Seshanba, Mart 10, 2026
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil
CEDR.UZ
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Loyihalar
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA
  • Login
No Result
View All Result
Cedr.uz
Home Hamkorlik

Hamkorlik memorandumi imzolandi

by cedradminuz
Mart 10, 2026
in Hamkorlik, Loyihalar, YANGILIKLAR
0
0
SHARES
37
VIEWS
Share on FacebookShare on Twitter

2026-yil 10-mart kuni Toshkent shahrida “International School of Finance Technology and Science” (ISFT) instituti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi. Mazkur hujjat ikki muassasa oʻrtasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, taʼlim va innovatsion jarayonlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ilmiy salohiyatni mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbus sifatida eʼtirof etildi.

Related posts

8 MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI

Mart 6, 2026

Ilmiy xodimlar xalqaro seminarda ishtirok etishdi

Mart 4, 2026

Tadbirni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xudoyqulov Sadirdin Karimovich ochib berdi. Tadbirda markaz doktorantlari hamda ilmiy xodimlari faol ishtirok etdilar. ISFT institutidan ISFT instituti rektori Gʻulomov Ibroxim Rustamovich hamda ISFT Biznes va menejment tadqiqotlari ilmiy markazi direktori Gavhar Isamutdinova qatnashdilar. Uchrashuv davomida tomonlar oʻrtasida hamkorlik istiqbollari, qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyatlari hamda ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Memorandumga muvofiq, tomonlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, amaliy va fundamental ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, zamonaviy bilim va tajribalarni almashish hamda ilmiy salohiyatni mustahkamlash borasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib oldilar. Hamkorlik doirasida ilmiy seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari va treninglar tashkil etish, qoʻshma ilmiy loyihalar va tadqiqotlar olib borish, shuningdek ilmiy maqolalar, tezislar va tahliliy materiallarni birgalikda tayyorlash kabi faoliyat yoʻnalishlari belgilab olindi.

Shuningdek, memorandumda taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar integratsiyasini mustahkamlash, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar va ekspertlar oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish, bakalavriat, magistratura hamda doktorantura bosqichlari uchun dolzarb ilmiy tadqiqot yoʻnalishlarini shakllantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Tomonlar ilmiy grantlar va xalqaro tadqiqot loyihalarida hamkorlikda ishtirok etish orqali ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirishni maqsad qilgan.

Mazkur memorandum ikki tashkilot oʻrtasida uzoq muddatli ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, iqtisodiyot sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish hamda innovatsion tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Previous Post

8 MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI

TAVSIYA ETILGAN YANGILIKLAR

Markaz Kengashining 2-sonli majlisi boʻlib oʻtdi

2 hafta ago

«O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi e’loni

4 oy ago

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI HUZURIDAGI “O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY ASOSLARI VA MUAMMOLARI” ILMIY-TADQIQOT MARKAZI TANLOV E’LON QILADI.

5 oy ago

Mintaqaviy iqtisodiyotning zamonaviy muammolari: tajriba, tendensiyalar va istiqbollar» mavzusida III respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

9 oy ago

BIZNI KUZATIB BORING

KATEGORIYALAR BO’YICHA KO’RING

  • Davra suhbati
  • Hamkorlik
  • Infografika
  • INTERVYU
  • Loyihalar
  • Maqolalar
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • O'zbekiston Respublikasi qonunlari
  • YANGILIKLAR

MAVZULAR BO’YICHA KO’RING

2018 League Balinese Culture Bali United Champions League Visit Bali

MASHHUR YANGILIKLAR

  • Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Yangi O’zbekistonning xalqaro munosabatlarda tutgan o’rni

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • 2023 yilga quyidagi ixtisosliklar bо‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • “Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida II respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Kambag‘allikni qisqartirish – mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sifatida

    0 shares
    Share 0 Tweet 0

Biz haqimizda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi
Manzil: Chilonzor tuman, islom karimov shoh ko‘chasi 49-uy
Telefon: +99871 2392826

Bizga qo'shiling:

So’nggi yangiliklar

  • Hamkorlik memorandumi imzolandi
  • 8 MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI
  • Ilmiy xodimlar xalqaro seminarda ishtirok etishdi
  • (nomsiz)
  • Markaz Kengashining 2-sonli majlisi boʻlib oʻtdi

Bizning manzil

Taqvim

Mart 2026
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031  
« Fev    
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil

© 2021 Nursaidov.uz.

No Result
View All Result
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA

© 2021 Nursaidov.uz.

Welcome Back!

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In