Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 2026-yil uchun tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc), stajyor-tadqiqotchilik va 2026-yil 1-chorak uchun mustaqil izlanuvchilik (PhD, DSc) bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Qabul kvotalari quyidagicha:
Doktorantura (DSc):
• 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit — 2 o‘rin
• 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti — 1 o‘rin
Tayanch doktorantura (PhD):
• 08.00.02 – Makroiqtisodiyot — 2 o‘rin
• 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit — 2 o‘rin
• 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti — 1 o‘rin
• 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot — 2 o‘rin
Stajyor-tadqiqotchilik:
• 08.00.02 – Makroiqtisodiyot — 1 o‘rin
• 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit — 1 o‘rin
• 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti — 1 o‘rin
• 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot — 1 o‘rin
Tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc), stajyor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikka(PhD, DSc) talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdimetadilar:
1️⃣ Ariza.
2️⃣ Qisqacha biografik ma’lumot (ob’ektivka – 3.5-shakl bo‘yicha, o‘zbek va rus tillarida).
3️⃣ Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi(ishlayotganlar uchun).
4️⃣ Oliy ta’lim (magistratura) diplomi nusxasi.
5️⃣ Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari(PhD: kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis; doktorantura (DSc): kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis).
6️⃣ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlatstipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud bo‘lsa).
7️⃣ Til bo‘yicha milliy yoki unga teng xalqaro sertifikat(kamida B2 daraja).
Eslatma: Mustaqil izlanuvchilik uchun til sertifikati talab etilmaydi.
Barcha hujjatlar PDF shaklida tayyorlanib, Oliyta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim — https://daraja.ilmiy.uz sayti orqali ro‘yxatdano‘tgan holda yuboriladi.
Qabul jarayonlari 2025-yil 5-noyabrgacha davom etadi.
Manzil: Chilonzor tuman, Islom Karimov shoh ko‘chasi 49-uy
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +99871 2392826