2024-yil 11-oktyabr va 15-oktyabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi Sektorlararo ilmiy seminarning navbatdagi 10-11-son yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Unda markaz mustaqil izlanuvchisi Tuganbekova Nursuluv Erkin qizi tomonidan 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Совершенствование финансового менеджмента предприятий малого и среднего бизнеса в республике узбекистан” mavzusidagi va markaz doktoranti Umarova Malika Baxtiyarovna tomonidan 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “O‘zbekistonda banklarni transformatsiyalash jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llash uslubiyatini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyalarning muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Muhokamalar natijasi bo‘yicha tegishli takliflar berilib keyingi bosqichga tavsiya qilindi.