Yakshanba, Dekabr 7, 2025
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil
CEDR.UZ
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Loyihalar
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA
  • Login
No Result
View All Result
Cedr.uz
Home Loyihalar

GAT texnologiyasiga asoslangan O‘zbekiston aholisi 2050-yilgacha prognoz xaritasi ishlab chiqildi

by cedradminuz
Avgust 7, 2025
in Loyihalar, YANGILIKLAR
0
0
SHARES
43
VIEWS
Share on FacebookShare on Twitter

O‘zbekiston Respublikasida aholisining istiqboldagi rivojlanishi, demografik dinamikalar va hududlar bo‘yicha aholi zichligining prognozini ilmiy asosda tahlil qilish davlat rejalashtiruvi va hududiy rivojlanish siyosatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ana shunday dolzarb masalalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-sonli “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, respublikada muhim amaliy tadqiqotlar yo‘lga qo‘yilgan.

Related posts

Ilmiy xodimlar xalqaro moliya koʻrgazmalarida ishtirok etmoqda

Dekabr 3, 2025

TDIU huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazida 19-20-noyabr kunlari ko‘chma mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Noyabr 27, 2025

Shu jumladan, Oliy ta’lim, fan va innovatsion vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan AL-8624042651-sonli “O‘zbekiston aholisi 2050-yilgacha prognozining GAT texnologiyasiga asoslangan xaritasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha demografik prognozlash sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, xususan, geografik axborot tizimlari (GAT) imkoniyatlaridan foydalangan holda prognoz xaritalarini ishlab chiqishni maqsad qilgan.

Ushbu ilmiy-amaliy loyihani amalga oshirishda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi ijrochi tashkilot sifatida ishtirok etmoqda. Loyiha doirasida demografik o‘sish, hududlar bo‘yicha aholi sonining o‘zgarishi, urbanizatsiya jarayonlari va boshqa ijtimoiy-iktisodiy omillar chuqur o‘rganilib, 2050-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan prognoz xaritasi ishlab chiqildi.

Loyiha kalendar rejasi asosida ishlab chiqilgan ushbu prognoz xarita www.aholi2050.uz domeni orqali onlayn formatda keng jamoatchilik e’tiboriga taqdim etilmoqda. Sayt foydalanuvchilarga interaktiv vositalar orqali aholining o‘sish sur’atlari, geografik taqsimoti, demografik holati va istiqboldagi ko‘rsatkichlarni ko‘rib chiqish imkonini beradi. Xarita zamonaviy GAT texnologiyasi asosida yaratilgan bo‘lib, u foydalanuvchilar uchun qulay interfeysga ega va vizual tahlillarni tezkor olishga yordam beradi.

Onlayn platformada joylashtirilgan ma’lumotlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy ahamiyatga ega:

• davlat rejalashtiruvi va hududiy strategiyalarni ishlab chiqishda;

• ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish (maktablar, shifoxonalar, transport tarmoqlari) bo‘yicha qarorlar qabul qilishda;

• demografik tadqiqotlar, ilmiy ishlar va tahlillar uchun manba sifatida;

• investitsiya va biznes rejalashtiruvida aholining istiqboldagi o‘sishi va zichligi ko‘rsatkichlaridan foydalanishda.

Tahliliy xarita va undagi ma’lumotlar sohaga aloqador mutaxassislar, davlat tashkilotlari, tadqiqotchilar, talabalar va fuqarolik jamiyati vakillari uchun ochiq va foydalanishga tayyor. Ushbu platforma orqali aholining demografik o‘zgarishlari haqida batafsil va ishonchli ma’lumotlar olish, shuningdek, ularni turli strategik qarorlar qabul qilishda ishlatish imkoniyati yaratilgan.

Agar siz ham aholining istiqboldagi o‘sishi, urbanizatsiya jarayonlari va hududiy demografik o‘zgarishlar haqida chuqur ma’lumotga ega bo‘lishni istasangiz, www.aholi2050.uz saytiga tashrif buyuring.

Previous Post

O‘zbekiston va Turkiya ilmiy muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Next Post

Xalqaro ilmiy grantlar boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi

Next Post

Xalqaro ilmiy grantlar boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi

TAVSIYA ETILGAN YANGILIKLAR

Oʻzbekiston  “Veteran” jangchi –faxriy va nogironlari birlashmasi III-Konferensiyasida Markazning “Demografiya va mehnat bozori” sektor mudiri prof. Umurzakov B.X. ishtirok etdi. 

10 oy ago

TDIU huzuridagi Ilmiy-tadqiqot markazida 2026-yil uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul imtihonlari muvaffaqiyatli yakunlandi

2 hafta ago

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilxom Aliyevning taklifiga binoan 1-2 mart kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo’ldi. Boku shahriga tashrif doirasida davlatimiz rahbari Qo’shilmaslik harakati sammitining yalpi sessiyasida ishtirok etdi va nutq so’zladi.

3 yil ago

29-oktyabr 2024-yil “O‘zbekiston Respublikasi Demograf olimlari” uyushmasining navbatdagi seminari bo‘lib o‘tdi.

1 yil ago

BIZNI KUZATIB BORING

KATEGORIYALAR BO’YICHA KO’RING

  • Davra suhbati
  • Hamkorlik
  • Infografika
  • INTERVYU
  • Loyihalar
  • Maqolalar
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • O'zbekiston Respublikasi qonunlari
  • YANGILIKLAR

MAVZULAR BO’YICHA KO’RING

2018 League Balinese Culture Bali United Champions League Visit Bali

MASHHUR YANGILIKLAR

  • Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Yangi O’zbekistonning xalqaro munosabatlarda tutgan o’rni

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • 2023 yilga quyidagi ixtisosliklar bо‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • “Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida II respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Kambag‘allikni qisqartirish – mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sifatida

    0 shares
    Share 0 Tweet 0

Biz haqimizda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi
Manzil: Chilonzor tuman, islom karimov shoh ko‘chasi 49-uy
Telefon: +99871 2392826

Bizga qo'shiling:

So’nggi yangiliklar

  • Ilmiy xodimlar xalqaro moliya koʻrgazmalarida ishtirok etmoqda
  • TDIU huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazida 19-20-noyabr kunlari ko‘chma mashg‘ulotlar o‘tkazildi
  • TDIU huzuridagi Ilmiy-tadqiqot markazida 2026-yil uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul imtihonlari muvaffaqiyatli yakunlandi
  • “MILLIY IQTISODIYOTNI INNOVATSION SHAROITIGA O’TISH DAVRIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA VA ZAMONAVIY MEHNAT BOZORI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
  • «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi e’loni

Bizning manzil

Taqvim

Avgust 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
« Iyul   Sen »
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil

© 2021 Nursaidov.uz.

No Result
View All Result
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA

© 2021 Nursaidov.uz.

Welcome Back!

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In