



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazida 2026 yil 25 avgust kuni 2026 yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka (PhD/DSc) talabgorlarni ixtisoslik bo’yicha suhbat o’tkazildi.
08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirgan 5 nafar talabgorlar o’z dissertatsiya mavzulari, tadqiqotning dolzarbligi va rejalashtirilgan ilmiy ishlari yuzasidan komissiya a’zolari oldida qisqacha ma’ruza qildi hamda savollarga javob berdi. Suhbat natijalariga ko’ra 4 nafar talabgor mustaqil izlanuvchilikka tavsiya etildi, 1 nafar talabgor esa mustaqil izlanuvchilikka tavsiya etilmadi.
Komissiya qaroriga muvofiq, tavsiya etilgan mustaqil izlanuvchilarga bir oy muddatda yakka tartibdagi shaxsiy ish reja va dasturini Markaz Kengashida tasdiqlash uchu taqdim etish, shuningdek har yillik yakunida bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlash vazifasi yuklatildi