Juma, Aprel 3, 2026
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil
CEDR.UZ
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Loyihalar
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA
  • Login
No Result
View All Result
Cedr.uz
Home INTERVYU Davra suhbati

2026-yil 1-chorak yakunlari boʻyicha ilmiy tadqiqotchilar faoliyati tahlil qilindi

by cedradminuz
Aprel 1, 2026
in Davra suhbati, YANGILIKLAR
0
0
SHARES
61
VIEWS
Share on FacebookShare on Twitter

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida 2026-yil 1-chorak yakunlari boʻyicha ilmiy tadqiqotchilar faoliyatini chuqur tahlil qilishga bagʻishlangan navbatdagi ishchi komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Related posts

Talabalar ishtirokida dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

Mart 24, 2026

ILMIY-TADQIQOT MARKAZDA XALQARO KONFERENSIYA BOʻLIB OʻTDI

Mart 17, 2026

Mazkur yigʻilishda markazda faoliyat olib borayotgan tayanch doktorantlar (PhD), doktorantlar (DSc), stajyor-tadqiqotchilar hamda mustaqil izlanuvchilarning shaxsiy ish rejalari ijrosi, amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar va erishilgan natijalar atroflicha koʻrib chiqildi.

Yigʻilishni Ishchi komissiya raisi, markaz direktori, iqtisod fanlari doktori, professor S.K. Xudoyqulov olib bordi. U oʻz soʻzida mamlakatimizda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini takomillashtirish, ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirish hamda tadqiqotlarning amaliy ahamiyatini kuchaytirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanligini taʼkidladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 304-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2019-yil 26-iyundagi 572-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Doktorantlar maktabi toʻgʻrisida”gi nizom hamda sohani tartibga soluvchi boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar talablaridan kelib chiqib, tadqiqotchilar faoliyatini muntazam monitoring qilish, ularning ilmiy salohiyatini baholash va natijadorligini oshirish muhimligi qayd etildi.

Yigʻilish doirasida markaz direktorining 2026-yil 11-martdagi 24-sonli buyrugʻiga muvofiq tashkil etilgan monitoring ishchi guruhi tomonidan amalga oshirilgan oʻrganishlar natijalari taqdim etildi. Unda har bir tadqiqotchining yakka tartibdagi shaxsiy rejasi bajarilishi, nashr etilgan ilmiy ishlari, amaliy natijalari va kelgusidagi rejalari tahlil qilindi.

Muhokamalar jarayonida 1-, 2- va 3-kurs tayanch doktorantlar, doktorantlar hamda stajyor-tadqiqotchilarning 2026-yil 1-chorakdagi faoliyatiga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, mustaqil izlanuvchilarning yillik rejalari ijrosi ham tanqidiy-tahliliy asosda koʻrib chiqildi.

Maʼlumotlarga koʻra, ayni chorakda markazda jami 39 nafar tadqiqotchi ilmiy faoliyati oʻrganildi. Ulardan 3 nafari doktorant (DSc), 17 nafari tayanch doktorant (PhD), 4 nafari stajyor-tadqiqotchi va 15 nafari mustaqil izlanuvchilardan iborat. Barcha tadqiqotchilar monitoring jarayonida faol ishtirok etib, oʻz faoliyatlari yuzasidan hisobot taqdim etdilar.

Yigʻilish yakunlari boʻyicha tadqiqotchilar faoliyati samaradorligini yanada oshirish, ilmiy ishlar sifatini yaxshilash, xalqaro ilmiy nashrlarda faollikni kuchaytirish hamda amaliy natijadorlikka erishish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur monitoring tadbirlari ilmiy faoliyatni tizimli ravishda tashkil etish, tadqiqotchilarning masʼuliyatini oshirish va mamlakatimizda ilmiy-tadqiqot ishlarining sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilishiga xizmat qiladi.

Previous Post

Talabalar ishtirokida dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

TAVSIYA ETILGAN YANGILIKLAR

Innovatsion rivojlanish agentligi va Markaz o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

1 yil ago
O’zbekiston moliyaviy xizmatlar bozorlarida raqobat siyosati mavzusida davra suhbati o’tkazildi

O’zbekiston moliyaviy xizmatlar bozorlarida raqobat siyosati mavzusida davra suhbati o’tkazildi

4 yil ago
Xorijiy ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik kengaytirilmoqda

Xorijiy ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik kengaytirilmoqda

2 yil ago

“Demografiya va mehnat bozori” elektron ilmiy-ommabop jurnalning 1-soni

1 yil ago

BIZNI KUZATIB BORING

KATEGORIYALAR BO’YICHA KO’RING

  • Davra suhbati
  • Hamkorlik
  • Infografika
  • INTERVYU
  • Loyihalar
  • Maqolalar
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • O'zbekiston Respublikasi qonunlari
  • YANGILIKLAR

MAVZULAR BO’YICHA KO’RING

2018 League Balinese Culture Bali United Champions League Visit Bali

MASHHUR YANGILIKLAR

  • Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Yangi O’zbekistonning xalqaro munosabatlarda tutgan o’rni

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • 2023 yilga quyidagi ixtisosliklar bо‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • “Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida II respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Kambag‘allikni qisqartirish – mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sifatida

    0 shares
    Share 0 Tweet 0

Biz haqimizda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi
Manzil: Chilonzor tuman, islom karimov shoh ko‘chasi 49-uy
Telefon: +99871 2392826

Bizga qo'shiling:

So’nggi yangiliklar

  • 2026-yil 1-chorak yakunlari boʻyicha ilmiy tadqiqotchilar faoliyati tahlil qilindi
  • Talabalar ishtirokida dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
  • ILMIY-TADQIQOT MARKAZDA XALQARO KONFERENSIYA BOʻLIB OʻTDI
  • Hamkorlik memorandumi imzolandi
  • 8 MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI

Bizning manzil

Taqvim

Aprel 2026
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930  
« Mar    
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil

© 2021 Nursaidov.uz.

No Result
View All Result
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA

© 2021 Nursaidov.uz.

Welcome Back!

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In