Payshanba, Oktabr 16, 2025
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil
CEDR.UZ
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Loyihalar
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA
  • Login
No Result
View All Result
Cedr.uz
Home Maqolalar

Kaxa Bendukidze doktrinasi

by cedradmin
Noyabr 15, 2021
in Maqolalar
0
Kaxa Bendukidze doktrinasi
0
SHARES
28
VIEWS
Share on FacebookShare on Twitter

Bugun sobiq ittifoq hududidagi buyuk islohotchilardan biri, iqtisodchi, tadbirkor Kaxa Bendukidze vafot etganiga yetti yil bo‘ldi. Quyida Bendukidzening Ukrainadagi islohotlarga bag‘ishlangan ma’ruzasidan parchalarni o‘qishingiz mumkin.

Islohotni kim qiladi? Islohotlarni amalga oshirish uchun kamida uch nafar odam kerak. Birinchisi qamash bilan shug‘ullanadi, ikkinchisi qonun-qoidalarni o‘zgartiradi, uchinchisi esa siyosiy tarafdan himoya qilib turadi. Gruziyada ichki ishlar vaziri va bosh prokuror qamash bilan, men islohot bilan, Saakashvili esa siyosiy himoya bilan shug‘ullangan…

Related posts

KAMBAG‘ALLIK DARAJASINI YUMSHATISHDA MIKROMOLIYA SOHASINING O‘RNI: BANGLADESHDA ISLAMI BANK BANGLADESH PLC “QISHLOQ HUDUDLARINI RIVOJLANTIRISH DASTURI”NING AHAMIYATI

Oktabr 13, 2025

DAVLAT-KORPORATIV QO‘LLAB-QUVVATLASH VA IQTISODIY YO‘NALTIRILGAN LOYIHAVIY INTEGRATSIYANI MOLIYALASHTIRISH MASALALARI (OLIY TA’LIM, FAN VA ISHLAB CHIQARISH SOHALARI MISOLIDA)

Oktabr 13, 2025

Qaysi vazirlik kerak emas? Hozir Ukrainaga oddiy, ta’bir joiz bo‘lsa, kesadigan islohotlar kerak. Reforma haqida bahs-munozaralar kerak emas. Tasavvur qiling, mamlakatingiz hududiga havodan raketa hujumi bo‘lmoqda va snaryad qaysidir vazirlik ustiga tushdi. Siz vayron bo‘lsa, ukrain xalqiga og‘ir bo‘ladigan vazirlikni aytishingiz kerak. Yoshlar va sport vazirligi? Sukunat… Madaniyat vazirligi? Sukunat… Ta’lim vazirligi vayron bo‘lsa, biror narsa o‘zgararmidi?.. Shuni aytishim mumkinki, Mudofaa vazirligi binosi ustiga raketa tushsa ham hech narsa o‘zgarmaydi. Chunki sizda Mudofaa vazirligi bor, lekin mudofaa yo‘q…

Bepul tibbiyot bo‘lmaydi. Agar siz tibbiyot bepul deb o‘ylasangiz, adashasiz. Bu o‘zini o‘zi aldash, bepul tibbiyot yo‘q. Ukraina konstitusiyasida bepul medisina haqida norma bor. Agar uni olib tashlasangiz ham tibbiyot pulli yoki bepul bo‘lib qolmaydi. Shunchaki konstitusiyada ahmoqona qoida bo‘lmaydi, xolos… Asosiy qonun populizm uchun joy emas, konstitusiya ukrainaliklar hukumatga nimalarga izn berganini aks ettirishi kerak. Masalan, biz o‘z konstitusiyamizda soliqlarni referendumsiz oshirish mumkin emas, deb qo‘yganmiz…

Odamlarni soliq to‘lashga o‘rgatish kerak. Gruziyada 2004 yilgacha topilgan daromadlarga nisbatan soliq amnistisiyasi e’lon qilganmiz. Ya’ni fuqarolar soliq inspeksiyasiga kelib, o‘z soliq hujjatlarini talab qilib olishi va yoqib yuborishga haqli edi. Lekin bu siz yana soliq jinoyatini sodir etishingiz mumkin, yana amnistiya bo‘ladi, degani emas. Bundaylarni qattiq jazolash kerak. Gruziyada 2012 yilga kelib, ozodlikdan mahrum etilganlar soni 5 karra o‘sgan edi. Oldingizda og‘riqli va murakkab vazifa turibdi — davlatni barpo qilish kerak. Bu o‘ziga xos odamlarni o‘qitish, tarbiyalash jarayoni. Odamlar vaqt o‘tib, soliqlar borligini va uni to‘lash kerakligini anglab yetishadi. Yo‘qsa, yomon bo‘ladi.

Ukrainaga yagona universal byudjet kerak, turli xil fondlar emas. Ukraina soliq modeli menga yoqmaydi. 90-yillarda XVJ tavsiyasi bilan qilingan, QQS bor, daromad solig‘i, ijtimoiy solig‘i, foyda solig‘i bor. Biz Gruziyada bu masalaga keskin yondashganmiz. Ijtimoiy soliq va daromad solig‘ini birlashtirib, 20% qilganmiz.

Ukrainada o‘sha ziyonkor model haliyam amalda. Vaholanki, alohida fondlar — pensiya jamg‘armasi, ijtimoiy sug‘urtalash jamg‘armasi bo‘lishi kerak emas. Bu mehnatkashlarni aldash. Soliqlar baribir byudjetga boradi, pensiyani to‘lashga baribir hukumat javob beradi, pensiya jamg‘armasi emas. Pensiya jamg‘armasi kerak emas, universal byudjet bo‘lishi kerak. Ya’ni barcha pulni bitta byudjetga to‘playsiz va davlat prioritetlaridan kelib chiqib taqsimlaysiz. Nima bo‘lganda ham islohotlarni amalga oshirish kerak. Bu islohotlar fuqarolar uchun og‘riqli emas, balki pensiya jamg‘armasi yoki boshqa fondlar xodimlariga og‘riqli, xolos. Xodimlarga emas, Ukrainaga rahmingiz kelsin…

Islohot tezligi. … qog‘ozda qilinadigan, strukturada qilinadigan islohotlar bor. Qog‘ozda soliqlar kamaytiriladi, iqtisodiyot maksimal darajada ochiladi, bojlar yo‘qotiladi. Strukturaviy islohotlar esa… Bojxonada korrupsiyaga qarshi kurashish ishlariga uch yil vaqtimiz ketgan. Chunki bosqichma-bosqich qilganmiz.

Bu borada Meksikaning tajribasi bor. Ular 2,5 ming kishini harbiy bazaga olib borishadi va bir necha oy o‘qitishadi, qaytarib bojxonaga olib kelishadi va bir kechada barcha bojxonachilarni almashtirishadi, hammasi zo‘r bo‘lgan.

Manba

Previous Post

Ta’lim sohasidagi islohotlar bo‘yicha intervyu

Next Post

Suv resurslaridan foydalanish xususida

Next Post
Suv resurslaridan foydalanish xususida

Suv resurslaridan foydalanish xususida

TAVSIYA ETILGAN YANGILIKLAR

Bayram tabrigi!!!

Bayram tabrigi!!!

1 yil ago
Studiya 24 | Muhiddin Kalonov – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori bilan suhbat

Studiya 24 | Muhiddin Kalonov – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori bilan suhbat

4 yil ago

O‘zbekiston va Turkiya ilmiy muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

3 oy ago
Rahbariyat

«Singapur ilg‘or tajribasi, zamonaviy texnologiyalari va boshqaruv usullari O‘zbekiston uchun foydali»

2 yil ago

BIZNI KUZATIB BORING

KATEGORIYALAR BO’YICHA KO’RING

  • Davra suhbati
  • Hamkorlik
  • Infografika
  • INTERVYU
  • Loyihalar
  • Maqolalar
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • O'zbekiston Respublikasi qonunlari
  • YANGILIKLAR

MAVZULAR BO’YICHA KO’RING

2018 League Balinese Culture Bali United Champions League Visit Bali

MASHHUR YANGILIKLAR

  • Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Yangi O’zbekistonning xalqaro munosabatlarda tutgan o’rni

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • 2023 yilga quyidagi ixtisosliklar bо‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • “Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida II respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Kambag‘allikni qisqartirish – mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sifatida

    0 shares
    Share 0 Tweet 0

Biz haqimizda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi
Manzil: Chilonzor tuman, islom karimov shoh ko‘chasi 49-uy
Telefon: +99871 2392826

Bizga qo'shiling:

So’nggi yangiliklar

  • KAMBAG‘ALLIK DARAJASINI YUMSHATISHDA MIKROMOLIYA SOHASINING O‘RNI: BANGLADESHDA ISLAMI BANK BANGLADESH PLC “QISHLOQ HUDUDLARINI RIVOJLANTIRISH DASTURI”NING AHAMIYATI
  • DAVLAT-KORPORATIV QO‘LLAB-QUVVATLASH VA IQTISODIY YO‘NALTIRILGAN LOYIHAVIY INTEGRATSIYANI MOLIYALASHTIRISH MASALALARI (OLIY TA’LIM, FAN VA ISHLAB CHIQARISH SOHALARI MISOLIDA)
  • SOLIQ BAZASINI ANIQLASH METODOLOGIYASINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA TAMOYILLARI
  • OILAVIY MEHMON UYLARINI TASHKIL ETISH – TURIZM SOHASIDAGI TADBIRKORLIKDIR
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi direktori iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sadirdin Karimovichning “Xaql so‘zi” gazetasida “Nazariya va amaliyot: hudularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda qanday samara beradi?” nomli maqolasi chop etildi.

Bizning manzil

Taqvim

Noyabr 2021
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930  
« Okt   Dek »
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil

© 2021 Nursaidov.uz.

No Result
View All Result
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA

© 2021 Nursaidov.uz.

Welcome Back!

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In