



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4732-sonli, 2019-yil 27-avgustdagi “Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi PF-5789-sonli Farmonlari ijrosini taʼminlash maqsadida, OTFIVning 2025-yil 10-dekabrdagi 500-sonli buyrugʻiga muvofiq 2026-yilning may oyida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq markaziga “Iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar” yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shaklda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida malaka oshirayotgan 28 nafar tinglovchilar uchun “Iqtisodiyotning dolzarb muammolari va zamonaviy yutuqlari” moduli boʻyicha koʻchma mashgʻulot 18-may kuni TDIU huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazida tashkil etildi.
Koʻchma mashgʻulot davomida ilmiy tadqiqot markazining faoliyat yoʻnalishlari haqida, markazning asosiy maqsadi va vazifalari yuzasidan markaz direktori i.f.d. prof. Xudoyqulov Sadirdin Karimovich batafsil tushuntirishlar berdi. Bundan tashqari, markaz sektor mudiri i.f.d. prof. Umurzakov Baxodir Xamidovich innovatsion iqtisodiyot masalalari boʻyicha yuqori malakali, nazariy bilim hamda amaliy tahlilni uygʻunlashtira oladigan yetuk olim va pedagog sifatida maʼruza qilib berdi. Maʼruzada “Innovatsion iqtisodiyotda mutaxassislarga qoʻyiladigan yangi talablar” – uning ilmiy qiziqish doirasi anʼanaviy iqtisodiy qarashlardan tashqari, zamonaviy taraqqiyot omillari, intellektual kapital, bilimlar iqtisodiyoti, raqamlashuv, ilmiy-texnik yutuqlar va kelajak iqtisodiyoti kabi masalalarni qamrab olindi.
