




2026–yil 24-yanvar kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi “Demografiya va mehnat bozori” sektor mudiri Umurzaqov Baxodir Xamidovichning 75-yillik yubileylari koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.
Baxodir Xamidovich Umurzakov bokschi, shaxmat ustasi, yuksak bilim va tajribali iqtisodchi, olim-iqtisod fanlari doktori, professor, afgʻonchi harbiy, tashkilotchi rahbar va mahoratli yozuvchi sifatida kelganlar tomonidan eʼtirof etildi.
Baxodir Xamidovich Umurzakov 1951-yil 25-noyabr kuni Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida ziyolilar oilasida tugʻilgan. 1968-yil oʻrta maktabni tugatgan, 1969-1974-yillarda Toshkent davlat universitetining talabasi, 1975- yildan ToshMI da oʻqituvchi, 1989-yildan Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari,1993-yilda Ijtimoiy taʼminot vaziri, 2000-yildan G.V. Pelexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahri filiali prorektori, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritib, iqtisodiyot fanlari doktori, professor unvonlariga ega boʻlgan. 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vaziri oʻrinbosari, 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining maslahatchisi lavozilarida ishlagan.
Hozirgi kunda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazida sektor mudiri lavozimida oʻz mehnat faoliyatlarini olib bormoqda.
Tadbirni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining rektori nomidan oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektori S.U. Mexmonov ochib berdi. Shundan soʻng qutlash uchun kelgan yuqori tashkilot vakillari, professor – oʻqituvchilar, B.X. Umurzakov bilan birga mehnat faoliyatlarini olib borganlar oʻz tilaklarini bildirib, ustoz haqida birga oʻtgan damlarini eslab oʻtishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Afgʻoniston faxriy jangchilar Birlashmasi Raisi T. Murodov soʻz olib B.Umurzaqovning yuksak mahoratli yozuvchi ekanliklarini eʼtirof etdi. Ularning qalamiga mansub boʻlgan “Oyjamol” romani, “Hazrati Eshon”, “Umr gulshani” va 50 dan ortiq hikoya va rivoyatlar muallifi ekanliklarini alohida takidlab oʻtdi.
Bundan tashqari tadbirda PrezidentAdministratsiyasi xuzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat itstituti, Nuroniy jamgʻarmasi raisi Sodiqjon Turdiyev, Oʻzbekiston Xalq Demokratik partiyasi Raisining oʻrinbosari Vorisova Maksuda Azizovna,Oʻzbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasi Raisi oʻrinbosari professor B.Muxammadiyev, Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziriri maslahatchisi Xayrulla Murtazoyev, Oʻzbekiston vrachlar Asotsiatsiyasi Raisi professor Zafar Umarovich Siddikov, Milliy universitet vakili professor A.Vaxobov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, va ilmiy tadqiqotmarkazining professor – oʻqituvchilari oʻzlarining qutlov soʻzlarini bildirishdi.