Markaz haqida

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 28 fevraldagi «Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazini tashkil qilish toʻgʻrisida»gi PQ-1927-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti vorisi sifatida tashkil etilgan.

Bugungi kunda Markazda 4 ta sektor mavjud boʻlib, “Iqtisodiyotni isloh qilish va barqaror rivojlantirishning ilmiy muammolari”, “Moliya bozori va moliya-bank tizimini rivojlan-tirishning metodologik muammolari”, “Demografiya va mehnat bozori”, “Ishlab chiqarish kuchlarini ratsional joylashtirish va hududlarni kompleks rivojlantirish” sektorlari faoliyat olib bormoqda.

Jumladan, asosiy shtatda 8 nafar ilmiy xodim (jumladan, ilmiy darajali ilmiy xodimlar 7 nafar, shundan 5 nafar fan doktori (DSc), 2 nafar fan nomzodi (PhD) faoliyat yuritmoqda. Ilmiy salohiyat 87,5 %.

Markaz respublikada iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish va isloh qilish ilmiy muammolari boʻyicha fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshiruvi yetakchi ilmiy tashkilotlardan biri hisoblanadi. Davlat ilmiy-texnik dasturlari (DITD) doirasidagi quyidagi loyihalar amalga oshirilgan:

Fundamental loyihalar:

1. Ф1-FA-1-16435-raqamli “Milliy iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini ilmiy-metodik asoslari”.

2. OT-F1-022-raqamli, mavzusi:“Iqtisodiyotni barqaror rivojlanishini taʼminlovchi ichki imkoniyatlarni aniqlash va zaxiralarni safarbar qilishning ilmiy-metodik asoslari”.

Amaliy loyihalar:

1. А2-FA-0-13215-raqamli “Razrabotka institutsionalno-metodicheskogo instrumentariya koomersializatsii NIR”.

2. A-2-4-raqamli “Innovatsion xizmatlar bozorinishakllantirish va rivojlantirish hamda uningOʻzbekiston Respublikasi hududlari iqtisodiyotiningraqobatbardoshligini oshirishdagi taʼsiri”.

3. A-2-10-raqamli “Milliy iqtisodiyot tarmoqlarida oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojni baholash va prognozlashtirish”.

4. A-2-74-raqamli “Hududiy sugʻurta bozorlar inipotensialini baholash metodikasini ishlab chiqish”.

5. PZ-20170929159-raqamli “Markazlashmagan boshqaruv sharoitida mintaqaviy rivojlanishni tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”.

Innovatsion loyihalar:

1. И1-FA-O-14126 “Formirovaniye selostnoy zakonodatelnoy, normativno-pravovoy платформы dlya осуществления vsex stadiy innovatsionnoy deyatelnosti”.

2. IL-402104450-sonli “Tijorat banklarida valyuta ayriboshlash jarayoniga mijozni identifikatsiya qilish maqsadida Touch ID tizimini yaratish”.

Joriy davrda 2023-2025 yillarga moʻljallangan FZ-5421033210-sonli “Milliy iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tizimi transformatsiyasining metodologik asoslari” nomli fundamental loyiha va IL-21101893-sonli 2023-2025 yillarga moʻljallangan “Kambagʻallikni kamaytirish va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ilmiy yondashuvlarishlab chiqish” nomli fundamental loyiha amalgaoshirilmoqda.

Markazning asosiy moliyaviy taʼminoti Davlat ilmiy-texnik dasturlari (DITD) doirasidagi fundamental, innovatsion va amaliy loyihalar hisobidan moliyalashtiriladi va Markaz byudjetining asosiy qismi fundamental loyiha hisobiga boʻlib, asosiy shtatdagi barcha ilmiy xodimlar toʻliq stavkada ushbu loyihani bajarishda qatnashishadi. OʻzbekistonRespublikasi vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 maydagi “Davlat ilmiy tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi byudjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 326-son Qarori bilan davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy tashkilotga aylanib, ilmiy xodimlari loyihalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar asosida erishilgan natijalar:

BMTning aholishunoslik masalalari – UNFPA bilan Markaz oʻrtasida “Aholini roʻyxatga olish” boʻyicha ishlarni amalga oshirish shartnomasi amalga oshirilgan. Uning doirasida, Rossiyaning Moskva shahridagi Oliy iqtisodiy maktab tomonidan tashkil etilgan oʻquv dasturida Markazning 1 nafar tayanch doktoranti malaka oshirgan.

Karlov Universiteti (Chexiya Respublikasi) bilan hamkorlik toʻgʻrisida ikki tomonlama memorandum besh yil muddatga imzolangan, buning natijasida, Markazning sektor mudiri oʻrinbosari Sh.G.Akramova Karlov universitetida (Charles University) doktoranturaga oʻqishga qabul qilingan, Karlov universiteti professori Tomash Kuchera tomonidan “Innovatsion tendensiyalar sharoitida demografik rivojlanishni prognozlashtirish muammolari” mavzusidagi ilmiy-uslubiy seminar oʻtkazilgan, “ERASMUS+” xalqaro loyiha doirasida Karlov Universiteti (Chexiya Respublikasi) professori Tomash Kuchera ishtirokida, “Perspektivnoye ischisleniye naseleniya i demograficheskoye prognozirovaniye” mavzusida tashkil etilgan taʼlim kursida Markazning 6 nafar ilmiy xodimlari malaka oshirishdi hamda Markazning 2 nafar ilmiy xodimlari va 1 nafar doktoranti Pragada (Chexiya) boʻlib oʻtgan “Aholisonining oʻsishini prognoz qilish” oʻquv kurslarida malaka oshirishgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsion iqlimni takomillashtirish” loyihasi amalga oshirilgan va unda “Oʻzbekiston hududlarida investitsion iqlimni tadqiq qilish” muammolari tadqiq etilgan va loyiha doirasida “Namangan viloyatini 2030 yilgachan rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish” amalga oshirilgan.

2022 yilning 16 fevralida Jahon Savdo Tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining qoʻshma agentligi boʻlgan Xalqaro savdo markazining “Ready4Trade Central Asia” loyihasi boʻyicha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan memorandum imzolandi va uning asosiy ijrochisi sifatida «Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi tanlangan hamda 2022-2023 yillarda Markaz professor-oʻqituvchilari viloyatlarda seminar treninglar tashkil etilgan.

Markaz tomonidan 2020 yilda ham iqtisodiyot yoʻnalishida mutaxassislarni tayyorlaydigan OTMlar uchun bugungi kunda milliy iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bogʻliq boʻlgan 150 ta dolzarb mavzulardan iborat boʻlgan PhD va magistrlik dissertatsiyalar bazasini yangilab Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda taʼlim respublika oliy taʼlim muassasalariga taqdim etildi.

2017-2024 yillar mobaynida Markaz xodimlari hamda oliy taʼlimdan integratsiya doirasida jalb etilgan xodimlari tomonidan:

100 ta ilmiy, oʻquv-metodik adabiyoti, xususan 17 ta darslik, 44 ta oʻquv qoʻllanma, 39 ta monografiya tayyorlanib chop etildi va ilmiy va oʻquv-metodik jarayonlariga tadqiq etilganligi haqidagi dalolatnomalar va boshqalar mavjud;

magistratura oʻquv dasturlarini shakllantirish, amaliyotni tashkil qilish va magistrlik dissertatsiyalarini yoʻnalishlarini shakllantirishda markaz ilmiy faoliyatini hisobga olgan holda namunaviy mavzulari boʻyicha tavsiyanomalar berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatiga,Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident administratsiyasi huzuridagi statistika agentligiga, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va boshqa tashkilotlarga analitik ishlanmalar 18 ta, 2018 yil 4 ta, 2019 yil 9 ta, 2020 yil 5 ta tayyorlangan, 2021 yilda 20 ta, 2022 yilda 10 ta, 2023 yilda 22 ta hamda joriy qilingan dalolatnomalar soni 50 ga yaqin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2017 yil 14-sentyabrdagi 660-sonli buyrugʻi ijrosi doirasida Markazda doktorantura faoliyati 08.00.02 – “Makroiqtisodiyot”; 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”; 08.00.10 – “Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti”; 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosliklar boʻyicha faoliyati tashkil etilgan.

Markaz TDIU maʼmuriy binosining 13 va 14 qavatlari joylashgan va uning tasarrufida 15 ta xonalar mavjud. Markazning hududida uzluksiz kuzatuv kameralari moslashtirilgan. Markazda 50 oʻrinlik majlislar zali, 14 kishiga moʻljallangan kutubxona mavjud. Markazning barcha ilmiy va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari kompyuterlar va tegishli texnikalari bilan taʼminlanganlar, uzluksiz internet va Wi-Fi zonasi faoliyat koʻrsatadi. Xonalarda ish sharoitini yaratish uchun zarur barcha mebel va qurilmalar, konditsionerlar bilan taʼminlangan.

Shuningdek, ilmiy xodimlar ilmiy tadqiqotlarida foydalanishlari uchun har yili siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yoʻnalishdagi respublika va xorijiy davriy nashrlarga obuna boʻlingan.

Bugungi kunda Markazda 4 ta ixtisoslik boʻyichaoliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim uchun jami 2 ta doktorant, 9 ta tayanch doktorant (PhD),
3 ta stajyor tadqiqotchi va 38 ta mustaqil izlanuvchi (PhD/DSc) tadqiqotchilik faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

Shuningdek, 2023 yil davomida 9 nafar tadqiqotchilar muddatidan oldin iqtisodiyot boʻyicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyalarini muvafaqqiyatli himoya qilishgan. Jumladan: 08.00.02 – “Makroiqtisodiyot” ixtisosligida – 2 ta tayanch doktorant (S.Mahmudov 2023 yil 17 avgust, S.R.Xolbayeva 2023 yil 9 noyabr himoya qilgan); 08.00.07 – “Moliya, pul muommalasi va kredit” ixtisosligida – 1 ta tayanch doktorant, 4 ta mustaqilizlanuvchi (S.I.Xalikchayeva, S.A.Nazarov 2023 yil 10 mart, B.A.Xonturayev 2023 yil 5 aprel, A.O.Xashimov 2023 yil 26 iyun, Sh.R.Nurmatov 2023 yil 26 dekabr himoya qilgan); 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosligida – 2 ta mustaqil izlanuchilar (S.Abdukaxarova va B.Maʼmurovlar 2023 yil 5 iyul himoya qilgan).

2024 yilda 1 ta tayanch doktorant, 2 ta mustaqil izlanuvchi (R.U.Xudayberdiyev 2024 yil 5 iyul, J.M.Babaxonov 2024 yil 19 aprel, B.R.Mustafayev 2024 yil 28 iyun) muddatidan oldin himoya qilgan.

2021 yil 31 mayda Markaz Ilmiy kengashining 4-son majlis qarori bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazini 2021-2025 yillarda rivojlantirish strategiyasi” tasdiqlandi va ishlar jadal ravishda olib borilmoqda.

Bugungi kunda Markaz ilmiy xodimlar jamoasi i.f.d. professor S.K.Xudoyqulov rahbarligida faoliyatini olib bormoqda.

Welcome Back!

Login to your account below

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.