


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-iyun kuni Namangan viloyatiga tashrifi hamda 2026-yil 25-iyun kuni qurilish materiallari sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markaziga geologiya tarmog‘ini rivojlantirishni iqtisodiy jihatdan kompleks tahlil qilish, tarmoqda iqtisodiy o‘sishning yangi drayverlarini aniqlash hamda mavjud muammolarni tizimli tahlil qilish asosida ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan edi.
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida ishchi guruhning tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi rahbariyati va ilmiy xodimlari, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining mas’ul xodimlari, vazirlik huzuridagi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan tashkiliy hamda amaliy chora-tadbirlar muhokama qilinib, ularni amalga oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.