Fazliddinova Zulxumor Akramjon qizi
TDIU huzuridagi «Oʻzbekiston iqtisodiyotini
rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari»
ilmiy tadqiqot markazi tayanch doktoranti
Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi hududlarni rivojlantirishga qaratilgandir. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.05.2020-yil “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish”toʻgʻrisidagi PQ-4702-sonli qaroriga muvofiq hududlarni barqaror va jadal rivojlantirish uchun ularning kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini, tabiiy xomashyo resurslaridan foydalanish samaradorligini, iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatini, shuningdek, hududlarning boshqa qiyosiy ustunliklarini baholashning yagona tizimini joriy etish maqsadida statistik koʻrsatkichlar va soʻrovnomalar natijalari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini reyting baholash tizimi joriy etildi va bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratilmoqda:
Shuningdek, Namangan viloyati aholi sonining oʻsishi va institutsional muhit sharoitida ulkan mehnat resursiga, tadbirkorlik faolligiga ega viloyatdir. Shundan kelib chiqib, kelgusida viloyatda bandlik sifati va aholi turmush darajasini, hamda iqtisodiy va ijtimoiy yoʻnalishlar sifatini izchil oshirishni taʼminlaydigan samarali, istiqbolli loyihalarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda Milliy geografik axborot tizimi (MGAT) va Milliy fazoviy maʼlumotlar infrastrukturasi (MFMI) siyosatini olib borish toʻgʻrisida oʻzaro kelishuvlarga ega boʻlindi. Milliy geografik axborot tizimi orqali hududlarni toʻliq rivojlantirish, eng chekka hududlarda ham axborot bazasi bilan taʼminlash va ijtimoiy-iqtisodiy yoʻnalishlarni rivojlantirish boʻyicha istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda. Bu loyiha davomida viloyat yoki hudud boshqaruv organlari tomonidan barcha hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy tomondan tahlilini yagona dastur orqali olib borish, bu orqali hududni rivojlanish darajasini aniqlash va kelgusida kutilayotgan prognozlar natijalarga ega boʻlish mumkin. Bu loyiha dasturida geografik axborot tizimi (GAT) orqali yagona standartlashgan tizimga oʻtish, iqtisodiyotning va ijtimoiy hayotning barcha sohalarini toʻliq qamrab olgan holda yagona bazaga keltirish orqali aholiga qulayliklar yaratish koʻzda tutgan. Bu loyiha Jahon banki tomonidan moliyalashtirilishi koʻzda tutilgan.
Avvalo, bu loyiha boʻyicha raqamli maʼlumotlar bazasini shakllantirish, geografik axborot texnologiyalari boʻyicha kadrlar salohiyatini oshirish, barcha sohalar boʻyicha standartlashgan tizim joriy qilish lozimdir. Shu kabi loyihalarni amalga oshirish uchun hududda quyidagi rivojlanish dasturlarini olib borish va loyiha, investitsiyalarni joriy etish uchun rivojlanish koʻrsatkichlarini yangilash zarur va bu kabi ishlar chora-tadbirlar, ichki loyihalar orqali amalga oshirish mumkin.
Iqtisodiyotning hozirgi holati va ijtimoiy hayotda yuz bergan oʻzgarishlar umum-iqtisodiy xaritalashtirish muammolariga yangicha qarashga majbur qildi va xaritalar mazmunini kengaytirish yoʻli bilan zamonaviy umumiy ijtimoiy-iqtisodiy kartografik asarlarni yaratishga oʻtishga olib keldi. Bunday xaritalar iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari: sanoat, transport, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi xaridlarini yangicha koʻrinishga olib kelishi va xaritaga kiritilgan hududga xos boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik jarayonlar va hodisalar toʻgʻrisida yangi tushunchalarni berishi mumkin.
Yangi yoʻnalishni shakllantirishda geoaxborot va multimedia texnologiyalaridan foydalanish muhim rol oʻynaydi. Ushbu texnologiyalar tez fursatlarda kartalar tuzish va toʻldirish, foydalanuvchilarga oson tanish imkonini beruvchi binolar va inshootlarning uch oʻlchovli tasvirlarini, fotosuratlar, videokliplar, eng muhimi maʼlumotnoma va tarixiy materiallarni joylashtirish imkonini beradi. Yangi yoʻnalishni rivojlantirishda turli darajadagi foydalanuvchilar foydalanishi uchun qulay boʻlishida telekommunikatsiya texnologiyalarining oʻrni kattadir.
Ushbu yoʻnalishning keng tarqalganligi hamda rivojlanganligiga qaramasdan, ushbu sohadagi uslubiy ishlanmalar juda kam hamda ilmiy tadqiqot ishlari deyarli mavjud emas. Oʻtgan davr mobaynida oliy taʼlim muassasalarining atlas va elektron xaritalari yaratilmagan. Bularning hammasi geoinformatsion kartografiyani qoʻllagan holda oliy taʼlim muassasalarining elektron xaritalarini yaratish raqamli shahar yaratish metodining bir qismiga aylantiradi.
GAT texnologiyalarini turli ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda keng qoʻllash mumkin. Namangan viloyatining taʼlim xaritasi GAT dasturlari, jumladan ArcCatalog, ArcMap, ArcGIS Pro va ArcGIS Onlayn ilovalari yordamida ishlab chiqilgan. Taʼlim kartasi uchun zarur maʼlumotlar Statistika agentligi manbalaridan olinib, ushbu maʼlumotlar asosida Web xarita yaratildi. Mazkur xarita barcha foydalanuvchilar uchun qulay va tushunarli boʻlib, uni tahlil qilishda hamda boshqa mustaqil foydalanuvchilar tomonidan ishlatish mumkin. Ushbu tizimning koʻplab afzalliklari mavjud. Jumladan,
-Namangan viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy maʼlumotlari texnologik tizimi ishlab chiqildi;
-Namangan viloyatining maʼlumotlar bazasi yaratildi;
-Namangan viloyatining iqtisodiy faol aholi, bandlar va ishsizlar soni boʻyicha onlayn xaritasi yaratildi;
-olib borilgan faoliyat natijalari boʻyicha ishlar nashr etildi.;
-raqamlashgan maʼlumotlar asosida tahlillarni osonlashtirish, keng qamrovli va turli xil sohalardagi maʼlumotlarga ega boʻlish mumkin;
-GAT texnologiyalardan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda foydalanish mumkin;
-GAT texnologiyasi orqali ijtimoiy-iqtisodiy sohalar boʻyicha prognoz xaritalarini ishlab chiqish mumkin.
ArcGIS Onlayn tizimi oʻzida turli vazifalarni bajarish uchun kerak boʻladigan dasturlar mavjud. Dasturlar xaritalardan tashqari mobil ilovalar, maʼlumotnomalar, soʻrovnomalar, tizimlar yaratishda foydalaniladi. Oldingi bosqichda foydalanilgan Map Weaver dasturi ham shular sirasiga kiradi. Maʼlumotlarni GAT dasturlaridan ArcGIS Onlayn tizimida bir tashkilot xodimlari yoki boshqa foydalanuvchilar bilan resurslarni almashish hech qanday muammosiz amalga oshiriladi. Tizimda faqat taklif qilinganlar foydalanishi uchun shaxsiy yoki hamma uchun ochiq boʻlgan umumiy guruhlar yaratish yoki maʼlumotlar almashish uchun boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni olib borish mumkin.
Shuningdek, tizimdagi xaritalar va boshqa resurslarni veb-sahifalarga, veb-ilovalarga yoki ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish imkoniyati yaratilgan (1-rasmga qarang).
1-rasm. Namangan viloyatining onlayn xaritasi
Ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlardan foydalanishda tahlil oʻtkazayotgan xodimlar yoki boshqa tashkilotlardagi hamkasblar bilan hamkorlik qilish uchun maxsus ilovalardan foydalanish yoʻlga qoʻyilgan. Namangan viloyatining iqtisodiy faol aholi va bandlar, ishsizlar koʻrsatkichlari boʻyicha onlayn xarita yaratildi. Bu xarita Arcgis Dashboards ilovasi orqali yaratilgan boʻlib, foydalanuvchilarga bitta ekranda intuitiv va interaktiv maʼlumotlar vizualizatsiyasi bilan joylashuvga asoslangan tahlillarni taqdim etish orqali maʼlumot almashish imkonini beradi.
ArcGIS Onlayn tizimidan foydalanuvchilar Dashboardlar orqali xaritalar va ilovalardan tashqari multimedia maʼlumotlar, axborot tendensiyalarni koʻrish, obyektlarni real vaqtda holatni kuzatish, ArcGISasboblar panelidagi funksiyalardan foydalanish hamda maʼlumotlarni tahlil qilishlari mumkin.
Namangan viloyatining chekka hududlarida, xususan Yangiqoʻrgʻon, Norin, Mingbuloq, Uychi, Uchqoʻrgʻon tumanlarida koʻrishimiz mumkin. Ishsizlikni qisqartirishda viloyatda istiqbolli loyihalarni jalb qilish, investitsion muhit yaratish va bu kabi kamchiliklarni bartaraf etishda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish lozimdir (2-rasmga qarang).
2-rasm. Onlayn xaritaning atribut maʼlumotlari
Shu kabi muammolardan kelib chiqib ijtimoiy sohalarni rivojlantirishda quyida bir qancha takliflar keltirilgan:
-rasmiy daromadlarning, shu jumladan, aholi umumiy daromadlarida ish haqining oʻsishi va yashirin iqtisodiyot ulushining kamayishi hisobiga viloyat aholisining jon boshiga oʻrtacha daromadlarini respublika koʻrsatkichlariga erishish;
-birinchi navbatda qishloq joylarda sifatli va keng assortimenti bilan ajralib turadigan, aholining barcha qatlamlari foydalanishi mumkin boʻlgan zamonaviy ijtimoiy infratuzilma obyektlarini yaratish;
-ijtimoiy soha obyektlarini rivojlantirishga davlat-xususiy sheriklik va xususiy tadbirkorlik mablagʻlarini jalb qilishni ragʻbatlantirish;
-aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish orqali ijtimoiy xizmatlarga muhtoj odamlar sonini minimallashtirish;
-mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqarishning innovatsion usullarini joriy etish orqali yuqori rentabelli ish oʻrinlarini yaratish va aholi farovonligini oshirish.
ArcGIS Dashboards foydalanuvchilarga bitta ekranda intuitiv va interaktiv maʼlumotlar vizualizatsiyasi bilan joylashuvga asoslangan tahlillarni taqdim etish orqali maʼlumot almashish imkonini beradi (3-rasmga qarang).
3-rasm. ArcGIS Onlayn tizimi interfeysi
ArcGIS Onlayn tizimidan foydalanuvchilar Dashboardlar orqali xaritalar va ilovalardan tashqari multimedik maʼlumotlar, axborot tendensiyalarni koʻrish, obyektlarni real vaqtda holatni kuzatish, ArcGISasboblar panelidagi funksiyalardan foydalanish hamda maʼlumotlarni tahlil qilishlari mumkin.
GAT texnologiyasi asosida olib borilgan tahlilga koʻra, Namangan viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari past natijalarga ega ekanligini bilish mumkin. Xususan, ijtimoiy koʻrsatkichlardan taʼlim, sogʻliqni saqlash, xizmatlar sohalarni tahlilidan rivojlanishi past boʻlgan tumanlar mavjud. Norasmiy bandlikning yuqori oʻsishi va darajasi, ayniqsa Namangan shahri, Chust, Uchqoʻrgʻon, Pop tumanlarida koʻrishimiz mumkin. Ishsizlik darajasi, xususan, Mingbuloq, Toʻraqoʻrgʻon, Chust va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida yuqori, aholining bandlik darajasi respublikaga nisbatan nisbatan past koʻrsatkichlarga ega. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida bandlik tarkibini orttirish, qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish zarurdir.
Zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish va tumanlarda IT parklarni tashkil etish zarur. Aholining taʼlim darajasini koʻtarish maqsadida xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda hududlarda yangi oʻquv yurtlarini ochish kerak. Shuningdek, hududda hali rivojlanmagan, ammo istiqbolli sohalarni rivojlantirish ham muhimdir. GAT texnologiyalarini amaliyotga va oʻquv jarayoniga tatbiq etish, hududlardagi iqtisodiy muassasalarda texnologiyani joriy qilish, statistik manbalarni qayta ishlashda foydalanish kabi takliflarni keltirish mumkin.
Mamlakatimizda turizm sohasini jadal rivojlantirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish orqali turizm sohasini iqtisodiyotning yetakchi strategik sektoriga aylantirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab olinganligi sababli turizm sohasining investitsion jozibadorligi va faolligini oshirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish dolzarb masalalar qatoriga kiradi. Turistik sohani rivojlantirishda yangi texnologiya va dasturlar kerak boʻlmoqda. Shu kabi muammolardan kelib chiqqan holda, bugungi kunda turizm geoaxborot texnologiyalari qoʻllaniladigan odatiy soha hisoblanadi. Mamlakatimizda ular odatda turistik xaritalar, bukletlar va tarkibida xaritalar hamda sxemalar boʻlgan boshqa elektron va bosma mahsulotlarni tayyorlashda qoʻllanilmoqda. Bugungi kunda axborot shu qadar koʻpki, uni anʼanaviy usullar yordamida tezkor tahlil qilishning iloji yoʻq. Soʻnggi oʻn yilliklarida axborot tizimlarining yangi koʻrinishlari vujudga keladi. Inson hayotida foydalaniladigan barcha sohalarni kompyuterlashtirish maqsad qilib qoʻyilgan.
Misol qilib, boshqarish, oʻqitish, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi va bir qancha boshqa sohalarni olishimiz mumkin. Hozirgi kunda barcha sohalarda keng qoʻllanayotgan va eng samarali rivojlanib kelayotgan tizimlardan biri geografik axborot tizimlaridir yaʼni qisqa qilib aytganda GAT. Geografik axborot tizimi (GAT) – bu mavjud olamning obyektlarini, hamda sayyoramizda roʻy berayotgan hodisalarni xaritalash va tahlil qilish uchun kerak boʻladigan zamonaviy kompyuter texnologiyalaridir. Bu texnologiya maʼlumotlar bazalari bilan ishlashning anʼanaviy usullari (soʻrov va statistik tahlil) va xarita yordamida olinadigan maʼlumotlarni (har tomonlama koʻrish va geografik (fazoviy) tahlil) umumlashtiradi.
GAT texnologiyasini boshqa axborot tizimlaridan ajratib turadigan jihati uning koʻp turdagi masalalarda keng qoʻllanilishidir. Ushbu texnologiya insoniyat faoliyatining deyarli barcha sohalarida ishlatilmoqda. Masalan, odamlar sonining oshishi, yerlarning ifloslanishi, oʻrmonlarning kamayishi va tabiiy ofatlar kabi global muammolarni tahlil qilishda yordam beradi. Shuningdek, punktlar orasidagi eng maqbul yoʻnalishni aniqlash, yangi ofis uchun eng yaxshi joyni tanlash, manzil boʻyicha uylarni qidirish, quvurlarni oʻtkazish va turli hokimiyat masalalari kabi kichik masalalarni hal qilishda ham qoʻllaniladi.
Turizmning mohiyati, bu sohaning rivojlanish manbai boʻlgan turistik resurslarga chambarchas bogʻliqdir. Mamlakat qanchalik turli-tuman turistik resurslarga boy boʻlsa, turizm shuncha tez rivojlanadi. Turistik resurslarning turizmdagi ahamiyati uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunidan kelib chiqadi. Turizm nafaqat iqtisodiy, balki muhim ijtimoiy soha boʻlganligi sababli davlatimiz alohida eʼtibor qaratmoqda.
Tadqiqotlarimiz natijalariga koʻra, turistik resurslarga berilgan taʼriflar hanuz turlicha talqin qilinmoqda. Ushbu masalani tadqiq qilib, turistik resurslarga quyidagi taʼrifni berdik: turistik resurslar deganda, insonning jismoniy, ruhiy va aqliy salohiyatini tiklash, intellektual rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan, turizm faoliyatini tashkil etishga asos boʻluvchi tabiiy, madaniy-tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa obyektlar nazarda tutiladi. Shuning uchun ham turistik resurslarga hududda turistik maqsadda foydalanish mumkin boʻlgan yuqorida nomlari keltirilgan barcha obyektlar kiradi.
Taʼkidlash lozimki, turizmni tashkil etishda turistik resurslardan turistlarning barcha talabini qondirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanib boʻlmaydi. Turizm faoliyatida koʻpgina qoʻshimcha xizmatlar, yaʼni yashash uchun joylashtirish, ovqatlantirish, sayohat qilish va transport xizmatini tashkil etish kabilardan foydalanish orqali turistik resurslar samaradorligini oshirish mumkin. Bunga erishish uchun turistik resurslarni asosan ikki guruhga boʻlishni lozim: birlamchi resurslar (tabiiy, madaniy-tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy) va ikkilamchi resurslar (joylashtirish va ovqatlanish obyektlari, sayohatni tashkil etuvchilar, transport xizmati, koʻngilochar obyektlar, axborot resurslari, servis tarmogʻi kabilar).
Mamlakatimizda birinchi guruh resurslar yetarli. Hozir ikkinchi guruh resurslarni yaratishga katta eʼtibor berilmoqda. Shu tufayli kelayotgan turistlar soni ham yildan-yilga oshib bormoqda.
4-rasm.Oʻzbekiston Respublikasida turistlarga koʻrsatilgan xizmatlarning
2014-2022-yillar davomida oʻzgarishi (ming kishi)
Manba: “Oʻzbekturizm” MK materiallari asosida muallif tomonidan tuzildi.
Mazkur tahlil koʻrsatmoqdaki, umumiy turistik oqim shu 9 yil davomida keskin oʻzgargan emas. Ammo Oʻzbekistonga xorijlik turistlarning kelishi 2019-yilda ancha kamaygan, lekin 2020-yildan boshlab muntazam oshib bormoqda va 2022-yilda uning soni 370,1 ming kishini tashkil etgan. Ammo, bu koʻrsatkich xalqaro ekspertlarning baholariga koʻra juda kam. Oʻzbekiston yirik turistik resurslariga ega boʻlishiga qaramasdan, uning salohiyatidan yetarli darajada foydalanilmagan. Shu sababli, turistik resurslardan oqilona, toʻlaqonli foydalanish hamda uni mintaqa iqtisodiyotida yetakchi tarmoqlar qatoriga yetkazish masalasi oʻta dolzarb hisoblanadi.
Oʻzbekistonda tarixiy-madaniy, arxitektura, arxeologiya ahamiyatiga ega 7 mingdan ortiq turistik obyektlar mavjud. Statistika maʼlumotlariga asosan ulardan 545 tasi arxitektura, 578 tasi tarixiy, 1457 tasi sanʼat yodgorliklari va 5500 dan ortigʻi arxeologik ahamiyatiga ega obyektlardir. Undan tashqari, respublikamizda 300 dan ortiq muzeylar, 1200 ta xalq ijodiyoti tashkilotlari mavjud. Turistik ziyorat obyektlarining miqdori Toshkentda 144 ta, Samarqandda 118 ta, Buxoroda 201 ta, Xivada 310 tani tashkil etadi. Bu esa, mamlakatimizda diniy turizm, tarixiy obidalar turizmi, ekologik turizm, arxeologik turizm, sogʻlomlashtirish turizmi, ekskursiya (tanishuv, koʻrish) turizmi kabi turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari yuqoriligini koʻrsatadi.
5-rasm.Oʻzbekiston Respublikasida madaniy meros obyektlari xaritasi
Manba: statistika agentligi maʼlumotlari asosida tayyorlangan.
Mamlakatimizning barcha hududida sayyohlikni rivojlantirish va sayyohlik xizmatlari eksport salohiyatini oshirishga doir manzilli tadbirlar dasturi ham tasdiqlangan. Bundan tashqari, yurtimizda ichki turistik imkoniyatlarini targʻib qilish, sayyohlik bazalari, dam olish zonalari, pansionatlar, sanatoriylar, kurort vaekosayyohlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan xorijiy mehmonlar orasida sayyohlikning ekologik, diniy-ziyorat, folklor-etnografik, ilmiy-maʼrifiy turlari ixlosmandlari ham boʻlganligi tufayli ekspozitsiyalarda sayyohlik va dam olish infratuzilmalari, yurtimiz va xorij sayyohlarini qabul qilish uchun sogʻlomlashtirish zonalari va sanatoriylarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Oʻzbekistonda turizm sohasini ijtimoiy-iqtisodiy kompleksning muhim tarkibiy qismlaridan biriga aylantirish uchun barcha sharoit mavjud. Ushbu soha yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi farovonligini oshirish, valyuta va soliq tushumlari koʻpayishida muhim oʻrin tutmoqda.
Umuman olganda, yuqorida taʼkidlanganidek, Oʻzbekistonning turizm salohiyati turli tarixiy obidalar, bino, inshoot va boshqa joylarning hozirgi ahvolining qay holatda boʻlayotganligini aks ettiradi.
6-rasm. Oʻzbekistonda turizm salohiyati tarkibi
Manba: statistika agentligi maʼlumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqildi.
6-rasmga asosan, 9 ta turizm salohiyatini aks ettiruvchi salohiyat tarkibi rivojlanib borayotganligiko’rsatilgan. Chunki, turizm sohasida chet ellik sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirish uchun ham qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Aniqroq qilib aytganda, mamlakatimizdagi faqatgina tarixiy, madaniy va arxeologik ahamiyatga ega boʻlgan obyektlar soni 4 mingdan oshadi. Ulardan 545 tasi meʼmoriy, 575 tasi tarixiy, 1457 tasi sanʼat va 550 tasi arxeologik obidalardir.
Xususan, turizm obyektlari Xivada 310 ta obyekt, Buxoroda 221 ta obyekt, Toshkent shahrida 144 ta, Samarqandda 118 ta va Jizzax viloyatida 372 ta obyekt bor. Shuningdek, 12 ta tabiiy qoʻriqxona, 16 ta buyurtma va 2 ta milliy parklar, betakror tabiat, tabiiy goʻshalar, hayvonot va oʻsimlik olami ekoturizmni rivojlantirishda juda katta turistik resurslar hisoblanadi. Ushbu turistik joylarda turistik oqim turistik marshrutlar yaratilgandan keyingina koʻpayadi. Bu borada “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan marketing loyihalari “mega-info-turlar” yaxshi samara bermoqda. Ushbu loyiha doirasida Italiya, Ispaniya, Fransiya, Yaponiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Rossiya, Niderlandiya, Vengriya, Singapur kabi koʻplab mamlakatlarning ikki yuzdan ziyod sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Bularning natijasida, eng asosiysi, yurtimizga kelayotgan sayyohlar oqimi koʻpaymoqda. Bu esa mamlakatimiz turizm sohasida berilayotgan katta eʼtiborning samarasi desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Samarqand viloyati shahar va tumanlaridagi turistik resurslarni sifat jihatdan baholash amalga oshirildi (1-jadvalga qarang).
1-jadval
Samarqand shahri va viloyat tumanlaridagi turistik resurslar
salohiyatini sifat jihatdan baholash
№ | Tumanlar | Tabiiy turistik resurslar | Madaniy- tarixiy turistik resurslar | Ijtimoiy-iqtisodiy turistik resurslar | Turistik resurslar salohiyatining oʻrtacha miqdori |
1 | Samarqand shahri | 4 | 10 | 9 | 7,7 |
2 | Bulungʻur | 8 | 3 | 2 | 4,3 |
3 | Jomboy | 9 | 4 | 4 | 5,7 |
4 | Ishtixon | 4 | 3 | 2 | 3,0 |
5 | Kattaqoʻrgʻon | 5 | 4 | 6 | 5,0 |
6 | Narpay | 4 | 3 | 4 | 3,7 |
7 | Nurobod | 9 | 8 | 2 | 6,3 |
8 | Oqdaryo | 4 | 3 | 2 | 3,0 |
9 | Payariq | 4 | 3 | 3 | 3,3 |
10 | Pasdargʻom | 6 | 3 | 3 | 4,0 |
11 | Paxtachi | 4 | 3 | 2 | 3,0 |
12 | Samarqand | 10 | 9 | 7 | 8,7 |
13 | Toyloq | 7 | 4 | 4 | 5,0 |
14 | Urgut | 10 | 8 | 7 | 8,3 |
15 | Qoʻshrabod | 6 | 8 | 2 | 5,3 |
Manba: jadval tadqiqot materiallari asosida muallif tomonidan ishlab chiqildi.Soʻrov natijasida 10-8 ballni – juda yuqori, 7-6 ballni – yuqori, 5-3 ballni –oʻrta, 2-1 ballni- past degan xulosaga kelindi.
Mazkur tahlil tabiiy turistik resurslar boʻyicha Urgut, Nurobod, Qoʻshrabod, Jomboy va Samarqand tumanlarida yuqori salohiyatga egaligini koʻrsatdi. Buni Urgut, Nurobod va Qoʻshrabodning togʻli oʻlkalari, Nurobodning bepoyon dashti-choʻllari, Jomboy tumanining Zarafshon daryosi sohillari, “Zarafshon” qoʻriqxonasining mavjudligi, Samarqand tumanini antropogen landshaftlarga boyligi bilan izohlash mumkin. Samarqand shahri shu oʻrinda madaniy-tarixiy turistik resurslarning eng yuqori salohiyatiga ega. Shu kabi Urgut, Samarqand, Payariq tumanlari ham yuqori madaniy-tarixiy turistik resurslar salohiyatiga egadir. Bu yesa Samarqand shahri, Urgut va Samarqand tumanlarida turistik resurslarning yuqori salohiyatiga, Kattaqoʻrgʻon, Nurobod va Jomboy tumanlari oʻrta salohiyatga egaligini koʻrsatadi.
GISni ilmiy-texnik adabiyotlarda koʻpchilik mualliflar u yoki bu muhim yoʻnalishi, belgisi yoki boshqa koʻrsatkichlari boʻyicha tizimlashga harakat qilmoqdalar. Eng koʻp tarqalgan tasnif bizningcha qoʻyidagi xossalarga asoslangan boʻlishi kerak:
– maqsadiga koʻra – foydalanish sohasi va hal etayotgan masalalari va vazifalari boʻyicha;
– muammoli mavzuli yoʻnalishiga koʻra – qoʻllanish sohasi boʻyicha;
– qamrab olgan hududiga koʻra – mazkur GIS maʼlumotlari bazasini tashkil
etadigan raqamli kartografik maʼlumotlar masshtablari qatori boʻyicha;
– geografik maʼlumotlarni tashkil etish usuliga koʻra – kartografik maʼlumotlarni EHM xotirasiga kiritish formati, saqlashi, ishlov berishi va tasvirlashi boʻyicha.
GIS maqsadiga koʻra koʻp maqsadli, axborot-maʼlumotnomali, monitoring va inventarizatsion, tadqiqotli, boshqaruvli, oʻquv ishlariga moʻljallangan, nashrli va boshqa yoʻnalishli boʻlishi mumkin. Muammoli-mavzuli yoʻnalishiga koʻra-ekologik va tabiatdan foydalanish maqsadlari uchun, ijtimoiy-iqtisodiy, yer kadastriga oid, geologik, muxandislik inshootlari va shahar xoʻjaligi, favquloddagi vaziyatlar, ekologik, navigatsion, transport, savdo-marketing, arxeologik va boshqa yoʻnalishlilarga ajratiladi. Qamrab olgan hududiga qarab global, umummilliy, regional, lokal, sohalar miqyosidagi GISlarga boʻlinadi. Geografik maʼlumotlarni tashkil etish usuliga qarab-vektorli, rastrli, vektor-rastrli yoki uch oʻlchamli GISlar boʻlishi mumkin.
Har bir amaliy sohalarda oʻziga xos maxsus talablar, iboralar mavjud, lekin GIS boshqa axborot tizimlaridan farqli ravishda fazoviy geografik xususiyati axborotlar bilan ishlaydi.
Bugungi kunda GISni qoʻllayotgan soha va tarmoqlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
1. Yer resurslarini boshqarish, yer kadastrida;
2. Ishlab chiqarish infratizimi, ularni boshqarish va obyektlar inventarizatsiyasida;
3. Shahar qurilishida, arxitektura, sanoat va transport qurilishini loyihalashda, muhandislik izlanishlarida va rejalashtirish;
4. Istalgan soha boʻyicha mavzuli kartalashtirishda, atlaslar va mavzuli kartalarni tuzishda;
5. Dengiz kartografiyasi va navigatsiyasida;
6. Aeronavigatsion kartalashtirishda va havo kemalari harakatini boshqarishda;
7. Suv resurslarini boshqarish va suv kadastrida; suv obyektlarining inventarizatsiyasi va suvning mavsumiy va yillik holatlari hamda bashoratlashda;
8. Navigatsiya va yer transporti harakatini boshqarishda;
9. Masofadan turib zondlash va kosmik monitoringda;
10. Tabiiy resurslardan foydalanish va ularni boshqarishda (suv, oʻrmon xoʻjaligi va boshqalarda);
11. Joy relefini tasvirlash va tahlil qilishda;
12. Tabiiy muhitdagi jarayonlarni modellashtirish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarni olib borishda;
13. Atrof muhit monitoringida, texnogen oqibatlarni baholashda, favqulodda va krizisli vaziyatlarni hal etishda;
14. Ekologik muammolarni belgilab, dolzarbligini baholashda va ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqishda;
15. Yuk tashishni rejalashtirish va tadbirkorlikda;
16. Geologiya, mineral-xom ashyo resurslari va togʻ jinslarini qazib olish sanoatlarida;
17. Transport va telekommunikatsiya tarmoqlarini maqsadli rivojlantirishda;
18. Marketing va bozor iqtisodiyotini tahlil qilishda;
19. Arxeologiyada;
20. Hududlar va shaharlarning rivojlanishini kompleks boshqarish va rejalashtirishda;
21. Xavfsizlik, harbiy ish va razvedkada;
22. Oʻrta, maxsus va oliy taʼlimda;
23. Qishloq xoʻjaligida va boshqa sohalarda;
Roʻyxatda keltirilgan sohalarni bir nechta asosiy guruhlarga ajratsa boʻladi:
birinchi guruhga hisob roʻyxati sohalarni kirish mumkin, ularda GIS joyda bajarilgan oʻlchashlar natijalariga tayanadi (masalan, yer kadastri, katta korxonalarning taqsimlangan ishlab chiqarish infrastrukturasini boshqarish va boshqalar);
ikkinchi guruhga, GIS tizimida boshqarish va qaror qabul qilish ishlarini bajarishga moʻljallangan sohalarni; uchinchi guruhga modellashtirish va murakkab tahlillarni oʻz ishlarini bajaradigan sohalarni kiritish mumkin. Roʻyxatdagi sohalardan eng koʻp GIS bilan ishlaydiganlari asosan, birinchi guruhga taalluqli.
Shu sababli bugungi kunda amalda qoʻllanilayotgan va foydalanilayotgan GISlarning koʻpchiligi oʻlchash natijalarini qayta ishlab chiqishga va ularni tahlil qilishga moʻljallangan.
Bugungi kunda rekreatsiya turizmi bozorining barqaror rivojlanishi yangi kichik biznes subyektlari va oʻz navbatida yangi ishchi oʻrinlarini yaratishga va unga turdosh boʻlgan tarmoqlarni rivojlantirishga imkoniyat yaratmoqda. Jahonda rekreatsiya sohasini va unda kichik tadbirkorlikni rivojlantirishning metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirish yoʻnalishida qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bunda turizm industriyasiga investitsiyalarni jalb qilish va turizmning iqtisodiyotdagi multiplikativ samarasini aniqlash muhim masalalar qatoriga kiritilgan.
Shuningdek, mamlakatimizda turizmi sohasini jadal rivojlantirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish orqali turizm sohasini iqtisodiyotning yetakchi strategik sektoriga aylantirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab olinganligi sababli turizm sohasining investitsion jozibadorligi va faolligini oshirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish dolzarb masalalar qatoriga kiradi.
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga oʻtishi munosabati bilan xizmatlarning sifati va nomenklaturasi kengaydi. Uning tarkibiga turizm-ekskursiya xizmatlarining kirib kelishi viloyatda turizmning moddiy-texnik bazasini tashkil qilish va yanada rivojlantirish zaruriyatini tugʻdiradi. Bu oʻz navbatida hozirgi moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida yangi ish oʻrinlarini ochilishiga erishishni taʼminlaydi.
Turistik resurslar mintaqada turizmni rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilab beruvchi omildir. Shu sababli ularni baholash, muhofaza qilish va foydalanish masalalarini yechish bugungi kunda oʻta muhimdir. Ammo mintaqadagi mavjud turistik resurslar hozirgi kunda toʻliq kadastrdan oʻtmagan. Bu esa ularni roʻyxatga olish, salohiyatini oʻrganish va baholashda bir qancha qiyinchiliklarni tugʻdirmoqda.
Bu muammoni bartaraf qilish uchun turistik-rekreatsion kadastrni tuzishni tashkil qilish lozim. Turizm kadastri asosida turistik resurslarni pasportizatsiya qilish va iqtisodiy baholashni amalga oshirish mumkin. Kadastrlashning asosiy maqsadi turizmni rivojlantirishda zarur boʻlgan sarf-xarajatlarni aniqlash va ularning samaradorligini baholashda muhim ahamiyatga ega. Turistik resurslar kadastrida ularning tavsifi, tasnifi va roʻyxati aniq belgilangan boʻlib, unda iqtisodiy samaradorlik darajasi, miqdor va sifat jihatdan bahosi, resurslardan foydalanishning asosiy istiqbollari hamda ularni muhofaza qilishning muhim jihatlari koʻrsatilishi lozim.
Hozirgi paytda oʻzida boy tarixiy-madaniy merosga, noyob tabiiy salohiyatga ega boʻlgan mintaqalar uchun hududning tabiiy va tarixiy-madaniy yodgorliklarini, turizmga xizmat koʻrsatuvchi korxonalarni va turizm yoʻnalishlarini hisobga olish, turistlar oqimini tahlil qilish, hududning rivojlanishini rejalashtirish va boshqa vazifalarni yechishga yordam beruvchi keng profildagi amaliy geoaxborot tizimini shakllantirish zarur boʻlmoqda.