Yakshanba, Iyun 26, 2022
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil
CEDR.UZ
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Loyihalar
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA
  • Login
No Result
View All Result
Cedr.uz
Home YANGILIKLAR

“O’zbekistonning Garvardi” 90 yillik yubileyini munosib nishonlamoqda

by cedradmin
Dekabr 2, 2021
in YANGILIKLAR
0
“O’zbekistonning Garvardi” 90 yillik yubileyini munosib nishonlamoqda
0
SHARES
23
VIEWS
Share on FacebookShare on Twitter

Ilm dargohi sifatida uzoq va yorqin taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi.

Joriy yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tashkil etilganiga 90 yil to’ldi. Ilk bor 1931-yil O’rta Osiyo moliya-iqtisod instituti nomi ostida o’z faoliyatini boshlagan bo’lsa, mana qariyb bir asr bo’libdiki, hanuz mamlakatimiz taraqqiyoti yo’lida xizmat qiladigan yetuk kadrlarni etishtirib berishdan to’xtagani yo’q. Bugun ushbu oliy o’quv yurti tantanali yubileyini keng nishonlamoqda.

Related posts

Yana bir mahalliy baza

Yana bir mahalliy baza

May 30, 2022
Марказий Осиё мамлакатлари ректорлари форуми доирасида қатор келишувларга эришилди

Марказий Осиё мамлакатлари ректорлари форуми доирасида қатор келишувларга эришилди

May 19, 2022

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining rivojlanish tarixiga nazar solar ekanmiz, universitet bugungi kungacha bo’lgan vaqt mobaynida o’zida juda katta o’zgarishlarni boshidan o’tkazdi. 1963—1991-yillarda Toshkent xalq xo’jaligi instituti nomi bilan tanilgan va 1991-yil 19-iyundan boshlab iqtisodiyot univesiteti maqomiga ega bo’ldi.

 Universitetimizda bugungi kunda 512 nafar professor-o’qituvchilar ta’lim beradi. SHundan 54 nafari fan doktori bo’lsa, 153 nafarini fan nomzodlari va PhD darajasiga ega pedagog-xodimlar tashkil etadi. TDIUning sobiq bitiruvchilari orasida amalda yuqori tashkilotlarda nufuzli lavozimlarda faoliyat yuritib kelayotgan bir qator vazirlar, qo’mita raislari, viloyat hokimlari va chet elda faoliyat olib borayotgan professor olimlarni faxrlanib yodga olsak, arziydi.

Ta’lim dargohida jami 18 nafar professor ustozlar rektorlik vazifasida faoliyat olib borishgan va I.U.Xalikov (1931-1934y.) ilk rektorlik vazifasida ishlagan bo’lsa, amalda t.f.d., prof.  K.A.SHaripov universitetimizda talabalar uchun ko’plab imkoniyatlar yaratib berish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash bilan birgalikda ichki ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirib kelmoqda. Bizlarga qarata: “Albatta, bizning talabalarimiz dunyo talabalari bilan bellasha oladi”, deya ishonch bildirganlari fikrimning isboti desam mubolag’a bo’lmaydi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining mamlakatimiz va jahon hamjamiyatidagi o’rniga alohida ahamiyat beradigan bo’lsak, 90 yillik katta tajribasi, ta’lim berish metodikasi va o’ziga xos an’anaviy ilm dargohi sifatida uzoq va yorqin taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi. Uning munosib e’tirof etilishi, o’z o’rnida, talabalarimizning butun dunyoda har tomonlama yutuqlarga sazovor bo’layotganligi bilan ham alohida baholanadi. Negaki, bu barcha davomli erishib kelayotgan muvaffaqiyatlarimiz Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, ulkan tub burilish yasagan yangicha yondashuvlar,  demokratik jamiyat infratuzilmasining rivoji va ayniqsa, ta’limga qaratilayotgan yuksak e’tibor natijasidir desam, mubolag’a bo’lmaydi.

Bugungi kunda universitetda dunyoning turli mamlakatlaridan talabalar kelib tahsil olishmoqda. Ayni kunda 5 ta fakultet tashkil etilgan bo’lib, ular: Iqtisodiyot fakul`teti, Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti, Korporativ boshqaruv fakul`teti, Xalqaro turizm va Raqamli iqtisodiyot fakultetlaridan iborat. Shu bilan birgalikda, 9 ta qo’shma ta’lim dasturi, magistratura va sirtqi ta’limda jami 15 487 nafar talaba tahsil olmoqda.

Universitetimiz bilan hamkorlik qilib kelayotgan qator xalqaro oliy ta’lim muassasalari rektorlari ham katta tantana munosabati bilan samimiy tilaklarini yo’llashdi. Jumladan, Ural davlat iqtisodiyot universiteti rektori YAkov Silin, ­­Indoneziyaning UNWAHAS universiteti rektori Mudzakir Ali, Ufa davlat neft`-texnika universiteti rektori Oleg Baulin, Malaya universiteti rektori Moxd Xamdi abd Shukur, Avstriya Krems amaliy fanlar universiteti rektori Heniz Boer­, M.Rizkulbekov nomidagi  Qirg’iziston iqtisodiyot universiteti rektori Almaz Kadirovlar mazkur yubiley munosabati bilan oliy ta’lim sohasida ilmiy aloqalarni jadallashtirib,  hamkorlik istiqbollarini yanada mustahkamlash asnosida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolishdi. Bu, albatta, bardavom hamkorlik hamda bizga berilgan yuksak e’tirof desak, mubolag’a bo’lmaydi. 

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Vasiylik kengashining 2020-yil 18-dekabrdagi 6-sonli bayonnomasida aks etgan chora-tadbirlar yo’l xaritasiga muvofiq, 2021-yil 26-noyabrda universitet 90 yilligini shonli nishonlashga bag’ishlangan “Yangi O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy-innovatsion yo’nalishlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Konferentsiyada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari, O’zbekiston Respublikasi hukumati va vazirliklari vakillari, iqtisodiyot yo’nalishidagi vazirliklar, iqtisodiy yo’nalishdagi xorijiy va mahalliy oliy o’quv yurtlari olimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Ilmiy ma’ruza tarzida o’tkazilgan tadbirda konferentsiya ishtirokchilari tomonidan Yangi O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy-innovatsion yo’nalishlari; Fransiyaning turizm sohasidagi tajribasi va uni O’zbekistonga tatbiq etish yo’llari; Aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish; Universitetlar innovatsiyalari va texnologiyalari transferining katalizatorlari sifatida namoyon bo’lishi; Markaziy bankning raqamli valyutadagi innovatsiya va xalqaro ittifoqlar platforma infratuzilmasini kengaytirish masalalari kabi dolzarb mavzular keng muhokama qilindi.

Bundan tashqari ushbu konferetsiyada xalqaro va mahalliy ekspertlar, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda boshqa oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari olimlari tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlari natijasida shakllangan taklif va tavsiyalar keng muhokama qilindi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan jami 20 dan ziyod ma’ruza va chiqishlar qilinib, xalqaro tashkilotlar vakillari va respublika iqtisodiyot sektoridagi mutaxassislari, oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilari va izlanuvchilari o’z fikrlari bilan o’rtoqlashishdi. Muloqot natijasida konferentsiya kun tartibidagi masala yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqilib, tegishli vazirliklar va tashkilotlarga kiritilishi hamda amaliyotga joriy qilinishi belgilab olindi.

 2013-yildan boshlab hozirgi kunda qadar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzurida “O’zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi faoliyat yuritib kelyapti. Ustozim, universitet prorektori, markaz direktori, professor Muxiddin Kalonov faoliyatining ilk kunidan boshlab, oz fursat ichida iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirish hamda mamlakatimizda  ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’ladigan o’zgacha yondashuvlarni amalga oshirib kelmoqda va bu islohotlarning amaldagi ijrosi yaqqol dalildir. Qolaversa, o’z sohasining etuk mutaxassisi, kuchli tajribali olim, xalqaro ekspert, shu bilan birga, jonkuyar rahbar desak, ayni haqiqatdir. Bunday oliyjanob insonga shogird bo’lganim, bu men uchun katta baxt deb hisoblayman.

Qisqacha aytganda, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” sari ildam qadam qo’ymoqda. Negaki, univesitetimizda bo’layotgan  o’zgarishlar  ijobiy baholanmoqda. Bu yil universitetimiz QS reytingiga 4 ta yo’nalish bo’yicha ro’yxatga kirdi.  Sentyabr oyida universitetlarning reyting bo’yicha Londonda bo’lib o’tgan yig’ilishida O’zbekiston universitetlaridan 10 tasi reportyor sifatida qayd etib o’tildi va bizning  Toshkent davlat iqtisodiyot universitetimiz ham aynan mana shu oliy ta’lim muassasalari jumlasiga kirishi biz uchun katta yutuq bo’ldi. Top 100 talikka kirgan universitetlar bilan o’quv-ilmiy aloqalarni amalga oshirish bo’yicha keskin harakatlar amalga oshirilmoqda.

TDIUning 90 yilligi keng nishonlanayotgan shu kunlarda yana bir quvonarli xushxabar yangradi. Hammamiz uchun qadrli va aziz bo’lgan ustozimiz, akademik Qalandar Abdurahmonovning “Upravlenie chelovecheskimi resursami organizatsii” kitobi Xalqaro kitoblar ko’rgazmasida munosib o’rin egalladi. Ustoz olim ushbu kitob uchun Buyuk Britaniya hamda Rossiya Federaiyasining yuksak mukofoti — Oltin orden va Kitoblar ko’rgazmasi Oliy darajadagi laureati bo’ldi.

Yaqinda 25, 26, 27-noyabr kunlari mamlakatimiz miqyosida universitetimiz o’zining shonli 90 yillik yubileyini keng qamrovli nishonladi. YUbiley universitetimiz barcha xodimlari va talabalar ishtirokida ko’tarinki ruhda tashkil etildi va ko’plab mehmonlar ishtirokida talabalar uchun turli xildagi innovatsion tadbirlar, zakovat intellektual shoulari, sport musobaqalari, kitobxonlik festivali ommaviy tashkil etildi. Qatnashchilar pul mukofotlari, esdalik sovg’alar va diplomlar bilan munosib taqdirlandilar. Dastur davomida so’zga chiqqan xorijlik mehmonlar bilan fikr almashinish jarayonida mahorat darslari amalga oshirildi hamda ular bizning oliy maskanimiz haqida iliq fikrlar bildirishdi. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ishtiroki davomida samimiy tabriklab, kelgusida kattadan-katta muvaffaqiyatlarga erishib, dunyo hamjamiyatida munosib o’rinlar egallashimizga ishonch bildirdi va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bitiruvchilari faoliyat yuritayotganini hisobga olgan holda, universitetimizda Boshqaruv fakultetini ochish taklifini berib o’tdi. Bu universitetimiz bosib o’tgan 90 yillik ilm-fan yo’lining mahsulidir.

Shaxsan men ishtirokchi sifatida katta taassurotlarga ega bo’ldim. Uch kunlik bayram men uchun unutilmas jarayonlarga boy bo’ldi va ijobiy taassurotlar qoldirdi. Men ushbu oliy dargohida ta’lim olayotganimdan hamisha faxr hissini tuyaman va kelgusida TDIU butun dunyo tan oladigan kuchli kadrlarni etishtiradigan xalqaro miqyosidagi etakchi oliy ta’lim muassasalari safidan joy olishiga ishonch bildiraman. Zero, universitetimiz “O’zbekistonning Garvardi”, deya yuksak e’tirof etilishi bejizga emas.

Feruz HAKIMOV,

 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Moliya va buxgalteriya hisobi

fakulteti 2-bosqich talabasi

Previous Post

“Yangi O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy-innovatsion yo‘nalishlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

Next Post

Moliya islohoti samaralari

Next Post
Rahbariyat

Moliya islohoti samaralari

TAVSIYA ETILGAN YANGILIKLAR

Иқтисодий ўсиш даражаси 2022 йилда 5,5-6,5 фоиз бўлиши прогноз қилинмоқда – Марказий банк

Иқтисодий ўсиш даражаси 2022 йилда 5,5-6,5 фоиз бўлиши прогноз қилинмоқда – Марказий банк

7 oy ago
Ал-Фаробий номидаги Қозоқ миллий университет билан ҳамкорлик алоқалари ўрнатилди

Ал-Фаробий номидаги Қозоқ миллий университет билан ҳамкорлик алоқалари ўрнатилди

1 oy ago
Иқтисодиёт бўйича Нобель мукофоти соҳиблари ҳам маълум бўлди

Иқтисодиёт бўйича Нобель мукофоти соҳиблари ҳам маълум бўлди

7 oy ago
Сув тақчиллиги: Ўзбекистонда унинг салбий таъсирларини юмшатиш учун қандай чора-тадбирлар кўрилмоқда?

Сув тақчиллиги: Ўзбекистонда унинг салбий таъсирларини юмшатиш учун қандай чора-тадбирлар кўрилмоқда?

9 oy ago

BIZNI KUZATIB BORING

KATEGORIYALAR BO’YICHA KO’RING

  • Davra suhbati
  • Hamkorlik
  • INTERVYU
  • Maqolalar
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • YANGILIKLAR

MAVZULAR BO’YICHA KO’RING

2018 League Balinese Culture Bali United Champions League Visit Bali

MASHHUR YANGILIKLAR

  • Markazda Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

    Markazda Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • “Yangi O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy-innovatsion yo‘nalishlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • O’zbekiston moliyaviy xizmatlar bozorlarida raqobat siyosati mavzusida davra suhbati o’tkazildi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Moliya islohoti samaralari

    0 shares
    Share 0 Tweet 0

Biz haqimizda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi
Manzil: Chilonzor tuman, islom karimov shoh ko‘chasi 49-uy
Telefon: +99871 2392826

Bizga qo'shiling:

So’nggi yangiliklar

  • Yana bir mahalliy baza
  • Марказий Осиё мамлакатлари ректорлари форуми доирасида қатор келишувларга эришилди
  • Ал-Фаробий номидаги Қозоқ миллий университет билан ҳамкорлик алоқалари ўрнатилди
  • Studiya 24 | Muhiddin Kalonov – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori bilan suhbat
  • Markaz “Olima ayollar grantlari” tanlovi g‘olibi bo‘ldi

Bizning manzil

Taqvim

Dekabr 2021
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  
« Noy   Yan »
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil

© 2021 Nursaidov.uz.

No Result
View All Result
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA

© 2021 Nursaidov.uz.

Welcome Back!

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In