Talabalar ishtirokida dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
2026-yil 24-mart kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida talabalar uchun davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur davra suhbati Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida tashkil etildi. Unda akademiyaning “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etdilar.Tadbirda ilmiy-tadqiqot markazi sektor mudiri i.f.d., dots. Sirojiddin Abrorov “Geosiyosiy risklarning global moliya bozorlariga ta’siri” mavzusida ma’ruza qildi. Davra suhbati davomida zamonaviy global iqtisodiy muhitda geosiyosiy omillarning moliya bozorlariga ko‘rsatayotgan ta’siri ilmiy asoslar bilan tushuntirib berildi. Xususan, fond bozorlari indekslari, xomashyo narxlari hamda valyuta kurslaridagi tebranishlarga geosiyosiy jarayonlarning ta’siri atroflicha yoritildi. Shuningdek, xalqaro nizolar, sanksiyalar, siyosiy beqarorlik va global shoklarning ...