Chorshanba, Fevral 25, 2026
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil
CEDR.UZ
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Loyihalar
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA
  • Login
No Result
View All Result
Cedr.uz
Home INTERVYU Davra suhbati

OLIY OʻQUV YURTIDAN KEYINGI TAʼLIM TIZIMIDA 2026-YIL II CHORAK SUHBATLARI YAKUNLANDI

by cedradminuz
Fevral 24, 2026
in Davra suhbati, YANGILIKLAR
0
0
SHARES
33
VIEWS
Share on FacebookShare on Twitter

2026-yil 23-fevral kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutining 1-sonli yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mazkur yigʻilish 2026-yil II chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka (PhD/DSc) talabgorlarni ixtisoslik boʻyicha suhbatdan oʻtkazishga bagʻishlandi.

Related posts

NAVBATDAGI SEKTORLARARO ILMIY SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

Fevral 18, 2026

Ilmiy-tadqiqot markazi Kengashining 1-sonli majlisi boʻlib oʻtdi

Fevral 4, 2026

Yigʻilishda komissiya raisi va aʼzolari ishtirokida talabgorlarning ilmiy salohiyati, tanlangan dissertatsiya mavzularining dolzarbligi hamda ixtisoslik yoʻnalishiga muvofiqligi atroflicha koʻrib chiqildi. Suhbat jarayoni ochiq va ilmiy-tanqidiy muhitda tashkil etildi.

Jumladan, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi boʻyicha 3 nafar talabgor suhbatdan oʻtdi. Talabgorlar oʻz dissertatsiya mavzularining nazariy-metodologik asoslari, tadqiqotning ilmiy yangilik jihatlari, amaliy ahamiyati va kutilayotgan natijalar haqida suhbat tashkil etildi. Komissiya aʼzolari tomonidan moliya tizimidagi zamonaviy transformatsiya jarayonlari, moliyaviy instrumentlar samaradorligi, bozor mexanizmlarini takomillashtirish hamda xalqaro tajriba implementatsiyasi masalalari yuzasidan qator savollar berildi.

Shuningdek, 08.00.12 – “Mintaqa iqtisodiyoti” ixtisosligi boʻyicha 1 nafar talabgor suhbatda ishtirok etdi. Ushbu yoʻnalish doirasida hududiy rivojlanish omillari, mintaqaviy iqtisodiy salohiyatni oshirish mexanizmlari, kambagʻallikni qisqartirish va resurslardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Talabgor tomonidan tadqiqotning nazariy asoslari, amaliy takliflari va kutilgan ijtimoiy-iqtisodiy samarasi boʻyicha atroflicha tushuntirish berildi.

Suhbatlar jarayonida dissertatsiya mavzularining dolzarbligi, ilmiy muammoning qoʻyilishi, tadqiqot metodologiyasining asoslanganligi hamda ixtisoslik pasportiga mosligi alohida baholandi. Komissiya aʼzolari tomonidan talabgorlarning ilmiy tafakkuri, tahlil qilish qobiliyati va mustaqil tadqiqot olib borish salohiyati yuqori baholandi.

Yigʻilish yakunida mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning hujjatlari va suhbat natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi qayd etildi.

Mazkur tadbir oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimida ilmiy salohiyatni mustahkamlash, yosh tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlash va iqtisodiyot sohasida ilmiy izlanishlarni ragʻbatlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Previous Post

NAVBATDAGI SEKTORLARARO ILMIY SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

TAVSIYA ETILGAN YANGILIKLAR

Uy-joy qurilishini moliyalashtirish usullari va xorijiy mamlakatlarda uy-joyni moliyalashtirishda davlatning o’rni

1 yil ago

Mintaqaviy iqtisodiyotning zamonaviy muammolari: tajriba, tendensiyalar va istiqbollar» mavzusida III respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

9 oy ago

O‘zbekiston va Turkiya ilmiy muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

7 oy ago
Bayram tabrigi!!!

Bayram tabrigi!!!

1 yil ago

BIZNI KUZATIB BORING

KATEGORIYALAR BO’YICHA KO’RING

  • Davra suhbati
  • Hamkorlik
  • Infografika
  • INTERVYU
  • Loyihalar
  • Maqolalar
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • O'zbekiston Respublikasi qonunlari
  • YANGILIKLAR

MAVZULAR BO’YICHA KO’RING

2018 League Balinese Culture Bali United Champions League Visit Bali

MASHHUR YANGILIKLAR

  • Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Yangi O’zbekistonning xalqaro munosabatlarda tutgan o’rni

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • 2023 yilga quyidagi ixtisosliklar bо‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • “Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida II respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Kambag‘allikni qisqartirish – mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sifatida

    0 shares
    Share 0 Tweet 0

Biz haqimizda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi
Manzil: Chilonzor tuman, islom karimov shoh ko‘chasi 49-uy
Telefon: +99871 2392826

Bizga qo'shiling:

So’nggi yangiliklar

  • OLIY OʻQUV YURTIDAN KEYINGI TAʼLIM TIZIMIDA 2026-YIL II CHORAK SUHBATLARI YAKUNLANDI
  • NAVBATDAGI SEKTORLARARO ILMIY SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
  • Мустақил Ўзбекистон тарихида илк бор аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш каби жуда катта ижтимоий-иқтисодий ва сиёсий аҳамиятга эга бўлган умуммиллий тадбир амалга оширилди. Ушбу жараён мамлакатнинг барқарор ривожланишини таъминлаш, демографик ва иқтисодий сиёсатни илмий асосда шакллантиришда муҳим ўрин тутади.
  • Ilmiy-tadqiqot markazi Kengashining 1-sonli majlisi boʻlib oʻtdi
  • “Tizim dinamikasini modellashtirish” mavzusida seminar o‘tkazildi

Bizning manzil

Taqvim

Fevral 2026
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728  
« Yan    
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil

© 2021 Nursaidov.uz.

No Result
View All Result
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA

© 2021 Nursaidov.uz.

Welcome Back!

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In