Joriy yilning 3-mart kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi hamda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi. Shartnoma bir tomondan, Markaz direktori, professor S.K. Xudoyqulov va boshqa tomondan, RIU Toshkent filiali direktori, akademikK.X. Abdurahmonov tomonidan imzolandi. Imzolash marosimida Markaz sektor mudirlari –professor A.S. Usmanov va professor B.X. Umurzoqov, shuningdek, RIU Toshkent filialining professor-oʻqituvchilari ham ishtirok etdilar. Imzolangan shartnoma doirasida tomonlar hamkorlikning aniq yoʻnalishlarini belgilab oldilar. Xususan, Markaz tomonidan “Iqtisodiyotni isloh qilish va barqaror rivojlantirishning ilmiy muammolari” hamda “Demografiya va mehnat bozori” sektorlari, RIU Toshkent filiali tomonidan esa “Raqamli iqtisodiyot va moliya”, “Mehnat iqtisodiyoti va strategik menejment” va “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedralari hamkorlikka jalb etildi. Hamkorlikning asosiy maqsadi – taʼlim va ilm-fan integratsiyasini mustahkamlash, qoʻshma ilmiy tadqiqotlar hamda amaliy loyihalarni amalga oshirish, seminarlar va davra suhbatlarini tashkil etish, shuningdek, professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilar oʻrtasida tajriba almashinuvini rivojlantirishdan iborat....
Read more