SUN’IY INTELLEKT VA MOLIYA KELAJAGI: ISTANBULDA XALQARO ONLINE ILMIY SEMINAR BO’LIB O’TDI
2026-yil 28-aprel kuni Istanbulning tarixiy Ayasofiya Madrasasi binosida - Fatih Sulton Mehmet Vakif universiteti qoshidagi zamonaviy ilmiy maydonda - "AI in Finance II: AI, Katta Ma'lumotlar va Raqamli Valyutalar - Katta xatarmi yoki kattaroq imkoniyatmi?" mavzusidagi ikkinchi xalqaro ilmiy seminar bo'lib o'tdi. Tadbir uch hamkor muassasa – Turkiyadagi Fatih Sulton Mehmet Vakif universiteti, Qatardagi Hamad Bin Khalifa universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi "O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari" ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan birgalikda tashkil etildi. ...