

2025 – yil 02 oktyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi Demografiya va mehnat bozori sektori ilmiy xodimlari va O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi hududlarida aholini ish bilan bandligini oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar, hududlarda kadrlarga bo‘lgan talab va taklif, Xususiy bandlik agentliklari faoliyati va O‘zbekiston Respublikasi aholisining 2050 yilgacha bo‘lgan prognozi haqida qizg‘in fikr va mulohazalar yuritildi.
Bundan tashqari yangi ish joylarini tashkil etishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf qilishda ilmiy yondashuvlarning muhim ahamiyatga ega ekanligi takidlandi. Norasmiy bandlikni kamaytirishda yuzaga kelayotgan muommoli vaziyatlarni ilmiy jihatdan asoslab takliflarni shakllantirish maqsadli ekanligi, imkon qadar hududlarni o‘rgangan holda ularni klassifikatsiyasini shakllantirish maqsadliligi har ikki tomon ishtirokchilari tomonidan maqullandi.
Aholini prognozini inobatga olgan holda ertangi kun uchun kerakli kadrlarni buyurtma qilishda raqamli iqtisodiyotni rivojlanishini inobatga olgan holda shakllantirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Davra suhbati yakunida hamkorlikda ishlashni maqsad qilgan holda ikki tomonlama memorondum imzolashga, hamkorlikda ilmiy-amaliy kengash shakllantirilib uning hamkorlikdagi maqsad vavazifalarini shakllantirishga va kelajakda hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishib olindi.