Oy: Mart 2026

Talabalar ishtirokida dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

2026-yil 24-mart kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida talabalar uchun davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur davra suhbati Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida tashkil etildi. Unda akademiyaning “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etdilar.Tadbirda ilmiy-tadqiqot markazi sektor mudiri i.f.d., dots. Sirojiddin Abrorov “Geosiyosiy risklarning global moliya bozorlariga ta’siri” mavzusida ma’ruza qildi.  Davra suhbati davomida zamonaviy global iqtisodiy muhitda geosiyosiy omillarning moliya bozorlariga ko‘rsatayotgan ta’siri ilmiy asoslar bilan tushuntirib berildi. Xususan, fond bozorlari indekslari, xomashyo narxlari hamda valyuta kurslaridagi tebranishlarga geosiyosiy jarayonlarning ta’siri atroflicha yoritildi. Shuningdek, xalqaro nizolar, sanksiyalar, siyosiy beqarorlik va global shoklarning ...

Hamkorlik memorandumi imzolandi

2026-yil 10-mart kuni Toshkent shahrida “International School of Finance Technology and Science” (ISFT) instituti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va ...

Ilmiy xodimlar xalqaro seminarda ishtirok etishdi

2026-yil 28-fevral kuni Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Fatih Sultan Mehmet vaqf universitetida “AI in Energy and Economics: Security Issues, Risks, Regulations, Opportunities and Challenges” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir “AI and Digital ...

Joriy yilning 3-mart kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi hamda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi. Shartnoma bir tomondan, Markaz direktori, professor S.K. Xudoyqulov va boshqa tomondan, RIU Toshkent filiali direktori, akademikK.X. Abdurahmonov tomonidan imzolandi. Imzolash marosimida Markaz sektor mudirlari –professor A.S. Usmanov va professor B.X. Umurzoqov, shuningdek, RIU Toshkent filialining professor-oʻqituvchilari ham ishtirok etdilar. Imzolangan shartnoma doirasida tomonlar hamkorlikning aniq yoʻnalishlarini belgilab oldilar. Xususan, Markaz tomonidan “Iqtisodiyotni isloh qilish va barqaror rivojlantirishning ilmiy muammolari” hamda “Demografiya va mehnat bozori” sektorlari, RIU Toshkent filiali tomonidan esa “Raqamli ...

BIZNI KUZATIB BORING

KATEGORIYALAR BO’YICHA KO’RING

BROWSE BY TOPICS

Welcome Back!

Login to your account below

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.