Tijorat banklarining raqamlashganlik indeksini joriy etish masalalari davra suhbatida muhokama qilindi.
“O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida “O‘zbekiston tijorat banklarining raqamlashganlik milliy indeksini ishlab chiqish asosida uning monitoring tizimini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi va O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi professorlari hamda 10 dan ortiq tijorat banklari mutaxasislari, iqtisodchi olimlar, soha ekspertlari hamda loyiha ijrochilari ishtirok etdi. Davra suhbatini Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xudoyqulov Sadirdin Karimovich kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida mamlakat bank tizimida raqamli transformatsiya jarayonlarini tizimli baholash, tijorat banklarining raqamli xizmatlar bo‘yicha rivojlanish darajasini aniqlash hamda ushbu ...