Juma, Fevral 27, 2026
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil
CEDR.UZ
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Loyihalar
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA
  • Login
No Result
View All Result
Cedr.uz
Home YANGILIKLAR

Markaz Kengashining 2-sonli majlisi boʻlib oʻtdi

by cedradminuz
Fevral 27, 2026
in YANGILIKLAR
0
0
SHARES
17
VIEWS
Share on FacebookShare on Twitter

2026-yil 27-fevral kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi Kengashining 2-sonli majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda markaz faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari, strategik vazifalari hamda 2026-yilga moʻljallangan ilmiy-amaliy rejalar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, markazning 2026–2030-yillarga moʻljallangan rivojlanish strategiyasi koʻrib chiqilib, uni tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Ushbu strategiya markaz ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlash, fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, innovatsion loyihalar sonini koʻpaytirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda raqamli iqtisodiyot, hududiy rivojlanish va demografik jarayonlar boʻyicha tadqiqotlarni chuqurlashtirishni nazarda tutadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2026-yilning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan markazda ilmiy-amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish masalasi ham koʻrib chiqildi. Unda mahallalar iqtisodiy salohiyatini oshirish, aholi bandligi va daromadlarini koʻpaytirish, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ilmiy tahlil qilish hamda mazkur yoʻnalishlarda seminar va konferensiyalar tashkil etish kabi vazifalar belgilandi. Majlisda markazning 2026-yilda yangi fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanlovida faol ishtirok etishi, grant mablagʻlarini jalb qilish va loyihalarni xalqaro talablar asosida tayyorlash boʻyicha tayyorgarlik ishlarini kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.

Related posts

Ilmiy tadqiqot markazi hamda “Mehnat iqtisodiyoti” kafedrasi o‘rtasida navbatdagi ilmiy-amaliy davra suhbati o‘tkazildi

Fevral 27, 2026

OLIY OʻQUV YURTIDAN KEYINGI TAʼLIM TIZIMIDA 2026-YIL II CHORAK SUHBATLARI YAKUNLANDI

Fevral 24, 2026

Kun tartibidan oʻrin olgan yana bir muhim masala markaz sektorlari va oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan hamkorlik dasturini tasdiqlash boʻldi. Ushbu dastur doirasida ilmiy tadqiqot natijalarini taʼlim jarayoniga joriy etish, professor-oʻqituvchilar ilmiy faolligini ragʻbatlantirish hamda talabalarni ilmiy loyihalarga keng jalb qilish choralari belgilandi. Shu bilan birga, 2026-yil II chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka (PhD/DSc) talabgorlarning ixtisoslik boʻyicha oʻtkazilgan suhbat natijalari koʻrib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Majlisda, shuningdek, Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilayotgan AL-8624042651-sonli “Oʻzbekiston aholisi 2050-yilgacha prognozining GAT texnologiyasiga asoslangan xaritasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihaning yakuniy hisoboti tinglandi. Loyiha doirasida mamlakat aholisi demografik prognozlari ishlab chiqilgani, geoaxborot texnologiyalari asosida interaktiv xarita yaratilgani hamda hududiy rejalashtirish va strategik qarorlar qabul qilish uchun ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlangani qayd etildi. Majlis yakunida markaz faoliyatiga oid boshqa tashkiliy va ilmiy masalalar ham muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Mazkur majlis markazning ilmiy faoliyatini tizimli tashkil etish, uning strategik rivojlanishini taʼminlash va mamlakat iqtisodiyotini ilmiy asosda qoʻllab-quvvatlash borasida muhim ahamiyat kasb etdi.

Previous Post

Ilmiy tadqiqot markazi hamda “Mehnat iqtisodiyoti” kafedrasi o‘rtasida navbatdagi ilmiy-amaliy davra suhbati o‘tkazildi

TAVSIYA ETILGAN YANGILIKLAR

Mintaqaviy iqtisodiyotning zamonaviy muammolari: tajriba, tendensiyalar va istiqbollar» mavzusida III respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

9 oy ago
Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

4 yil ago
Davra suhbati tashkil etildi

Davra suhbati tashkil etildi

2 yil ago
Xorijiy ilmiy markaz bilan memorandum imzolandi

Xorijiy ilmiy markaz bilan memorandum imzolandi

2 yil ago

BIZNI KUZATIB BORING

KATEGORIYALAR BO’YICHA KO’RING

  • Davra suhbati
  • Hamkorlik
  • Infografika
  • INTERVYU
  • Loyihalar
  • Maqolalar
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • O'zbekiston Respublikasi qonunlari
  • YANGILIKLAR

MAVZULAR BO’YICHA KO’RING

2018 League Balinese Culture Bali United Champions League Visit Bali

MASHHUR YANGILIKLAR

  • Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Yangi O’zbekistonning xalqaro munosabatlarda tutgan o’rni

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • 2023 yilga quyidagi ixtisosliklar bо‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • “Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida II respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Kambag‘allikni qisqartirish – mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sifatida

    0 shares
    Share 0 Tweet 0

Biz haqimizda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi
Manzil: Chilonzor tuman, islom karimov shoh ko‘chasi 49-uy
Telefon: +99871 2392826

Bizga qo'shiling:

So’nggi yangiliklar

  • Markaz Kengashining 2-sonli majlisi boʻlib oʻtdi
  • Ilmiy tadqiqot markazi hamda “Mehnat iqtisodiyoti” kafedrasi o‘rtasida navbatdagi ilmiy-amaliy davra suhbati o‘tkazildi
  • OLIY OʻQUV YURTIDAN KEYINGI TAʼLIM TIZIMIDA 2026-YIL II CHORAK SUHBATLARI YAKUNLANDI
  • NAVBATDAGI SEKTORLARARO ILMIY SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
  • Мустақил Ўзбекистон тарихида илк бор аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш каби жуда катта ижтимоий-иқтисодий ва сиёсий аҳамиятга эга бўлган умуммиллий тадбир амалга оширилди. Ушбу жараён мамлакатнинг барқарор ривожланишини таъминлаш, демографик ва иқтисодий сиёсатни илмий асосда шакллантиришда муҳим ўрин тутади.

Bizning manzil

Taqvim

Fevral 2026
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728  
« Yan    
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil

© 2021 Nursaidov.uz.

No Result
View All Result
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA

© 2021 Nursaidov.uz.

Welcome Back!

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In