


2024-yil 31-iyul kuni Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida “Oʻzbekistondagi norasmiy va yashirin iqtisodiyotni statistik baholash natijalari” mavzusida Xalqaro davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbirda TDIU huzuridagi Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi direktor oʻrinbosari F.Isayev ishtirok etdi.
Mazkur tadbirning maqsadi Xalqaro valyuta jamgʻarmasi texnik koʻmak missiyalari doirasida olib borilgan tahlil natijalarini muhokama qilishdan iborat boʻladi.
Norasmiy va yashirin iqtisodiyotni statistik baholash doirasida olib borilgan ishlar Oʻzbekistondagi iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish va samarali davlat siyosatini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Norasmiy va yashirin iqtisodiyotni aniq baholash va tahlil qilish mazkur sektorlarni legalizatsiya qilish va rasmiy iqtisodiyotga integratsiya qilish strategiyalarini ishlab chiqish imkonini beradi.