Bolqiboyeva Ugʻiloy Bolqiboy qizi
TDIU huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini
rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari”
ilmiy tadqiqot markazi doktoranti
Bugungi globallashuv sharoitda turizm sohasi iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biriga aylanmoqda. Turizm sohasining rivojlanishi oʻz navbatida turizmga turdosh boʻlgan bir nechta sohalarning rivojlanishiga sabab boʻladi. Bundan tashqari, turizm sohasining rivojlanishi ishsizlik muammosini bartaraf etishda yordam beradi. Maʼlumotlarga koʻra, mamlakatga tashrif buyurgan har 20 ta turist 1 ta bevosita turizm sohasida va 2 ta turizmga bogʻliq boʻlgan iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida yangi ishchi oʻrinlarining ochilishiga yordam beradi. Dunyoda ish bilan band aholining har oʻninchisi ushbu sohada faoliyat yuritmoqda.
Rasmiy statistik maʼlumotlar turizm sohasining yaqin besh yillar ichida sayyohlar oshib borishi bilan mamlakat iqtisodiyotida yetakchi oʻrinlarni egallab kelayotganligini isbotlamoqda. 2023-yil hisobi boʻyicha taxminan 7 millionta sayyohlar yurtimizga turli maqsadlarda tashrif buyurishdi. Bu koʻrsatkichni 2024-yil uchun prognoz natijalariga koʻra, sayyohlar sonini 10 milliontaga oshirish belgilandi.
Oʻzbekiston-2030” strategiyasida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan bir qancha maqsad va vazifalar belgilangan. Jumladan, 2030-yilga qadar xorijiy sayyohlar sonini 15 million nafarga, ichki sayyohlar sonini 25 million nafarga, ziyorat turizmi boʻyicha keladigan sayyohlar sonini 3 million nafarga yetkazish koʻzda tutilgan. Shuningdek, xususiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga respublikada mehmonlar uchun moʻljallangan oʻrinlar sonini kamida 2 barobar oshirish, turizm mahallalari sonini 175 taga, turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga, tibbiyot va taʼlim turizmi eksportini yiliga 1,5 milliard dollarga yetkazish belgilangan (Farmon, 2023). Bundan tashqari, “2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash bobi, 35-maqsadida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qiling” dasturi doirasida mahalliy sayyohlar sonini 12 million nafardan oshirish hamda respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 million nafarga yetkazish belgilangan boʻlib, bu asosida:
– toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini mamlakatning asosiy turizm shaharlarida keng joriy qilish. 2026-yilgacha turizm sohasida band boʻlgan aholi sonini 2 baravar oshirib, 520 ming nafarga yetkazish;
– turizm va madaniy meros obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish hamda 8 mingdan ortiq madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha davlat dasturini qabul qilish;
– Samarqandni “Turizm darvozasi”ga aylantirish orqali kelgusi besh yilda turizm xizmatlari hajmini kamida 10 baravarga oshirish. Turizm sohasida 40 ming kishi bandligini taʼminlash. 2022-yilda “Abadiy shahar” tarixiy majmuasini oʻz ichiga olgan Samarqand turizm markazini va zaruriy infratuzilmani tashkil etish;
– Xorazm viloyatida turizm yangi ish oʻrinlarini yaratishda asosiy drayver soha boʻlishi uchun alohida dastur qabul qilish;
– Toshkent viloyatida turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqish kabi vazifalar belgilangan. Albatta bu vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida bir qator professor olimlar, tadqiqotchilar, turizm eksportlari tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Koʻp manbalarda turizm sohasi rivojlanish tarixining ildizlari gʻarb davlatlarida boshlangan, deb talqin qilinadi. Ammo, Oʻzbekistondagi turizm fanining asoschilaridan biri Toʻxliyev (2021) tomonidan sohani rivojlantirish tarixining ildizlari Markaziy Osiyo davlatlariga borib taqalishi asoslab berilgan, yaʼni turizm qadim zamonlardan boshlab sayyoramiz xalqlari oʻrtasida doʻstlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilgan. Odamlar yangi hududlarni kashf etish, dunyoni koʻrish va bilish, savdo sotiqni rivojlantirish, madaniy va diplomatik aloqalarni oʻrnatish maqsadida sayohatga chiqqanlar. Savdo karvonlari yoʻllari kesishgan, madaniyatlar va sivilizatsiyalar tutashgan chorrahada joylashgani uchun Markaziy Osiyo mintaqasi bu jarayonda muhim oʻrin tutadi.
Turizmning shakllanish jihati xronologik jihatdan tahlil qilinganda, bugungi kunda ilmiy adabiyotlarda turizm asoschisi sifatida tan olingan Angliyalik Tomas Kukning 1843-yilda dastlabki temir yoʻl orqali safarini tashkillashtirgani XIX asrga toʻgʻri keladi. Demak, Markaziy Osiyolik qomusiy olimlarimiz IX-XI asrlarda oʻz sayohatlarini amalga oshirish natijasida turizmning ziyorat va ilmiy turlarini shakllantirishda asoschilar boʻlib hisoblanishadi (Eshtaev, 2023).
Hozirgi davrda turizm dunyoning juda koʻp mamlakatlarida ommaviy tus olgan va turizmning juda koʻp turlari va shakllari mavjuddir: tarixiy-madaniy turizm, ichki turizm, xalqaro turizm, agrar turizm, qishloq turizm, etno turizm, ziyorat turizm, ekologik turizm, taʼlim turizmi, gastronomik turizm, sport turizm, mice turizm va b.
Butunjahon turizm tashkiloti maʼlumotlarida turizm sohasining rivojlanishi va turistlar oqimining ortishiga dunyodagi demografik va ijtimoiy oʻzgarishlar, savdoni rivojlantirish, siyosat, qonunchilik va meʼyori-huquqiy hujjatlardagi oʻzgarishlar, iqtisodiy va moliyaviy oʻzgarishlar, transport infratuzilmasi va axborot taʼminoti sohasining holati, sayohat xavfsizligi kabi omillar taʼsir etishi koʻrsatib oʻtilgan. Mutaxassislarning fikriga koʻra, turizm sohasini rivojlantirish iqtisodiyotning 40 dan ortiq sohasiga multiplikativ taʼsir koʻrsatadi. Bunda, turizm mamlakat iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita taʼsir koʻrsatadi. Xorijiy turist mamlakatga kelib-ketishi uchun aviachipta xarid qilishi, mehmonxona, transport, ovqatlanish xizmatidan foydalanish, suvenir va boshqa mahsulotlarni xarid qilishi toʻgʻridan toʻgʻri xizmat koʻrsatuvchilar ham faoliyati uchun mahsulot xarid qiladi va xizmatlardan foydalandi. Turizmning bilvosita taʼsirini joylashtirish vositalarining faoliyati davomida kommunal, bank, transport va boshqa xizmatlarga boʻlgan talabida koʻrinadi(Eshtaev, 2023).
UNWTO ning rasmiy maʼlumotlariga asosan, 2023 yilda xalqaro turizm Yaqin Sharq, Yevropa va Afrika mintaqalarida eng kuchli natija koʻrsatgan va bu koʻrsatkichlar 2019 yildagi pandemiya holatidagi xalqaro tashriflar holatiga koʻra solishtirilgan (1-rasm). Jumladan, Yaqin Sharq 2019-yildan 22 foizga koʻp kelgan sayyohlar bilan pandemiyadan oldingi darajani yengib oʻtgan yagona mintaqa sifatida qaraladi. Dunyoning eng koʻp tashrif buyuriladigan mintaqasi boʻlgan Yevropa mintaqasi AQSh tomonidan amalga oshirilgan sayohatlar bilan qoʻllab-quvvatlangan holda 2023 yilda 2019 yil darajasining 94 foiziga yetdi. Afrika pandemiyadan oldingi tashrifchilarning 96 foizini tikladi. Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bir nechta bozorlar va yoʻnalishlar qayta ochilgandan soʻng pandemiyadan oldingi darajaning 65 foiziga yetdi. Biroq, Janubiy Osiyo allaqachon 2019 darajasining 87 foizini va Shimoliy-Sharqiy Osiyo esa 55 foizini tiklashga muvaffaq boʻldi.
Xalqaro turizm tushumlari 2023-yilda dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 1,4 trillion dollarni tashkil etgan, bu koʻrsatkich 2019-yildagi 1,5 trillion dollarning qariyb 93 foizini tashkil etgan.
1-rasm. Xalqaro sayyohlar oqimi (2019 yilga nisbatan % oʻzgarish)
2023-yilda turizmdan (shu jumladan yoʻlovchi tashish transportidan) jami eksport tushumlari 1,6 trillion dollarni, bu 2019-yilda qayd etilgan 1,7 trillion dollarning deyarli 95 foizini tashkil qiladi. Bu koʻrsatkichlardan koʻrinib turibdiki, turizm sohasi oʻzning global darajada oʻsish surʼatiga erishishga muvaffaq boʻldi.
Mamlakatimizga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar soni soʻng oʻtgan uch yil ichida pandemiyadagi uzilishni tiklab oldi. Yaʼni, 1-jadvalda keltirilgan maʼlumotda, 2021 yili 1 700,0 ming nafar xorijiy sayyoh kelishi rejalashtirilgan boʻlsa, amalda 1881,3 ming nafarni tashkil etdi. Bu esa foiz hisobida 110,7% ni tashkil etdi. 2022 yil 2 720,0 ming nafar rejada, 5 232,8 ming nafar amalda xorijiy tashriflar bilan 192,4% bajarildi. 2023 yil 12 oy davomida mamlakatimizga tashrif buyurgan xorijiy turistlar 6626,3 ming nafar (yillik reja-7000,0 ming nafar) ga yetib, 2022 yilga nisbatan 1,3 barobarga oshdi. Joriy yil yakunida esa umumiy hisobda Oʻzbekistonga 10 mln. nafar xorijiy sayyohlar kelishi kutilmoqda.
2023-yilda sayohat va turizmning jahon yalpi ichki mahsulotiga qoʻshgan hissasi 9,9 trillion AQSH dollarini tashkil etgan. Bu koʻrsatkich 2024-yilda taxminan 11,1 trillion AQSh dollariga yetishi bashorat qilingan. Albatta bu ijobiy natija hamda kutilayotgan prognozlar pandemiyadagi zararlarni ikki barobar darajada qoplay oladi.
1-jadval
2018-2023 yillar hisobida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan xorijiy
turistlar soni
Asosiy koʻrsatkichlar | Xorijiy turistlar | ||
Rejada | Amalda | Bajarilishi | |
Oʻlchov birligi | Ming nafar | Foizda | |
2018 | 5 346,0 | 5 346,2 | 100,0 |
2019 | 6 041,0 | 6 748,5 | 111,7 |
2020 | 7 010,0 | 1 504,1 | 21,5 |
2021 | 1 700,0 | 1 881,3 | 110,7% |
2022 | 2 720,0 | 5 232,8 | 192,4% |
2023 | 7 000,0 | 6 626,3 | 94,7% |
Manba: Oʻzbekiston Respublikasi turizm va madaniy merosvazirligi maʼlumotlari asosida tuzildi.
2-jadval
2023-yilda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni yoshlar kesimida
Yoshlar kesimida | 2023 yil |
0 dan 18 yoshgacha | 1064,57 |
19 dan 30 yoshgacha | 1000,22 |
31 dan 55 yoshgacha | 3192,76 |
55 yoshdan oshgan | 1368,74 |
JAMI | 6626,30 |
Manba: Oʻzbekiston Respublikasi turizm va madaniy merosvazirligi maʼlumotlari asosida tuzildi.
2-jadvaldan koʻrinib turibdiki, mamlakatimizga tashrifbuyuradigan sayyohlarning asosiy qismini yosh jihatidan tahlilqilganimizda 31-55 oraligʻidagi sayohatchilar tashkil etgan. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, Respublikamizda tarixiy xususiyatga ega boʻlgan hamda passiv turizmni rivojlantirish imkoniyatiga ega boʻlgan mintaqalarda yangi turizm turlarini tashkil qilish mumkin. Misol uchun, nafaqat Samarqand, Buxoro, Xivada ziyorat turizmni rivojlantirishga qaratilgan vazifalarni balki, boshqa viloyatlarda xususan, Andijon, Namangan, Navoiy viloyatlarida ham madaniy meros obyektlari salmoqligina va biz bu hududlarda avvalo turizm infratuzilmasini shakllantirishimiz hamda turistik marshrutni tashkil qilishimiz muhimdir. Jumladan, Navoiy viloyati ham qadimgi tarixiy rivoyatlarni jonlantiradigan “Nur-Ota” chashmasi hozirgi kunda turistlar uchun passiv turizm maskaniga aylangan. Shu oʻrinda aytish joizki, chashma haqidagi tarixiy afsonaviy rivoyatlar ijtimoiy tarmoqlarda toʻla holatda maʼlumot bazasi sifatida joylanmagan. Bundan tashqari viloyatda yana YUNESKO roʻyxatiga kiritilgan madaniy meros obidalar ham mavjuddir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ-5048-sonli qarori doirasida hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash, madaniy meros va turizm obyektlarini obodonlashtirish, ularga olib boruvchi yoʻllarni taʼmirlash, turistlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Respublika byudjetidan 1 trln. soʻm miqdorida mablagʻ ajratildi.
Turizm sohasida ham boshqa sohalar kabi kadrlar masalasi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizdagi 29 ta oliy taʼlim, 35 ta professional taʼlim muassasalarida turizm sohasida kadrlar tayyorlanmoqda. Ularda taʼlim oluvchi talabalar soni esa mos ravishda 4100 nafardan 7600 nafarga oshgan. Shuningdek, Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlarning tarixiy va madaniy-gumanitar aloqalarini yanada rivojlantirish xamda jahon turizm industriyasi bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash maqsadida Oʻzbekistonda 2018 yilda “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tashkil etilgan edi. Hozirda mehnat bozori talabidan kelib chiqib, universitetda turizm, logistika, gid-tarjimonlik, muzeyshunoslik, arxeologiya, ijodiy sanoat, madaniy merosni boshqarish kabi mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. Bundan tashqari sohaga oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash maqsadida vazirlik tizimidagi 6 ta texnikum va 4 ta kollejlarda yiliga oʻrtacha 2 mingga yaqin kadrlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda (Eshtaev, 2023).
Bundan tashqari mamlakatimizda “Toʻsiqsiz turizm”ni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mamlakat boʻylab imkoniyati cheklangan mahalliy va xorijiy turistlar uchun infratuzilma tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda. Xorij tajribasini oʻrganish orqali mazkur turizm turini rivojlantirish va soha boʻyicha kadrlar malakasini oshirilishga alohida eʼtibor berilmoqda. Buning natijasida, ichki va xorijiy sayyohlar soni yildan yilga ortmoqda.
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirishga alohida eʼtibor berilgan. Shunga koʻra, 2030-yilga qadar xorijiy sayyohlar sonini 15 million nafarga, ichki sayyohlar sonini 25 million nafarga, ziyorat turizmi boʻyicha keladigan sayyohlar sonini 3 million nafarga yetkazish koʻzda tutilgan. Shuningdek, xususiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga respublikada mehmonlar uchun moʻljallangan oʻrinlar sonini kamida 2 barobar oshirish, turizm mahallalari sonini 175 taga, turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga, tibbiyot va taʼlim turizmi eksportini yiliga 1,5 milliard dollarga yetkazish belgilangan. Shuningdek, 2023-yilda Oʻzbekistonda sayyohlarni joylashtirish vositlari soni 5526 taga yetdi. Oxirgi olti yilda sayyohlarni joylashtirish vositlari soni 7,2 barobar koʻpaydi, yaʼni 2017-yilda ularning soni 767 ta edi xolos. Bundan tashqari, 2017-2023 yillar oraligʻida mamlakatimizda sayyohlarga xizmat koʻrsatuvchi subyekt va obyektlar soni 7 baravar koʻpaydi va ularning soni 749 tadan 5276 taga yetgan.
UNWTO maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil koʻplab sayohatchilar “Barqaror amaliyotlar va moslashuvchanlik”ni hisobga olishadi. Chunki, ular nafaqat barqaror tarzda biznes yuritadigan sayyohlik kompaniyalari bilan shartnoma tuzishdan manfaatdor balki sayohati davomidagi tashrif buyuradigan joylarining infrastrukturasi, ekologik-toza iqlimi, xizmatlar sifati ham ahamiyatli hisoblanadi. Buni Arivalning “2024-yilgi AQSh sayohati” asari tasdiqlaydi, unda tabiatga sayohatlar va boshqa “ekoturlar” ayniqsa amerikalik sayohatchilar tomonidan yuqori talabga ega ekanligini aniqlangan .
2024 yilda Fransiya sayohatchilarning oshib borayotgan ehtiyoj va qiziqishlarini inobatga olgan holda yangi innovatsion turizm turlarini yaratmoqda. Jumladan, “Barqaror va Ekoturizm” kabi yoʻnalishda turizm ekologik mehmonxonalarda tabiat qoʻynida turlar tashkil etish bundan tashqari, “Eco-friendly” zonalarda velosipedda sayohatlar tashkil etish orqali Fransiya sayyohlarga oʻz turizm salohiyatini namoyish etmoqda. Ekoturizm nafaqat Fransiyada balki, butun dunyo boʻyicha rivojlanishi kutilmoqda yaʼni 2024 yil oxiriga kelib, global ekoturizm bozori hajmi 249,16 milliard dollargacha oʻsishi prognoz qilinmoqda, bu 2023 yildagi 219,53 milliard dollardan 13,5 foizga oshadi. 2028 yilga borib ekoturizmning global bozori hajmi 428,97 milliard dollargacha oshishi prognoz qilingan. Bundan tashqari, Fransiyada, “Pazandachilik va fermadan dasturxongacha boʻlgan tajribalar” kabi turizm turlari tashkil etilgan. Bunda turistlar bemalol organik dehqonchilik amaliyotlarini oʻrganishlari yoki hatto mahalliy ingrediyentlardan foydalangan holda pazandachilik darslarida bemalol qatnasha olishlari mumkin.
Jahon tajribasi shuni koʻrsatmoqdaki, turizm sohasida klasterlarni tashkil qilish mamlakat iqtisodiyotiga yuqori daromad manbaini olib keladi. Garvard biznes maktabi maʼlumotlariga koʻra, AQSH iqtisodiyotida 32 foizdan ortiq bandlikni klasterlar taʼminlab beradi (byudjet sektoridan tashqari). Klaster tizimi toʻgʻrisida bir qator olimlar oʻzlarining fikrlarini bildirgan. Oʻzbekistonlik olimlardan M.Rahmatov, B.Zaripov tomonidan klasterga quyidagicha tarif berilgan: “Umuman olganda klasterlar bu katta geografik hududda konsentratsiyalashgan va maʼlum bir aniq vazifani yechishga qaratilgan, yagona boshqaruvdagi zanjirga bogʻlangan korxonalar guruhi boʻlib, ular bir-biri bilan uzviy aloqadagi, jamoaviy raqobatlashuvni mustahkamlash maqsadida ishchi kuchlarini oʻzaro birlashtiruvchi integratsion, innovatsion va albatta, iqtisodiy oʻsishni taʼminlaydigan, ilmga asoslangan jarayon hisoblanadi”. A.A.Eshtayev tomonidan ishlab chiqilgan “Oʻzbekistonning turizm salohiyati va uni rivojlantirish istiqbollari”nomli monografiyasida Oʻzbekistonda turizm sohasini rivojlantirish va hududlarda raqobatbardoshlikni oshirish yoʻllarini takomillashtirishga bagʻishlangan turizm klasterini tashkil qilish modelini tavsiya qilingan.
Har qanday hudud doirasida turizm klasterining shakllantirilishi soha taraqqiyotiga oid muammolar yechimini topishining taʼsirchan va oʻta zarur usuli hisoblanadi. Bunda mintaqada turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarining hududiy konsentratsiyalashuvining uchta asosiy sababini ajratib koʻrsatish mumkin:
1. Turizm mahsulotini yaratish, uni realizatsiya qilish va undan foydalanish hamda turizm zanjiriga amal qilish jarayonida mintaqadagi mavjud turizm resurslaridan foydalanishni taʼminlash uchun xarajatlarni hisobga olish orqali iqtisodiy samara olish imkoniyati;
2. Turistik-rekratsion xizmatlarga yanada past tariflarni shakllantirish va ularni yanada qisqa muddatlarda taqdim etishni taʼminlash uchun mintaqada shart-sharoitlarni yaratuvchi turizm resurslari joylashuvining oʻziga xos hududiy yangiligi;
3. Maʼlum hududda joylashgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni oʻzaro aloqalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik jarayonida oʻziga xos axborot resurslarining shakllantirilishi, jumladan, ijtimoiy kommunikatsiyalar, turizm faoliyati uchun zarur ishchi kuchlarini tayyorlash va ulardan foydalanishda samarali texnologiyalarni qoʻllash sohasida yagona axborot bazasini tashkil etish.
Turizm sohasida klasterlar usulidan foydalanish orqali biz mamlakatimizda yana bir muammo boʻlib kelayotgan, ishsizlikni bartaraf eta olishimiz mumkin. Klaster usuli albatta xorij davlatlarida tajribadan oʻtgan va anʼanaviy usul hisoblanadi. Ayniqsa, biz oʻylaymizki, qishloq joylarda qishloq xoʻjaligi klasteri bilan birgalikda zanjir qilib tashkil qilinsa turizm klasteri tezda iqtisodiyotga daromad manbaini olib kela boshlaydi. Ammo, klaster usulidan foydalanishimiz uchun oʻsha mintaqada zaruriy infratuzilmaning yetarli darajada boʻlishi muhim hisoblanadi.
3-jadval
Oʻzbekistonga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar davlatlar kesimida
Davlatlar kesimida | Oʻlchov birligi | 2018 йил | 2019 йил | 2020 йил | 2021 йил | 2022 йил | 2023 йил |
Jami tashrif buyurganlar: | Ming nafar | 5346,2 | 6748,5 | 1504,1 | 1881,3 | 5232,8 | 6 626,3 |
Qoʻshni davlatlardan: | 4658,4 | 5827,1 | 1350,4 | 1540,9 | 4364,8 | 5 349,5 | |
Qozogʻiston | 2293,1 | 2261,1 | 424,1 | 565,3 | 1551,1 | 1 333,3 | |
Qirgʻiziston | 1055,7 | 1454,9 | 508,0 | 652,2 | 1356,9 | 1 757,1 | |
Tojikiston | 1095,5 | 1473,7 | 337,5 | 288,2 | 1447,8 | 2 155,2 | |
Turkmaniston | 169,9 | 574,8 | 60,6 | 1,2 | 6,0 | 100,3 | |
Afgʻoniston | 44,2 | 62,6 | 20,1 | 34,0 | 3,0 | 3,6 | |
Qolgan MDH davlatlaridan: | 406,2 | 495,6 | 90,0 | 208,2 | 606,4 | 763,2 | |
Ozarbayjon | 10,5 | 12,4 | 2,2 | 2,9 | 10,4 | 14,7 | |
Rossiya Federatsiyasi | 371,5 | 455,5 | 81,6 | 190,5 | 567,7 | 714,3 | |
Ukraina | 11,7 | 14,0 | 3,2 | 8,7 | 11,0 | 13,8 | |
Boshqa davlatlardan: | 281,6 | 425,8 | 63,8 | 132,3 | 261,6 | 513,7 | |
AQSH | 11,1 | 17,1 | 1,8 | 5,4 | 13,1 | 23,0 | |
Buyuk Britaniya | 8,0 | 16,0 | 1,4 | 4,0 | 10,5 | 16,2 | |
Fransiya | 13,6 | 20,4 | 1,1 | 3,4 | 11,0 | 18,6 | |
Germaniya Federativ Respublikasi | 18,1 | 27,6 | 2,1 | 6,9 | 17,7 | 29,6 | |
Hindiston | 21,0 | 27,9 | 4,7 | 10,7 | 16,8 | 45,5 | |
Ispaniya | 7,6 | 12,2 | 0,3 | 2,3 | 6,3 | 15,2 | |
Isroil | 9,8 | 13,6 | 1,0 | 2,5 | 11,3 | 15,3 | |
Italiya | 13,8 | 20,4 | 0,9 | 2,1 | 8,8 | 25,6 | |
Janubiy Koreya | 27,3 | 35,5 | 6,7 | 5,8 | 19,9 | 37,1 | |
Turkiya | 41,3 | 63,5 | 21,0 | 44,2 | 75,6 | 106,5 | |
Xitoy Xalq Respublikasi | 32,4 | 54,3 | 7,2 | 3,6 | 5,4 | 42,5 | |
Yaponiya | 17,1 | 24,9 | 1,4 | 1,0 | 3,0 | 12,4 |
Manba: Oʻzbekiston Respublikasi turizm va madaniy merosvazirligi maʼlumotlari.
Joriy, 2024 yilda butun dunyoda turizm turlari bo‘yicha mashhurlikka erishib kelayotgan hamda bizga dunyoni qanday ko‘rishimizni anglatib turadigan sayohat tendensiyalari quyidagicha guruhlandi:
1. “Astro turizm”. Albatta, astronomiya sivilizatsiya paydobo‘lganidan beri mavjud bo‘lgan tadqiqot sohasi bo‘lib, yulduzlarga qarash uzoq vaqtdan beri qalbni tinchlantiradiganhayrat manbai bo‘lib kelgan. Bugungi kunda jamiyat toborakengayib borayotgan virtual olamga qanchalik chuqurroq kiribborsa, biz haqiqiy koinotdagi dunyoqarashimizni kengaytirishzaruratini shunchalik ko‘p his qilamiz. Astro turizm yoki yulduzlicho‘milish — bu astronomik hodisalarni ko‘rish maqsadidasayohat qilish — har qanday ifloslanish, olomon va tirbandlikdanmahrum bo‘lgan yerlarga g‘oyib bo‘lish, bu yerda biz faqatyuqoridagi osmonga e’tibor qaratishimiz mumkin bo‘lgan turizmturi hisoblanadi.
2. “Poyezd stansiyalarining yangi ovqatlanish maskanlarigaaylanishi” – bu trend o‘z nomi bilan albatta ma’lumki, avvallaripoyezd stansiyalarida yo‘lovchilar kamroq o‘z reyslarini kutibturish uchun imkon qadar taxminan 5 daqiqa qolganida yetibkelishar edilar, aksariyat bugungi dunyo sayohatchilari hattopoyezd stansiyalaridagi vaqtlarini ham barqaror tarzda tajribagaalmashishni yoqtirishmoqda va albatta bugungi kunda poyezdstansiyalarida ham ovqatlanish, savdo, turli xizmat ko‘rsatishshoxobchalari xizmatlar to‘plamlari o‘z o‘rnini egallamoqda.
3. “AI (suhbatdosh chatbot) siz bilan birga”. Haqiqatda bunday sayohat albatta hamma uchun qiziqarli boʻlishi shubhasiz. Bizga maʼlumki, 2023-yilda sunʼiy intellekt sayohatchilarga sayohatlarni rejalashtirishiga yordamchi boʻlgan boʻlsa, 2024-yilda esa har bir sayohatchiga hamrohlik qilishi kutilmoqda.
4. “Yovvoyi ziyofat”. Yovvoyi ziyofat tabiiy muhitda gipur-mahalliy va yem-xashakdan tayyorlangan ingrediyentlarni birlashtirgan holda chiroyli tarzda tayyorlangan oshpazlik tajribalari tendensiyasini tasvirlaydi. Misol uchun, Shvetsiyada siz sayohatchilar oʻz qoʻllari bilan ochiq restoranlarda ovqatlarni oʻz qoʻllaringiz bilan tayyorlab dasturxonga torta olasiz. Ajablanarlisi shundaki, u yerda ovqatga tayyor mahsulot holatiga kelmagan yovvoyi oʻtlar, barglari qalin sabzavotlarni oʻzingiz kerakli miqdorda olib tozalash jarayonini ham amalga oshirasiz. Sayohatchilar pishiradigan barcha ovqatlar bosh oshpaz koʻrsatmasi asosida tayyorlanadi.
Xulosa qilib aytganda Yangi Oʻzbekiston sharoitida turizm sohasini rivojlantirishda mamlakatimizning turizm sohasidagi ulkan salohiyatidan samarali foydalanish va turizm sohasining milliy iqtisodiyotda maqomini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunda soha rivojlanishi doirasida professor olimlar, ilmiy izlanuvchilar tomonidan bir qancha ilmiy ishlar, tadqiqotlar olib borilmoqda. Oʻylaymizki, turizm sohasi bugungi kun nazari bilan qaraganda kelajagi porloq sohalardan biriga aylanmoqda. Kelgusida yurtimizda sohani yanada rivoji va tarmoqda ish bilan band boʻlganlar sohaning ortishiga guvohi boʻlamiz.
Adabiyotlar:
Farmon (2023) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 y. PF-158-son «Oʻzbekiston – 2030» strategiyasi toʻgʻrisida»gi Farmoni
Toʻxliyev I. (2021) Markaziy Osiyodagi turizmning tarixiy ildizlari Oʻzbekiston milliy axborot agentligi Uz A27.08.2021 y.
Eshtaev A. (2023) Oʻzbekistonning turizm salohiyati va uni rivojlantirish istiqbollari. Monografiya.