Chorshanba, Sentabr 2, 2026
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil
CEDR.UZ
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Loyihalar
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA
  • Login
No Result
View All Result
Cedr.uz
Home INTERVYU Davra suhbati

O‘zbekistonda islom mikromoliyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

by cedradminuz
Iyul 17, 2026
in Davra suhbati, Hamkorlik, YANGILIKLAR
0
0
SHARES
35
VIEWS
Share on FacebookShare on Twitter

2026-yil 17-iyul kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi hamda ISFT instituti hamkorligida “O‘zbekistonda islom mikromoliya xizmatlari: imkoniyatlar, cheklovlar va amaliy yechimlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Related posts

Markaz Ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Avgust 28, 2026

TDIU huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazida 2026 yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka (PhD/DSc) suhbat o’tkazildi

Avgust 28, 2026

Tadbirda islom mikromoliyasi sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar rahbarlari, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida “Zaytun moliya” MChJ direktori Jahongir Imamnazarov islom mikromoliya tashkilotlari faoliyatida uchrayotgan amaliy masalalar va ularni hal etish yo‘llari haqida ma’ruza qildi. “Ayol” MChJ mikromoliya tashkiloti direktori Shohida Ibragimova tashkilot faoliyati, mijozlarga taklif etilayotgan moliyaviy xizmatlar hamda amaliy tajribalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

ISFT instituti Biznes va menejment tadqiqot markazi direktori Gavhar Isamutdinova O‘zbekistonda islomiy moliyalashtirish instrumentlariga bo‘lgan potensial talab va soha rivojiga to‘sqinlik qilayotgan omillar bo‘yicha o‘tkazilgan empirik tahlil natijalarini taqdim etdi.

TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi vakili O‘g‘ilshod Axmedova esa islom mikromoliyasini rivojlantirishning ilg‘or xorijiy tajribasi hamda mazkur tajribalarni O‘zbekiston amaliyotida qo‘llash imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi.

Tadbirda “Almizan mikromoliya tashkiloti”, “Ayol”, “Biznesni rivojlantirish mikromoliya tashkiloti”, “Xon Saroy Moliya”, “Vafo Moliya” va “Zaytun Moliya” mikromoliya tashkilotlari, shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi vakillari faol qatnashdi.

Muhokamalar davomida mamlakatimizda islom mikromoliya xizmatlarini yanada rivojlantirish, amaldagi tashkiliy, huquqiy va institutsional muammolarni bartaraf etish, aholining muqobil moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Davra suhbati yakunida islom mikromoliyasi sohasida ilmiy tadqiqotlar va amaliy hamkorlikni kuchaytirish, soha vakillari o‘rtasida muntazam muloqot maydonini shakllantirish hamda bildirilgan takliflarni umumlashtirish bo‘yicha kelishib olindi.

Previous Post

Ilmiy markaz xodimlari geologiya tarmog‘ini iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqishga qaratilgan ishchi guruh yig‘ilishida ishtirok etdi.

Next Post

Surxondaryo viloyatida amalga oshirilgan hududiy ilmiy tadqiqotlar muhokama qilindi

Next Post

Surxondaryo viloyatida amalga oshirilgan hududiy ilmiy tadqiqotlar muhokama qilindi

TAVSIYA ETILGAN YANGILIKLAR

O‘zbekistonda islom mikromoliyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

2 oy ago

6 oy ago

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6097 farmoni

2 yil ago

2026-YILGI FAOLIYATNI BOSHLASHGA BAGʻISHLANGAN ISHCHI YIGʻILISH BOʻLIB OʻTDI.

8 oy ago

BIZNI KUZATIB BORING

KATEGORIYALAR BO’YICHA KO’RING

  • Davra suhbati
  • Hamkorlik
  • Infografika
  • INTERVYU
  • Loyihalar
  • Maqolalar
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • O'zbekiston Respublikasi qonunlari
  • YANGILIKLAR

MAVZULAR BO’YICHA KO’RING

2018 League Balinese Culture Bali United Champions League Visit Bali

MASHHUR YANGILIKLAR

  • Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Yangi O’zbekistonning xalqaro munosabatlarda tutgan o’rni

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • 2023 yilga quyidagi ixtisosliklar bо‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • “Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida II respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Kambag‘allikni qisqartirish – mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sifatida

    0 shares
    Share 0 Tweet 0

Biz haqimizda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi
Manzil: Chilonzor tuman, islom karimov shoh ko‘chasi 49-uy
Telefon: +99871 2392826

Bizga qo'shiling:

So’nggi yangiliklar

  • Markaz Ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
  • TDIU huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazida 2026 yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka (PhD/DSc) suhbat o’tkazildi
  • TDIU huzuridagi ilmiy tadqiqot markazida inson kapitalini rivojlantirish va yuqori texnologik sohalar uchun kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi
  • Surxondaryo viloyatida amalga oshirilgan hududiy ilmiy tadqiqotlar muhokama qilindi
  • O‘zbekistonda islom mikromoliyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Bizning manzil

Taqvim

Iyul 2026
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  
« Iyun   Avg »
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil

© 2021 Nursaidov.uz.

No Result
View All Result
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA

© 2021 Nursaidov.uz.

Welcome Back!

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In