Dushanba, May 19, 2025
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil
CEDR.UZ
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Loyihalar
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA
  • Login
No Result
View All Result
Cedr.uz
Home YANGILIKLAR

Suv taqchilligi. Mintaqani iqlim o‘zgarishlarining yana qanday oqibatlari kutmoqda?

by cedradmin
Dekabr 4, 2024
in YANGILIKLAR
0
Suv taqchilligi. Mintaqani iqlim o‘zgarishlarining yana qanday oqibatlari kutmoqda?
0
SHARES
47
VIEWS
Share on FacebookShare on Twitter

Markaziy Osiyoda suv resurslari yetishmasligi energiya taqchilligi, oziq-ovqat xavfsizligi va atrof-muhitga ayanchli ta’sir o‘tkazadi. Shuningdek, bu muammoni xavfsizlikka tahdid sifatida ham baholash mumkin.

Фото: Getty Images

Keng tarqalayotgan, jadal va tezlashib borayotgan iqlim o‘zgarishi Markaziy Osiyoda suv resurslarini boshqarish va xavfsizligini ta’minlash masalalari ahamiyatini yildan yilga oshirmoqda.

Related posts

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy tadqiqot markazi sektor mudiri Qodirov Abdurashid Madjitovich 70 yoshni qarshiladi

Aprel 18, 2025

TDIU huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida universitetning “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” kafedrasi bilan hamkorlikda “Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida IV respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi

Mart 27, 2025

Markaziy Osiyo suv manbalari xavfsizlik, energiya, oziq-ovqat va atrof-muhit bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan dunyodagi kam sonli mintaqalardan biridir.

So‘nggi yillarda ob-havo keskin o‘zgarishi esa istiqbolda dolzarb muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Energiya manbalariga ta’siri

Markaziy Osiyo davlatlari elektr energiya tizimi o‘zaro muvofiqlikda faoliyat yuritadi, shu bois, bir mamlakatda sodir bo‘lgan yirik avariya bir lahzada boshqa davlatlar elektr ta’minotida seziladi. Bu ayniqsa suv resurslariga aloqador bo‘lsa.

Qirg‘izistonda 85 foizga, Tojikistonda 91 foizga, O‘zbekistonda 15 foizga, Qozog‘istonda esa 10 foizga yaqin elektr energiyasi gidroelektr stansiyalarda ishlab chiqariladi. Suv manbalari qisqarishi elektr energiya taqchilligi oshishiga jiddiy ta’sir o‘tkazadi.

Xususan, so‘nggi yillarda yog‘ingarchilik kamayishi natijasida Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatidagi «Toqtogul» suv omborining suv sathi «o‘lik chegara» darajasigacha tushishi ehtimoli borligi aytilmoqda. Mazkur suv omborida 2010-yilning 22-iyulida suv hajmi 18,2 mlrd kubometrni tashkil qilgan bo‘lsa, 2021-yilning 30-martida suv sathi 8,7 mlrd kubga qadar pasaygan va pasayishda davom etmoqda. Mutaxassislar fikricha, suv taqchilligi yana besh yilgacha davom etishi mumkin. Ushbu suv ombori O‘zbekiston va Qozog‘istonning bir qismini ham suv bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Shu sababli Qirg‘izistonda energiya inqirozining oldini olish va kelgusi sug‘orish mavsumi uchun yetarli miqdorda suv yig‘ish maqsadida mintaqa davlatlari Qirg‘izistonga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borishdi. Ammo boshqa davlatlarda ham energiya resurslari borasida vaziyat ancha jiddiy.

O‘zbekiston Energetika vazirligining rasmiy bayonotiga ko‘ra, mamlakatdagi GESlarda suv hajmi kamligi sababli elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari kamayishi kuzatilgan. 2019-yilda GESlarda ishlab chiqarish 6,5 milliard kilovatt-soatni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich o‘tgan 2020-yildagi kabi 5 milliard kilovatt-soatni yoki 1,5 milliard kilovatt-soatga kam (23 foiz)ni tashkil etmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, 1 mlrd 200 mln kilovatt-soat elektr energiya bilan respublika aholisini bir oy mobaynida uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash mumkin.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon ham bu yil mamlakatda qish uzoqroq va sovuqroq, yoz esa qurg‘oqchil va issiq bo‘lgani, shu sabab davlat aholining elektr va suvga bo‘lgan ehtiyojlarini qondira olmasligini aytib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligiga ta’siri

Markaziy Osiyodagi suv resurslarining 90 foizi sug‘orma dehqonchilik uchun ishlatiladi. Muzliklar erishi tezlashgani va qish faslida qorsiz kunlar ko‘payayotgani sababli toza suv bilan bog‘liq murakkab holat oziq-ovqat tanqisligiga olib kelishi mumkin.

Qishloq xo‘jaligi Markaziy Osiyodagi besh mamlakat iqtisodiyotida ham muhim rol o‘ynaydi va bu mamlakatlar YAIMning 10 foizidan 45 foizigacha bo‘lgan qismini tashkil etadi. Shuningdek, qishloq joylardagi aholining 20 foizdan ko‘p qismi shu tarmoq orqali ish bilan ta’minlangan va tirikchilik qiladi.

Yildan yilga suv taqchilligi ortishi esa istiqbolda oziq-ovqat mahsulotlari narxi qimmatlashishiga va ishsizlik ko‘rsatkichlari ortishiga olib keladi.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyo suv resurslari eng ko‘p miqdorda isrof qilinadigan mintaqalardan biri hamdir.

Xususan, birgina O‘zbekistonni olsak, suvni iste’molchilarga yetkazish vaqtida (o‘ta eskirgan va chirigan infratuzilma sababli sug‘orish tizimlaridagi yo‘qotishlar 35-40 foizni tashkil qiladi) va iste’mol jarayonida ham (sug‘oriladigan yerlarning faqat 3-5 foizida suv tejovchi texnologiyalar tatbiq etilgan) bu jarayonni yaqqol kuzatish mumkin.

Xavfsizlikka ta’siri

O‘tgan asrning 90-yillarida Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning asl ildizi ham suv va transport kommunikatsiyalaridan foydalanishdagi murosa yo‘qligi bo‘lgan. Muammo ayni paytgacha ham ma’lum bir ko‘rinishlarda saqlanib qolmoqda.

Buni oxirgi yillarda ko‘p kuzatilayotgan qirg‘iz-tojik chegarasidagi keskinliklar misolida tahlil qilsak, bu yerda suv resurslari atrofidagi har qanday harakatlar allaqachon nizolarning asosiy manbayiga aylanib qolgan, chunki bu bevosita aholi manfaatlari va farovonligiga ta’sir qiladi. Ikki respublikada ham aholi daromadlarining keskin kamligi odamlarni yer va suv resurslaridan maksimal foydalanishga undaydi. Qishloq xo‘jaligi ishlari boshlangan bahor va yoz oylarida suv iste’moli keskin oshishi qo‘shnilar o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytiradi.

Shuningdek, ko‘p yillar davomida suv manbalari sabab mintaqada yuzaga kelgan vaziyatdan yirik davlatlar siyosiy ta’sir ko‘rsatish quroli sifatida foydalanib kelgani ham sir emas.

Atrof-muhitga ta’siri

Suv manbalaridan noto‘g‘ri foydalanishning eng ayanchli ko‘rinishlaridan biri Orol dengizi qurishidir. Buning natijasida 5 million gektar maydonda yangi cho‘l – Orolqum paydo bo‘ldi. Dengizning qurigan qatlamidan kelib chiqqan chang va tuzli bo‘ronlar sug‘oriladigan yerlarga ham, aholi sog‘lig‘iga ham ta’sir qilmoqda.

Natijada bu hududda ichimlik suv tanqisligi, xavfli kasalliklar tarqalishi, yashash sharoitlari og‘irlashishi natijasida aholi migratsiyasi ko‘paydi, yovvoyi o‘simliklar va hayvonot dunyosi qirilib ketmoqda.

O‘tgan hafta esa mintaqaning aksariyat mamlakatlarida, xususan, Toshkent shahrida mavsumga xos bo‘lmagan chang-qumli bo‘ron hodisasi yuz berdi. Bir necha kun yomg‘ir yog‘magani sabab atmosferada chang zarrachalari saqlanib qoldi. Bu kabi mintaqa uchun g‘ayritabiiy hisoblangan hodisalar soni esa yildan yilga ortmoqda.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, suv manbalari Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining paydo bo‘lishidan tortib, hozirgi paytgacha bo‘lgan taraqqiyotida har tomonlama muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Bu muammoga jiddiy e’tibor qaratilmasa, oqibatlar ham jiddiy bo‘ladi.

Doston Ahrorov. Kun.uz

Previous Post

Markazda amaliy va innovatsion loyihalar tanloviga tayyorgarlikning dastlabki ichki ekspertizasining so‘nggi bosqichi o‘tkazildi

Next Post

O‘zbekistonda ishsizlik sabablari: maosh kammi yoki yaxshi xodim?

Next Post
O‘zbekistonda ishsizlik sabablari: maosh kammi yoki yaxshi xodim?

O‘zbekistonda ishsizlik sabablari: maosh kammi yoki yaxshi xodim?

Fikr bildirish Javobni bekor qilish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

TAVSIYA ETILGAN YANGILIKLAR

Yangi O’zbekistonning xalqaro munosabatlarda tutgan o’rni

8 oy ago

“Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida II respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

2 yil ago
“Dam olish-davolanish-bilim olish-malaka oshirish” loyihasida ishtirok etildi.

“Dam olish-davolanish-bilim olish-malaka oshirish” loyihasida ishtirok etildi.

11 oy ago

Innovatsion rivojlanish agentligi va Markaz o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

4 oy ago

BIZNI KUZATIB BORING

KATEGORIYALAR BO’YICHA KO’RING

  • Davra suhbati
  • Hamkorlik
  • Infografika
  • INTERVYU
  • Loyihalar
  • Maqolalar
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • O'zbekiston Respublikasi qonunlari
  • YANGILIKLAR

MAVZULAR BO’YICHA KO’RING

2018 League Balinese Culture Bali United Champions League Visit Bali

MASHHUR YANGILIKLAR

  • Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Yangi O’zbekistonning xalqaro munosabatlarda tutgan o’rni

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • 2023 yilga quyidagi ixtisosliklar bо‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • “Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida II respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Kambag‘allikni qisqartirish – mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sifatida

    0 shares
    Share 0 Tweet 0

Biz haqimizda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi
Manzil: Chilonzor tuman, islom karimov shoh ko‘chasi 49-uy
Telefon: +99871 2392826

Bizga qo'shiling:

So’nggi yangiliklar

  • Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish: Qonunchilik va amaliyot» mavzusida seminar o’tkazildi
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy tadqiqot markazi sektor mudiri Qodirov Abdurashid Madjitovich 70 yoshni qarshiladi
  • Ilmiy markaz hamda universitetning «Yashil Iqtisodiyot» kafedrasi hamkorligida «Moliyaviy savodxonlik. O‘zbekistonning yangi avlodi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
  • TDIU huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida universitetning “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” kafedrasi bilan hamkorlikda “Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida IV respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi
  • TDIUda «Ma’rifat darsi» tashkil etildi

Bizning manzil

Taqvim

Noyabr 2021
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930  
« Okt   Dek »
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil

© 2021 Nursaidov.uz.

No Result
View All Result
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA

© 2021 Nursaidov.uz.

Welcome Back!

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In