy faoliyatni tizimli va maqsadli ravishda tashkil etish, dissertatsion tadqiqotlarni tasdiqlangan individual rejalar asosida olib borish, tadqiqot jarayonida ilmiy yangilik va amaliy natijalarga erishishga alohida eʼtibor qaratish boʻyicha qator amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, dissertatsion ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, tadqiqot natijalarini bosqichma-bosqich rasmiylashtirish, ilmiy maqolalarni oʻz vaqtida tayyorlash va nufuzli milliy hamda xalqaro ilmiy nashrlarda eʼlon qilish zarurligi taʼkidlandi.

Previous Post

Demografiya va mehnat bozori 4-son

Next Post

2026-YILGI FAOLIYATNI BOSHLASHGA BAGʻISHLANGAN ISHCHI YIGʻILISH BOʻLIB OʻTDI.

Next Post

2026-YILGI FAOLIYATNI BOSHLASHGA BAGʻISHLANGAN ISHCHI YIGʻILISH BOʻLIB OʻTDI.

TAVSIYA ETILGAN YANGILIKLAR

Rahbariyat

«Singapur ilg‘or tajribasi, zamonaviy texnologiyalari va boshqaruv usullari O‘zbekiston uchun foydali»

3 yil ago
Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohiblari ham ma’lum bo‘ldi

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohiblari ham ma’lum bo‘ldi

4 yil ago
Tranzit yo‘nalishlari bo‘yicha yangi bepul kurs O‘zbekistonda UzExport Academy o‘quv platformasida mavjud

Tranzit yo‘nalishlari bo‘yicha yangi bepul kurs O‘zbekistonda UzExport Academy o‘quv platformasida mavjud

3 yil ago

29-oktyabr 2024-yil “O‘zbekiston Respublikasi Demograf olimlari” uyushmasining navbatdagi seminari bo‘lib o‘tdi.

1 yil ago

BIZNI KUZATIB BORING

KATEGORIYALAR BO’YICHA KO’RING

  • Davra suhbati
  • Hamkorlik
  • Infografika
  • INTERVYU
  • Loyihalar
  • Maqolalar
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • O'zbekiston Respublikasi qonunlari
  • YANGILIKLAR

MAVZULAR BO’YICHA KO’RING

2018 League Balinese Culture Bali United Champions League Visit Bali

MASHHUR YANGILIKLAR

  • Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Yangi O’zbekistonning xalqaro munosabatlarda tutgan o’rni

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • 2023 yilga quyidagi ixtisosliklar bо‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • “Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida II respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Kambag‘allikni qisqartirish – mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sifatida

    0 shares
    Share 0 Tweet 0

Biz haqimizda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi
Manzil: Chilonzor tuman, islom karimov shoh ko‘chasi 49-uy
Telefon: +99871 2392826

Bizga qo'shiling:

So’nggi yangiliklar

  • 2026-yil 1-chorak yakunlari boʻyicha ilmiy tadqiqotchilar faoliyati tahlil qilindi
  • Talabalar ishtirokida dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
  • ILMIY-TADQIQOT MARKAZDA XALQARO KONFERENSIYA BOʻLIB OʻTDI
  • Hamkorlik memorandumi imzolandi
  • 8 MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI

Bizning manzil

Taqvim

Yanvar 2026
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031  
« Dek   Fev »
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil

© 2021 Nursaidov.uz.

No Result
View All Result
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA

© 2021 Nursaidov.uz.

Welcome Back!

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In