1️⃣ Erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etiladi, inson qadri-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan, keng ko‘lamli islohotlar yangi pog‘onaga ko‘tariladi.
2️⃣ Adolat va qonun ustuvorligi – xalqchil davlat qurish, inson qadr-qimmatini ta’minlashning eng asosiy va zaruriy sharti bo‘ladi.
3️⃣ Milliy iqtisodiyotni, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida rivojlantirish ustuvor vazifalaridan biri bo‘ladi.
4️⃣ Adolatli ijtimoiy siyosat yuritiladi, inson kapitalini rivojlantirishning eng muhim omili hisoblangan sifatli ta’lim-tarbiya masalasi bundan buyon ham doimiy e’tibor markazida bo‘ladi.
5️⃣ Ma’naviy va ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
6️⃣ Iqlim o‘zgarishi, ekologik muammolar, radikalizm, ekstremizm va terrorizm, odam savdosi kabi umumbashariy muammolarga yechim topish dolzarb bo‘lib qoladi.
7️⃣ Mamlakatda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashning ishonchli kafolati bo‘lgan Qurolli Kuchlar qudratini yanada oshirish ustuvor maqsad bo‘lib qoladi.