Dushanba, May 19, 2025
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil
CEDR.UZ
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Loyihalar
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA
  • Login
No Result
View All Result
Cedr.uz
Home YANGILIKLAR

Iqtisodiy o‘sish darajasi 2022-yilda 5,5-6,5 foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda – Markaziy bank

by cedradmin
Dekabr 4, 2024
in YANGILIKLAR
0
Iqtisodiy o‘sish darajasi 2022-yilda 5,5-6,5 foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda – Markaziy bank
0
SHARES
33
VIEWS
Share on FacebookShare on Twitter
Markaziy bank prognozlariga ko‘ra, transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 2022–2024-yillarda yillik 10-12 foizga, 2022-yilda eksport (oltinsiz) hajmi 20-25 foizga, import hajmi 10-12 foizga ortishi kutilmoqda.

Markaziy bank «Pul-kredit siyosatining 2022-yil va 2023–2024-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari»ning dastlabki konseptual loyihasini ma’qulladi.

Unga ko‘ra:

Related posts

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy tadqiqot markazi sektor mudiri Qodirov Abdurashid Madjitovich 70 yoshni qarshiladi

Aprel 18, 2025

TDIU huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida universitetning “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” kafedrasi bilan hamkorlikda “Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida IV respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi

Mart 27, 2025

Eksport va import

Tashqi talabning ortib borishi, asosiy eksport tovarlari bo‘yicha narxlarning qulay shakllanishi va real samarali almashuv kursining fundamental trend doirasida tebranishi fonida eksport (oltinsiz) hajmi 2022-yilda 20-25 foizga, 2023–2024-yillarda 15-22 foiz atrofida o‘sib borishi prognoz qilinmoqda.

Bunda kelgusi yilda ham birja tovarlari narxlarining ijobiy kutilmalari sababli rangli metallar va tekstil mahsulotlari eksportining yuqoriroq sur’atlarda o‘sishi aytilgan.

O‘z o‘rnida ichki ishlab chiqarish hajmining ortishiga mutanosib ravishda import hajmi ham o‘sib boradi. Import hajmining 2022-yilda 10-12 foiz, 2023-yilda 13-17 foiz, 2024-yilda 9-10 foiz atrofida o‘sishi prognoz qilinmoqda.

Import tarkibida mashina va uskunalar importining yuqori ulushi saqlanib qoladi va o‘rta muddatli istiqbolda xomashyo importi oshib boradi.

Pul o‘tkazmalari

Asosiy savdo hamkorlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining tiklanishi va milliy valyutalari almashuv kursining barqaror bo‘lishi, o‘z navbatida, transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmining 2022–2024-yillarda yillik 10-12 foizga ortishiga xizmat qilishi mumkin. Bunda Rossiya va Qozog‘istondan pul o‘tkazmalarining jami ulushi yuqori bo‘lib, pul o‘tkazmalari hajmi ko‘p jihatdan ushbu davlatlarda makroiqtisodiy jarayonlarning shakllanishiga bog‘liq bo‘ladi.

Ichki iqtisodiy o‘sish

Iqtisodiy o‘sish darajasi 2022-yilda 5,5-6,5 foiz, 2023–2024-yillarda 6 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Asosiy ssenariy doirasida iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashning drayveri sifatida xususiy ichki va tashqi investitsiyalar va iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oshiriladigan tarkibiy islohotlar qaralmoqda.

Asosiy kapitalga yo‘naltiriladigan investitsiyalar hajmi 2022-yilda 6,3–8,4 foizga, 2023-yilda 8,5-10,3 foizga o‘sishi va 2024-yilda ushbu o‘sish sur’atlari 9,4-11,2 foizgacha yetishi prognoz qilinmoqda.

Shuningdek, neft narxining (Brent markasi) 2022–2023-yillarda 1 barreli uchun o‘rtacha 65-80 dollar doirasida shakllanishi kutilmoqda. Bu o‘z navbatida, ichki bozorda yoqilg‘i mahsulotlari narxi shakllanishida asosiy omil bo‘ladi va benzin narxlarining hozirgiga nisbatan arzonlashishiga olib kelishi mumkin.

Previous Post

O‘zbekistonda ishsizlik sabablari: maosh kammi yoki yaxshi xodim?

Next Post

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi boʻsh ish oʻrinlariga tanlov eʻlon qiladi

Next Post
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi boʻsh ish oʻrinlariga tanlov eʻlon qiladi

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi boʻsh ish oʻrinlariga tanlov eʻlon qiladi

Fikr bildirish Javobni bekor qilish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

TAVSIYA ETILGAN YANGILIKLAR

OBLIGATSIYALARNING BOZORDAGI DAROMADLILIGIGA TAʼSIR 

8 oy ago
TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi Xorazm viloyatida konferensiya o‘tkazdi 

TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi Xorazm viloyatida konferensiya o‘tkazdi 

2 yil ago

Ilmiy markaz hamda universitetning «Yashil Iqtisodiyot» kafedrasi hamkorligida «Moliyaviy savodxonlik. O‘zbekistonning yangi avlodi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

1 oy ago
Yana bir mahalliy baza

Yana bir mahalliy baza

3 yil ago

BIZNI KUZATIB BORING

KATEGORIYALAR BO’YICHA KO’RING

  • Davra suhbati
  • Hamkorlik
  • Infografika
  • INTERVYU
  • Loyihalar
  • Maqolalar
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • O'zbekiston Respublikasi qonunlari
  • YANGILIKLAR

MAVZULAR BO’YICHA KO’RING

2018 League Balinese Culture Bali United Champions League Visit Bali

MASHHUR YANGILIKLAR

  • Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Yangi O’zbekistonning xalqaro munosabatlarda tutgan o’rni

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • 2023 yilga quyidagi ixtisosliklar bо‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • “Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida II respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Kambag‘allikni qisqartirish – mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sifatida

    0 shares
    Share 0 Tweet 0

Biz haqimizda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi
Manzil: Chilonzor tuman, islom karimov shoh ko‘chasi 49-uy
Telefon: +99871 2392826

Bizga qo'shiling:

So’nggi yangiliklar

  • Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish: Qonunchilik va amaliyot» mavzusida seminar o’tkazildi
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy tadqiqot markazi sektor mudiri Qodirov Abdurashid Madjitovich 70 yoshni qarshiladi
  • Ilmiy markaz hamda universitetning «Yashil Iqtisodiyot» kafedrasi hamkorligida «Moliyaviy savodxonlik. O‘zbekistonning yangi avlodi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
  • TDIU huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida universitetning “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” kafedrasi bilan hamkorlikda “Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida IV respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi
  • TDIUda «Ma’rifat darsi» tashkil etildi

Bizning manzil

Taqvim

Noyabr 2021
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930  
« Okt   Dek »
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil

© 2021 Nursaidov.uz.

No Result
View All Result
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA

© 2021 Nursaidov.uz.

Welcome Back!

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In