Oy: Yanvar 2025

“O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi Kengashining 1-sonli majlisi bo’lib o’tdi

2025-yil 27-yanvar kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi Kengashining 1-sonli majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisga markaz direktori, i.f.d., professor S.K.Xudoyqulov raislik qildi. Yigʻilishda Kengashning barcha aʼzolari ishtirok etdi va kun tartibidagi  muhim masalalar muhokama qilindi, xususan, Markazning 2025 yil uchun Ilmiy kengash tarkibini tasdiqlash, Ilmiy kengashning 2025-yilga moʻljallangan “Ish reja”sini tasdiqlash, Sektor ish rejalarini tasdiqlash, Ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi ijrosini taʼminlash, tayanch doktorant (PhD), doktorant (DSc) va stajyor tadqiqotchilarning “Yakka tartibdagi reja” larini tasdiqlash, “Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida IV respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini tashkil etish, sektorlararo ilmiy seminar aʼzolarini tasdiqlash va turli masalalar muhokamasi boʻyicha muhim vazifalar belgilab olindi.

BIZNI KUZATIB BORING

KATEGORIYALAR BO’YICHA KO’RING

BROWSE BY TOPICS

Welcome Back!

Login to your account below

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.