Seshanba, Avgust 25, 2026
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil
CEDR.UZ
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Loyihalar
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA
  • Login
No Result
View All Result
Cedr.uz
Home Hamkorlik

TDIU huzuridagi ilmiy tadqiqot markazida inson kapitalini rivojlantirish va yuqori texnologik sohalar uchun kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi

by cedradminuz
Avgust 24, 2026
in Hamkorlik, Loyihalar, YANGILIKLAR
0
0
SHARES
34
VIEWS
Share on FacebookShare on Twitter

2026-yil 20-avgust kuni “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi (TDIU huzuridagi ITM), Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi huzuridagi Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi (VAVT) hamda Strategik tashabbuslar ekspert markazi (STEM) hamkorligida xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Related posts

Surxondaryo viloyatida amalga oshirilgan hududiy ilmiy tadqiqotlar muhokama qilindi

Iyul 28, 2026

O‘zbekistonda islom mikromoliyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Iyul 17, 2026

Tadbir “Inson kapitalini rivojlantirish: Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida yuqori texnologik sohalar uchun kadrlar tayyorlash” mavzusiga bag‘ishlandi.

Muloqotda ikki mamlakat iqtisodiyot vazirliklari, yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari va ekspertlari ishtirok etdilar. Seminarda IT, muhandislik, tibbiyot va ilm-fan sohalarida malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni baholash, qo‘shma ta’lim dasturlarini kengaytirish, akademik almashinuvlarni yo‘lga qo‘yish hamda mexnat migratsiyasini tashkillashtirish va malakali kadrlar harakatchanligi yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Seminarda so‘zga chiqqan spikerlar (G.K. Abduraxmanova, N.A. Volchkova, B.X. Umurzakov, Ye.S. Chimiris, D.Yu. Kudashkin, A.F. Dubovikova, U.N. Tashkenbayev, A.M. Kadirov, A.T. Axmediyeva) O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ta’lim va ilmiy-texnikaviy integratsiyani chuqurlashtirish muhimligini ta’kidladilar. Qo‘shma ilmiy-ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish, kvalifikatsiya va ta’lim hujjatlarini tan olish tartiblarini soddalashtirish hamda mehnat bozori ehtiyojlarini prognoz qiluvchi raqamli tahliliy platformalarni yaratish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surildi.

Seminar yakunida tomonlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va yuqori texnologik tarmoqlarni malakali mutaxassislar bilan ta’minlashga qaratilgan doimiy ishchi guruh shakllantirish hamda tegishli analitik tavsiyalarni ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Previous Post

Surxondaryo viloyatida amalga oshirilgan hududiy ilmiy tadqiqotlar muhokama qilindi

TAVSIYA ETILGAN YANGILIKLAR

Demografiya va mehnat bozori 5-son

8 oy ago

Innovatsion rivojlanish agentligi va Markaz o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2 yil ago

“MILLIY IQTISODIYOTNI INNOVATSION SHAROITIGA O’TISH DAVRIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA VA ZAMONAVIY MEHNAT BOZORI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

9 oy ago

Bugun ilmiy tadqiqot markazida iqtisod fanlari doktori, professor Usmanov Anvar Saidmaxmudovichning 70 yillik yubileyi nishonlandi.

2 yil ago

BIZNI KUZATIB BORING

KATEGORIYALAR BO’YICHA KO’RING

  • Davra suhbati
  • Hamkorlik
  • Infografika
  • INTERVYU
  • Loyihalar
  • Maqolalar
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • O'zbekiston Respublikasi qonunlari
  • YANGILIKLAR

MAVZULAR BO’YICHA KO’RING

2018 League Balinese Culture Bali United Champions League Visit Bali

MASHHUR YANGILIKLAR

  • Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Yangi O’zbekistonning xalqaro munosabatlarda tutgan o’rni

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • 2023 yilga quyidagi ixtisosliklar bо‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • “Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida II respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Kambag‘allikni qisqartirish – mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sifatida

    0 shares
    Share 0 Tweet 0

Biz haqimizda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi
Manzil: Chilonzor tuman, islom karimov shoh ko‘chasi 49-uy
Telefon: +99871 2392826

Bizga qo'shiling:

So’nggi yangiliklar

  • TDIU huzuridagi ilmiy tadqiqot markazida inson kapitalini rivojlantirish va yuqori texnologik sohalar uchun kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi
  • Surxondaryo viloyatida amalga oshirilgan hududiy ilmiy tadqiqotlar muhokama qilindi
  • O‘zbekistonda islom mikromoliyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
  • Ilmiy markaz xodimlari geologiya tarmog‘ini iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqishga qaratilgan ishchi guruh yig‘ilishida ishtirok etdi.
  • Ilmiy kengashning 6-son majlisida yarim yillik faoliyat natijalari muhokama qilindi

Bizning manzil

Taqvim

Avgust 2026
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31  
« Iyul    
  • Biz haqimizda
  • Bog’lanish
  • Manzil

© 2021 Nursaidov.uz.

No Result
View All Result
  • Bosh sahifa
  • YANGILIKLAR
    • INTERVYU
    • MAQOLALAR
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
  • Rahbariyat
  • Markaz haqida
  • VIRTUAL QABULXONA

© 2021 Nursaidov.uz.

Welcome Back!

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In