Chorshanba, Oktabr 28, 2026
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil
CEDR.UZ
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Loyihalar
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA
  • Login
No Result
View All Result
Cedr.uz
Home INTERVYU Davra suhbati

ILMIY KENGASHINING NAVBATDAGI MAJLISI BOʻLIB OʻTDI

by cedradminuz
Oktabr 28, 2026
in Davra suhbati, YANGILIKLAR
0
0
SHARES
7
VIEWS
Share on FacebookShare on Twitter

2026-yil 26-oktyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi Kengashining 10-sonli navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisga Markaz direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor S.K.Xudoyqulov raislik qildi.

Kengash yigʻilishida 2027-yil uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul jarayonlari, xalqaro va amaliy ilmiy loyihalarning bajarilish holati, kelgusi yilda oʻtkaziladigan ilmiy anjumanlar hamda Markazning ilmiy-tashkiliy faoliyatiga oid muhim masalalar muhokama qilindi.

Related posts

Ilmiy markazda “O’zbekistonda ichki va tashqi migratsiya jarayonlari: muammolar va yechimlar”mavzusida konferensiya bo’lib o’tdi

Oktabr 26, 2026

Mintaqaviy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga bagʻishlangan IV xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi

Oktabr 16, 2026

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Markaz direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari F.I.Isayev axborot berdi. Taʼkidlanganidek, 2027-yil uchun Markazning tayanch doktorantura, doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilik yoʻnalishlariga jami 33 nafar talabgor hujjat topshirgan. Kengashda talabgorlar roʻyxati koʻrib chiqilib, kirish imtihonlarini 2026-yil 25 noyabr kuni tashkil etish, qabul jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash boʻyicha tegishli vazifalar belgilandi.

Majlisning asosiy masalalaridan biri Markaz sektorlari tomonidan amalga oshirilayotgan xalqaro va amaliy ilmiy loyihalar faoliyatiga bagʻishlandi. Jumladan, “Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi: ilmiy asoslari va tizimli ahamiyati” mavzusidagi fundamental loyiha, Yevropa Ittifoqining Horizon Europe dasturi doirasida taqdim etilgan “GENESIS – Green Energy Skills for an Inclusive Society” xalqaro loyihasi, shuningdek, Oʻzbekiston va Rossiya iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasi hamda eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish zonasini tashkil etish boʻyicha olib borilayotgan tadqiqotlar muhokama qilindi. Xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, xorijiy tadqiqot muassasalari bilan qoʻshma loyihalarni rivojlantirish va tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, Kengashda 2027-yilda Markaz tomonidan toʻrtta yirik ilmiy-amaliy konferensiyani oʻtkazish rejalari maʼqullandi. Kengashning turli masalalar qismida sektorlararo ilmiy seminar aʼzolarining yangilangan tarkibi tasdiqlandi, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar va dissertatsiya ishlarini tashkil etishga oid masalalar koʻrib chiqildi.

Majlis yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini taʼminlash boʻyicha masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi. Qabul qilingan qarorlar Markazning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, xalqaro tadqiqot hamkorligini mustahkamlash, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash va milliy iqtisodiyotning dolzarb muammolari boʻyicha ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Previous Post

Ilmiy markazda “O’zbekistonda ichki va tashqi migratsiya jarayonlari: muammolar va yechimlar”mavzusida konferensiya bo’lib o’tdi

TAVSIYA ETILGAN YANGILIKLAR

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI HUZURIDAGI “O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY ASOSLARI VA MUAMMOLARI” ILMIY-TADQIQOT MARKAZI TANLOV E’LON QILADI.

1 yil ago
Rahbariyat

Dunyoda korrupsiya bo‘yicha vaziyat yomonlashmoqda. O‘ZBEKISTONDA-CHI..?

5 yil ago
“O’zbekistonning Garvardi” 90 yillik yubileyini munosib nishonlamoqda

“O’zbekistonning Garvardi” 90 yillik yubileyini munosib nishonlamoqda

5 yil ago

“O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi Kengashining 1-sonli majlisi bo’lib o’tdi

2 yil ago

BIZNI KUZATIB BORING

KATEGORIYALAR BO’YICHA KO’RING

  • Davra suhbati
  • Hamkorlik
  • Infografika
  • INTERVYU
  • Loyihalar
  • Maqolalar
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • O'zbekiston Respublikasi qonunlari
  • YANGILIKLAR

MAVZULAR BO’YICHA KO’RING

2018 League Balinese Culture Bali United Champions League Visit Bali

MASHHUR YANGILIKLAR

  • Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Yangi O’zbekistonning xalqaro munosabatlarda tutgan o’rni

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • 2023 yilga quyidagi ixtisosliklar bо‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • “Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida II respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Kambag‘allikni qisqartirish – mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sifatida

    0 shares
    Share 0 Tweet 0

Biz haqimizda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi
Manzil: Chilonzor tuman, islom karimov shoh ko‘chasi 49-uy
Telefon: +99871 2392826

Bizga qo'shiling:

So’nggi yangiliklar

  • ILMIY KENGASHINING NAVBATDAGI MAJLISI BOʻLIB OʻTDI
  • Ilmiy markazda “O’zbekistonda ichki va tashqi migratsiya jarayonlari: muammolar va yechimlar”mavzusida konferensiya bo’lib o’tdi
  • Mintaqaviy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga bagʻishlangan IV xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi
  • Илмий ҳамкорлик янги босқичда: марказ ва Миграция агентлиги ўртасида учрашув ўтказилди
  • Belarus davlat universiteti Biznes maktabi bilan eksportni rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik muhokama qilindi

Bizning manzil

Taqvim

Oktabr 2026
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031  
« Sen    
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil

© 2021 Nursaidov.uz.

No Result
View All Result
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA

© 2021 Nursaidov.uz.

Welcome Back!

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In