Payshanba, Oktabr 16, 2025
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil
CEDR.UZ
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Loyihalar
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA
  • Login
No Result
View All Result
Cedr.uz
Home Infografika

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston” nashriyotida “Hozirgi zamon va Yangi Oʻzbekiston” nomli kitobi chop etildi.

by cedradminuz
Iyul 24, 2024
in Infografika
0
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston” nashriyotida “Hozirgi zamon va Yangi Oʻzbekiston” nomli kitobi chop etildi.
0
SHARES
425
VIEWS
Share on FacebookShare on Twitter

OʻZA nashrining xabar berishicha, “Oʻzbekiston” nashriyotida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi Oʻzbekiston” nomli kitobi chop etildi.

Muallifning koʻp yillik ijtimoiy-siyosiy qarashlari, voqelikka yangicha va teran yondashuvlarining mahsuli boʻlgan kitob 6 bobdan iborat.

Related posts

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlanishining ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida “Ready4Trade Central Asia: Trans-Kaspiy transport koridori orqali farovonlikka ko‘maklashish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Iyun 20, 2025

«Statistik ko‘rsatkichlarni hisoblash nazariyasi va amaliyoti» mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Dekabr 4, 2024

Kitobning “Insoniyat tanlagan barqaror rivojlanish yoʻli” deb nomlangan birinchi bobi hozirgi zamondagi asosiy xavf-xatarlarga qaratilgan. Bu tahdidlarni keltirib chiqargan omillar atroflicha tahlil etilib, ularni bartaraf qilish boʻyicha aniq amaliy yechimlar taklif etilgan.

“Yangi Oʻzbekiston – ijtimoiy davlat” deb nomlangan ikkinchi bobi mamlakatimizda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ulkan ishlar va ularning natijalari tahliliga bagʻishlangan.

“Yangi Oʻzbekiston: barqaror iqtisodiy taraqqiyot” nomli uchinchi bobida aynan shu yoʻnalishdagi islohotlarga alohida urgʻu berilib, bu borada erishilgan natijalar sarhisob qilinadi, yaqin istiqbolda qanday iqtisodiy reja va strategik maqsadlar oldimizda turgani, ularni amalga oshirish uchun nimalar qilish zarurligiga eʼtibor qaratiladi.

“Sayyoramiz va Yangi Oʻzbekiston ekologik tahdidlar qarshisida” deb nomlangan toʻrtinchi bobda “hozirgi davrda jahon miqyosida uchta inqiroz, yaʼni, iqlim oʻzgarishi, bioxilma-xillikning qisqarishi va atrof-muhit ifloslanishi, tabiiy resurslarning kamayishi shiddat bilan davom etayotgani” haqida fikr yuritilgan, muallif jahon hamjamiyatini ushbu tahdidlarga qarshi birgalikda kurashishga daʼvat etadi.

Asarning “Xalq xizmatidagi davlat – el-yurt uchun ulugʻ saodat” deb nomlangan beshinchi bobida sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat idoralari va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati, korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari haqida atroflicha soʻz yuritiladi.

Kitobning “Yangi Oʻzbekiston – xavfsiz va tinchliksevar davlat” deb nomlangan oltinch bobida “Yangi Oʻzbekistonning mintaqaviy siyosati” va umuman, bugungi siyosiy va ijtimoiy qiyofasi qanday boʻlishi kerakligi tahlillar orqali batafsil yoritib berilgan.

Muxtasar qilganda, “Hozirgi zamon va Yangi Oʻzbekiston” kitobida mamlakatimizning bugungi taraqqiyot surʼatlari, uning jahon maydonidagi tobora ortib borayotgan obroʻ-eʼtibori va nufuzi, olis va yaqin istiqbolga moʻljallangan maqsad va vazifalari qanday mustahkam poydevorga asoslanishi, qanday omillar hisobidan taʼminlanayotgani har tomonlama chuqur tahlil qilinganligini alohida eʼtirof etish lozim.

Previous Post

Markaz ilmiy xodimlari hududlarni barqaror rivojlantirish boʻyicha ishchi guruh tarkibida

Next Post

Umumrossiya tashqi savdo akademiyasi bilan malaka oshirish kurslarini tashkil etishga doir amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Next Post
Umumrossiya tashqi savdo akademiyasi bilan malaka oshirish kurslarini tashkil etishga doir amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Umumrossiya tashqi savdo akademiyasi bilan malaka oshirish kurslarini tashkil etishga doir amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TAVSIYA ETILGAN YANGILIKLAR

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi direktori iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sadirdin Karimovichning “Xaql so‘zi” gazetasida “Nazariya va amaliyot: hudularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda qanday samara beradi?” nomli maqolasi chop etildi.

5 kun ago

TDIU da malaka oshirish kurslari tashkil etildi

12 oy ago
Iqtisodiy o‘sish darajasi 2022-yilda 5,5-6,5 foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda – Markaziy bank

Iqtisodiy o‘sish darajasi 2022-yilda 5,5-6,5 foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda – Markaziy bank

4 yil ago

Ilmiy markazda doktorantlar bilan navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi

9 oy ago

BIZNI KUZATIB BORING

KATEGORIYALAR BO’YICHA KO’RING

  • Davra suhbati
  • Hamkorlik
  • Infografika
  • INTERVYU
  • Loyihalar
  • Maqolalar
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • O'zbekiston Respublikasi qonunlari
  • YANGILIKLAR

MAVZULAR BO’YICHA KO’RING

2018 League Balinese Culture Bali United Champions League Visit Bali

MASHHUR YANGILIKLAR

  • Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Yangi O’zbekistonning xalqaro munosabatlarda tutgan o’rni

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • 2023 yilga quyidagi ixtisosliklar bо‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • “Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida II respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Kambag‘allikni qisqartirish – mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sifatida

    0 shares
    Share 0 Tweet 0

Biz haqimizda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi
Manzil: Chilonzor tuman, islom karimov shoh ko‘chasi 49-uy
Telefon: +99871 2392826

Bizga qo'shiling:

So’nggi yangiliklar

  • KAMBAG‘ALLIK DARAJASINI YUMSHATISHDA MIKROMOLIYA SOHASINING O‘RNI: BANGLADESHDA ISLAMI BANK BANGLADESH PLC “QISHLOQ HUDUDLARINI RIVOJLANTIRISH DASTURI”NING AHAMIYATI
  • DAVLAT-KORPORATIV QO‘LLAB-QUVVATLASH VA IQTISODIY YO‘NALTIRILGAN LOYIHAVIY INTEGRATSIYANI MOLIYALASHTIRISH MASALALARI (OLIY TA’LIM, FAN VA ISHLAB CHIQARISH SOHALARI MISOLIDA)
  • SOLIQ BAZASINI ANIQLASH METODOLOGIYASINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA TAMOYILLARI
  • OILAVIY MEHMON UYLARINI TASHKIL ETISH – TURIZM SOHASIDAGI TADBIRKORLIKDIR
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi direktori iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sadirdin Karimovichning “Xaql so‘zi” gazetasida “Nazariya va amaliyot: hudularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda qanday samara beradi?” nomli maqolasi chop etildi.

Bizning manzil

Taqvim

Iyul 2024
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  
« Iyun   Avg »
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil

© 2021 Nursaidov.uz.

No Result
View All Result
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA

© 2021 Nursaidov.uz.

Welcome Back!

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In